Sinfiy g‘oyalar. Sinfiy g‘oyalar deb biron-bir sinfning jamiyat hayotida o‘tgan
o‘rnini, uning maqsad-muddaolarini ifodalaydigan fikrlar majmuiga aytiladi. Sinfiy g‘oyalarning maqsadi, mazmuni, shakli va uni amalga oshirish yo‘llari asosan muayyan sinfning yetakchi tashkiloti bo‘lmish siyosiy partiyalarning nizomlarida belgilab qo‘yilgan bo‘ladi.
Sinfiy g‘oyalar muayyan bir xalq ommasini ma’lum tarixiy sharoitda harakatga
undayotgan bir sharoitda umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan g‘oya sifatida jamiyat va inson manfaatlariga zid bo‘lishi ham mumkin. Sobiq SSSRda hukmron bo‘lgan KPSSning sinfiy kurash g‘oyasi asosida, ya’ni ishchi va kambag‘al dehqonlarga dushman sinf sifatida o‘ziga to‘q dehqonlarni yo‘q kilish maqsadida "kuloqlashtirish" siyosatini olib borganligi buning yaqqol misoli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |