Badiiy g‘oyalar. Badiiy g‘oyalar deb so‘z san’atining maxsuli sifatida yaratilgan
adabiyot va san’at asarlarining asosiy ma’no-maz-munini tashkil etadigan, undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan yetakchi fikrlar majmuiga aytiladi. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, o‘quvchida muayyan taassurot uyg‘otadi. Adabiy qahramonlarni sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ro‘y beradi. Badiiy ta’svir vositalari juda katta kuchga ega. Inson va jamiyat ongini o‘zgartirishda, shaxs ruhiyatiga ta’sir o‘tkazishda, odamlarni harakatga keltirishda badiiy adabiyot va san’atning ahamiyati beqiyos. Buni ona haqida, ona-
Vatan haqida bitilgan kuy va qo‘shiqlar, roman va hikoyalar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |