2. Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi to‘grisida»gi Qarorida: «... ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish...» bilan bir qatorda «... o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish...» qat’iy vazifalardan biri qilib belgilangan.
Chunki maktablarimizning moddiy bazasi keng rivojlantirilishi, darsliklar, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari modernizatsiya qilinishi bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy tayyorgariigi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qoMlay olishi ham juda muhimdir. U o‘quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko‘nikma, malakalarini hosil qila olishi ham zarur.
Takomillashtirilgan standartlar, yangi o‘quv dasturlari boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchini erkin fikr yuritish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishga, so‘z boyliklarini oshirishga, o‘qish texnikasini yaxshi egallashga, chiroyli va savodli yozish ko‘nikmasini hosil qilishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Shu bois ham ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, liberafizatsiya qilish (erkinlashtirish)
demokratizatsiyalashtirish, bolaga samimiy va do‘stona munosabatda bo‘lish, hamkorlik va hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turmog‘i lozim. O‘quv jarayoni o‘quvchi shaxsi, uning ma’naviyatiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda.
Shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim o‘quvchinlng o‘quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash, o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Endi interfaol ta’lim nima va u nimani anglatadi, degan savolga javob beramiz:
Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, «Interakt», ya’ni, Inter - bu «o‘zaro», «akt» - harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini bildiradi.
Endi interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. Interfaol metod — ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish, o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat.
Interfaollik bu — o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bunda o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida, dialog shakida (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi o‘quvchilaming o‘zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik - o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi (sub’yekt-sub’yekt) suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi.
Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ-ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o‘z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o‘qitish, masofadan o‘qitish, internet tarmoqlari asosida o‘qitish, media ta’lim metodlaridan iborat.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga terra didaktik o‘yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Agar o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining o‘zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo‘lar edi.
Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz:
Didaktik o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi.
Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turli yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan, didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlashda. quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |