Ta’lim-tarbiya tizimida adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari, ma’naviymadaniy va ma’rifiy muassasalar faoliyatlarini muvofiqlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta’lim samaradorligi o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi.
Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir.
Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘oyaviy uyg‘unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o‘tmish allomalari, mutafakkirlarining ma’naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g‘oyat beqiyosdir.
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‘ini tubdan takomillashtirish edi. Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.
Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda talim olishiga ko‘maklashish;
milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;
madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.
Adabiyot va san’at. Bu sohada ijod ahlining g‘oyaviy-badiiy salohiyatini komil inson tarbiyasiga yo‘naltirish ustuvor yo‘nalish bo‘lishi darkor.
Ijodkorlarni murakkab va shonli tariximizning yorqin sahifalarini, bugungi hayot voqeligini, olijanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san’at asarlarini yaratishga har tomonlama rag‘batlantirish. yoshlarga ibrat bo‘ladigan barkamol insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.
Milliy g‘oyani tarannum etishga, istiqlol mafkurasiga zid g‘oyalarning zararli mohiyatini ochib berishga ayniqsa e’tiborni kuchaytirish zarur. Hayot va ijoddagi mahdudlik hamda fikr qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali mafkura muhitining sog‘lom bo‘lishiga erishish.
Din. Eng nozik va murakkab bo‘lgan bu sohada, avvalo, din ma’naviyat va madaniyatning ustunlaridan biri ekanini, barcha zamonlarda milliy g‘oya va mafkura diniy qarashlar bilan uyg‘un rivojlanishini nazarda tutish lozim. Din o‘z mohiyatiga ko‘ra, poklik, mehr-oqibat kabi ezgu tuyg‘ular orqali milliy istiqlol mafkurasining g‘oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‘lom va mo‘tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng muhim mafkuraviy vazifadir54.
Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g‘oyalarini singdirishda muhim omil bo‘ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro‘z, O‘qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kuni kabi yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish yo‘lida oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda urf-odat va an’analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi xususiyatlaridan yanada to‘liqroq flydalanish lozim.
Milliy an’analarni o‘rganish, targ‘ib etish bilan bir qatorda to‘y-marakalarni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor.
Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir»55. «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir».
Qadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar»ga alohida e’tibor berilgan. yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniytarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi62. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
Shu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan har bir inson, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishi uchun keng jamoatshilik va aholimiz o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‘tarishning ahamiyati beqiyosdir».
1999 yil 3 sentabrda tuzilgan «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengishini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida»gi Prezident Farmonida kengashning asosiy maqsadi ham - «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasiga tayangan holda o‘zbek xalqining ongini va qalbini mustabid o‘tmish asoratlaridan forig‘ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan iborat qilib qo‘yildi. «Biz barcha mamlakatlarda bo‘lganidek, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish tarafdorimiz», - degan edi Yurtboshimiz. (Karimov I.A. Asarlar. 8 - tom, 24 - bet).
Demak, madaniyat va madaniy - ma’rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirishda katta imkoniyatlarga ega. Bunda kutubxona, teatr, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan keng foydalanish, kishilar dunyoqarishini yuksaltiradigan, odamlarga ruhiy-ma’naviy oziq beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
Bu dargohlarda turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar uyushtirish, milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyatini har bir ijtimoiy qatlamga tushunarli tarzda izohlab beradigan qo‘llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim.
Madaniy-ma’rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san’at, chinakam badiiy go‘zallik ruhida tarbiyalash maskanlari bo‘lmog‘i lozim.
Madaniyat va san’at sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga, g‘oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o‘rinni egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega.
Turmushimizni ommaviy axborot vositalarisiz, xususan radio, televideniye, gazeta, jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Odamlarni butun dunyoda ro‘y berayotgan murakkab ijtimoiysiyosiy jarayonlardan, yurtimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor qilish, hozirgi kunning dolzarb muammolari bo‘yicha jamoatchilik fikrini bilish va shakllantirish, ma’naviymafkuraviy o‘zgarishlarni, ma’rifatni yetkazish matbuot xodimlarining muhim burchi hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, milliy g‘oyani shakllantirishda, uning asosiy xususiyatlari, tamoyillarini xalkimizga atroflicha tushuntirishda va milliy istiqlol g‘oyasini, uning asl mohiyatini yoritish va ularni yoshlarga yetkazishda matbuotning o‘rni juda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |