Maruzalar matni


Ranglarni aralashtirish va hosil qilish



Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana16.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#677531
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
UMK.dastgohli rang Bakalavr17.05

Ranglarni aralashtirish va hosil qilish 
Tabiiy holda ko‘rinayotgan ranglar odatda spektr ranglari deb ataladi. Spektr 
ranglarning aralashuvi natijasida hosil bo‘ladigan rangl
ar ranglarning aralashmasi deb 
ataladi. 
Ranglarning aralashtirish ikki xil rangdan uchinchi xil rangni hosil qilishdir. 
Bizga ma’lumki, tabiatdagi asosiy ranglardan bular qizil, sariq, ko‘k ranglar bo‘lib, 
ularni aralashtirish yo‘li bilan rangni chiqarib bo‘lmaydi. Asosiy ranglarni bir
-biriga 
aralashtirib chiqarilgan ranglarni qo‘shimcha birikma yoki bo‘lmasa yasama ranglar 
deyiladi. 
Rangni aralashtirishning uchta uslubi mavjud bo‘lib bulardan optik, fazoviy va 
mexanik aralashmalardir. 
Ranglarning optik aralashmalari. 
Yorug‘likning to‘lqinlanish xususiyatlariga 
asoslanadi. Spektorlar kerakli ranglarga bo‘yalgan doirani juda tez aylantirish yo‘li bilan 
bu aralashmani hosil qilish mumkin. Ranglarning optik aralashmalarini tajribada ko‘rish 
uchun maxsus yasama 
yasab, amalda sinab ko‘rishimiz mumkin. Yorug‘likni oq nurini 
prizma asosiy spektr ranglarga bo‘lib yuboradi, maxsus yasama bu ranglarni 
aralashtirib, qaytadan oq rangga aylantirib yuboradi.
«Rangshunoslik asoslari» fani fizikaviy va kimyoviy xususiyatla
rga ega ekanligi deb 
qaraladi. Ranglarning optik va fazoviy aralashmalari mexanik aralashmadan anchagina 
farq qiladi. Optik aralashmada asosiy ranglardan - 
qizil, yashil va ko‘k bo‘lsa, mexanik 
aralashmada esa qizil, ko‘k va sariq ranglar majmuasi. Masalan
, konsert zallarida rangli 
yoritgichlar sizga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi, agarda yoritgichlarning qizil, ko‘k va 
yashil nurlarini e’tibor bilan kuzatilsa, ularning aralashib ketish natijasida oq rangning 
paydo bo‘lganligini payqaymiz. 
Ranglarni optik 
aralashtirish yo‘li bilan ko‘p rangli tasvir keltirib chiqarish 
tajribasini ham o‘tkazish mumkindir. Uchta yoritgichga rangli o‘tqazishlar (qizil, ko‘k, 
yashil) taqiqladi va oq ekran yuzasida nurlar bir nuqtada tutashtiriladi. Natijada siz 
ko‘rgan dam olish maskanlari zallarida barcha ranglarning paydo bo‘lganini ko‘rasiz. Bir 
vaqtning o‘zida ekranda ko‘k va yashil ranglar bilan yoritilgan joyi havorang bo‘lib 
qolganligini ko‘ramiz. Ekranda nurlanayotgan ko‘k va qizil ranglar aralashuvi pushti 
rangni, yashil va qizil ranglar aralashuvi esa sariq rangni keltirib chiqaradi. 
Masofada ranglarning aralashuvlari odamning ko‘z tuzilishida rang ajrata olish 
xususiyati bilan bog‘liq bo‘lib, optik aralashuv qonuniyatlari asosida sodir bo‘ladi.


O‘quvchi biron
-bir asarni yaratish jarayonida, ranglarning fazoviy aralashuvlarini 
nazarda tutmoq hamda ma’lum bir masofadan turib tomosha qilib, kuzitishini hisobga 
olmog‘i lozimdir.
Kattaroq masofadan tomosha qilishga mo‘ljallangan o‘lchami katta tasviriy asarni 
yaratishda ran
glarning fazoviy aralashuvlaridan hosil bo‘ladigan tassurotni alohida 
yodda tutmoq zarur. 
Imperession musavvirlar, ayniqsa alohida surtmalar texnikasi mayda-mayda 
rangli nuqtalar yordamida tasviriy asar yaratuvchilar, rangtasvirning katta bir 
yo‘nalishiga puantilizm (fransuzcha «puant» 

nuqta so‘zidan) nomini berganlar.
Kuzatish jarayonida ma’lum bir masofadan qaralayotganda tasvirda xilma
-xil 
rangli mayda surtmalar, bir-
birlariga qo‘shilib yaxshi rang bo‘lib ko‘rinadi.
Bizga ma’lumiki taniqli musavvir Ja 
kombo Vala ranglarni birikuvchi davrga yoyish 
ustida qiziqarli tajriba o‘tkazadi. U nafaqat rangni, balki tezkor fotografiya 
tayyorlashdek murakkab harakatlardan foydalangan holda shu harakatlarning o‘zlarini 
ham birikuvchi davrlarga yoyib chiqdi. Natijada 
ajoyib bir «Bolaxonaga yugurib 
chiqadigan qiz» manzarasi paydo bo‘ladi va unga faqatgina uzoqdan qaralganda 
ranglarning fazoviy 

optik aralashuvlari asosida muallifning fikri ochib berilgan. 
Bosmaxona va nashriyotlarda rastr qoliplari yordamida rang tasvir asarlarini chop etish 
uchun uning barcha tusli ranglarini berishda ranglarning fazoviy aralashmalariga 
asoslanadi. 
Ma’lum bir masofadan turib turli rang nuqtalari bilan bo‘yalgan bo‘laklarni 
kuzutar ekanmiz, ularning ranglarini bir-biridan ajrata olmaymiz, sababi bularni fazoviy 
aralashuvlari asosida ko‘ramiz.
Bosmaxonalar tomonidan bosilib chiqilgan rangli kitoblardagi illyustratsiyalar yoki 
bo‘lmasa asarlarning rangli suratlari uchta asosiy rangga (pushti 
- qirmizi rang, sariq va 
havorang) taqsimlash y
o‘li bilan bosilgan.
Bu ranglarni navbatma-navbat chop etish natijasida ularning mexanik 
aralashmalari sodir bo‘ladi. Qora rang kontur uchun yoki boshqa bir rangga talab 
meyorida qo‘shiladi, qog‘ozning rang bosilmagan joylari oq rang vazifasini bajaradi. 
A
garda biz to‘rt bo‘yoqli tasvirning kattalashtirilgan bo‘laklarini yaqin va uzoq 
masofadan kuzatsak, ularda mexanik va fazoviy aralashmalarining natijalarini guvohi 
bo‘lamiz.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish