Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Uning turli maqsad va manfaatlar bilan bog‘liqligi



Download 384,16 Kb.
bet37/173
Sana02.01.2022
Hajmi384,16 Kb.
#310893
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
Bog'liq
Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi

G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Uning turli maqsad va manfaatlar bilan bog‘liqligi.

"G‘oya" aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida - maqsad, intilish, niyat, qasd

deganma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa birinchidan, obyektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, voqelikka munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarashlari asosini tashkil etuvchi, odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur; ikkinchidan, badiiy, siyosiy yoki ilmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilovchi asosiy fikr; uchinchidan, biror ishharakat qilish haqidagi fikr, o‘y, niyat, maqsad degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Biroq, g‘oyani bunday kundalik sodda, oddiy tarzda tushunish uning tub moxiyatini ochib berolmaydi. Shuning uchun ham g‘oya nima, u qanday paydo bo‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi, degan savollarga javob topish masalasi azaldan barcha aqli raso odamlarni qiziqtirib kelgan va u bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda.

Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr - o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.

Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u

yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Masalan, o‘rta asrlarda jaholat va inkvizitsiya shaxsning orzu-intilishlari, erkinligi va tashabbuskorligi yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan paytda polyak olimi Nikolay Kopernik Yerning Quyosh atrofida aylanishiga doir geliotsentrizm nazariyasini olg‘a surdi. Bu g‘oya ham, avvalo, bir jasoratli shaxs qalbidagi intilishlar ifodasi sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa butun dunyoda e’tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy qismiga aylangan.

G‘oya - mafkura - ijtimoiy ong formalaridan biri bo‘lib, u har qanday jamiyatning

ustqurmasida o‘z ifodasini topadi. G‘oya - mafkura falsafiy tushuncha bo‘lib, ma’lum maqsadga qaratilgan inson aql-zakovatini ifoda etuvchi g‘oyalar va qarashlar yig‘indisidir. Ammo, har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G‘oya inson ongida paydo bo‘lsada inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. U odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, etaklovchi kuchga aylanadi.

Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Shu

ma’noda, insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir.

Xo‘sh, g‘oya nima, nega unga bu qadar katta e’tibor va ahamiyat beriladi? Ma’lumki,

har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o‘z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko‘zlab harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma’lum bir mafkuraga tayanadi.

Umuman, g‘oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini

ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in’ikosidir.

Ma’lumki, inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan

boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.

Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin:

birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam

(bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya’ni mantiq fani o‘rganadi).

Falsafaning oltin qoidalaridan biri - til va tafakkur birligidir. Tilning eng birlamchi

mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifoda-lanadi; ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz.

Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va

ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo

bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan

nazariya, ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aqlzakovat, iste’dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon, Konfutsiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir.

Har qanday g‘oyaning paydo bo‘lilishi, shakllanishi va rivojlanishi kishilik

jamiyatining mavjudlik shakllariga bog‘liqdir. G‘oya, birinchi navbatda, kishilik jamiyati tarixiy rivojlanishining mahsulidir. Kishilik jamiyatidan tashqarida g‘oya mavjud emas. G‘oya moddiy va ma’naviy borliqning kishilar ongidagi in’ikosi sifatida vujudga keladi, shakllanadi va rivojlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir g‘oyaning tabiatiga obyektivlik va subyektivlik xosdir.

Bunda g‘oyaning obyektivlik xususiyati birinchidan, uning vujudga kelishiga,

shakllanishiga, rivojlanishiga turtki beradigan ob’yektiv reallikning, ya’ni tashqi olam - tabiat, jamiyatning, ularga tegishli bo‘lgan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning mavjudligi; ikkinchidan, bir g‘oya va mafkuralar tizimining ikkinchi bir g‘oya va mafkuralar tizimiga bog‘liq bo‘lmagan holda faoliyat olib borishi; uchinchidan, g‘oyaning biron-bir shaxs tomonidan o‘zicha xayolan o‘ylab topilmaganligi; to‘rtinchidan, uning real tarixiy shaxs faoliyati bilan bog‘liqligida ko‘rinadi. Bu hayotda amal qilayotgan g‘oyalarning tashqi olam, tabiat va jamiyatda sodir bo‘lgan jarayonlar asosida shakllangan ijtimoiy hodisa, ya’ni ontologik tabiatga ega bo‘lgan voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyani ontologik jihatdan tushunish imkonini beradi. Demak, g‘oya ontologik jihatdan mavjud ijtimoiy borlikni o‘zida aks ettiruvchi obyektiv mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy hayot shakllaridan biridir.

Shu sababli g‘oya gnoseologik nuktai nazaridan "g‘oya - inson ongining tarkibiy

qismi; tashqi olamning obrazli, in’ikosi va aksi; inson va hodisalarni anglash shakli; inson ongining tashki olam va hayot hodisalariga nisbatan aks ta’sirining namoyon bo‘lish shakllaridan biri", - degan ma’noni anglatadi. Demak, g‘oyaning gnoseologik tabiatini falsafiy jihatdan anglash, uni ilmiy tushuncha sifatida ta’riflash, tavsiflash va tasniflash imkonini beradi hamda g‘oyani siyqalashtirish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi.

G‘oyaning ontologik va gnoseologik tabiatidan kelib chiqqan holda unga quyidagicha

falsafiy ta’rif berish mumkin:


Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish