Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Xalq bilan muloqot. Xalq qabulxonalari va virtiual markazlar



Download 384,16 Kb.
bet123/173
Sana02.01.2022
Hajmi384,16 Kb.
#310893
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   173
Bog'liq
Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi

Xalq bilan muloqot. Xalq qabulxonalari va virtiual markazlar.

Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini o‘z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli nazariyoqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlichanamoyon bo‘lishi shaklida tushunsalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari odamlarning bir-birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining o‘zaro almashinuvija-rayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash hozirda turli-tuman yondashuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona g‘oya

- bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va aloka jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarining taktika va strategiyasini ishlab chiqishdir.

Muloqot - bu, kishilarning o‘zaro bevosita yoki bilvosita uchrashi-shi, ko‘rishishi, qabul qilishi orqali o‘rnatiladigan munosabatlari natijasida axborotlar almashadigan, olingan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga asos bo‘ladigan ko‘p qirrali jarayondir.

Aholi bilan bo‘ladigan muloqotni quyidagi turlarga: 1) bevosita; 2) bilvosita; 3) rolli; 4) mazmunli; 5) rasmiy; 6) norasmiy ajratish mumkin. Bunda:

Bevosita muloqot «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.

Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan: telegraf, telefon orqali gaplashish).

Rolli muloqot bu odamlar tomonidan ijtimoiy rollar orqali amalga oshiriladi. Masalan, tergovchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi muloqot rollidir.

Mazmunli muloqot bu individning boshqa shaxsga o‘z holati, kay-fiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishidir.

Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turidir. Masalan, tergov jarayonidagi so‘roq qilish.

Norasmiy muloqot bu shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zi-ni qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish hisoblanadi.

Muloqot quyida vazifalarni: 1) aloqa o‘rnatish - suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; 2) informatsiya - suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar varejalarni almashish;

3) faoliyatgaun-dash~ suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish; 4) koordinatsiyey

- suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdaharakatlarnimuvofiklashtirish; 5) tushunishni ta’minlash - suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish; 6) motivlashtirish - suhbatdoshda muayyan xissiyotlarni uyg‘otish hamda ularni o‘zgartirish; 7) munosabat o‘rnatish - munosabatlar ti-zimidagi shaxsiy o‘rnini, mavqeni aniqlash; 8) ta’sir ko‘rsatish -suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlari va yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma, dasturlarini o‘zgartirish va sh.k. bajaradi.

Muloqot tushunchasiga berilgan ta’riflar, ularning turlari va bajaradigan vazifalari shuni ko‘rsatadiki, bundagi eng asosiy masala har bir insonning dilidagi yashashdan maqsadi nima ekanligini, buning uchun qanday ishlarni bajarish istagi borligini, kelgusidagi orzu-havaslarini bilish, shunga qarab ularning og‘irini yengil qilish uchun shart-sha-roitlar yaratib berishdan iboratdir.

Mamlakatimiz fuqarolariga tegishli bo‘lgan barcha hukuk va majburiyatlar Asosiy qonunimizda batafsil ko‘rsatilgan. Zero, shunday ekan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib ko‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avealo odamlar bilan, xalq bilan mulokrt qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiymuammo va ehtiyojlariniyaxshi bilish kerak. Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo‘ydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi. Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti?” degan holda, ushbu savolga javob topish uchun mamlakatimizning barcha olis va yaqin joylarida yashovchi aholining barcha qatlamlari bilan o‘zaro muloqotda bo‘ldilar.

Prezident Sh.M.Mirziyoyevning muntazam ravishda bevosita xalq bilan olib borgan muloqotlari natijasida quyidagilar:

uy-joylarning yetishmasligi, borlarining ham ta’mirtalab bo‘lib qolganligi;

gaz, elektr energiyasi, o‘tin ta’minotidagi uzilishlar, qishda uy-larni isitish tizimining tobora

izdan chiqib borayotganligi; kommunal, transport va savdo xizmatining past darajada tash-kil etilganligi;

- ichki yo‘llarning qarovsiz holatga kelib kolganligi; dori-darmonlarning haddan tashqari qimmatligi, ularning xufyona yo‘llar bilan sotilishi; bemorlarga tez yordam ko‘rsatish tizimining tobora yomonlashib borayotganligi; shifoxonalarda malakali tibbiy yordam olish uchun sharoitning yo‘qligi, ayrim davolash

muassasalarida tamagirlikning avjiga chiqqanligi; maktabgacha ta’lim, o‘rta maktablarda bolalar va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratilmaganligi, o‘qituvchi mutaxassislarning yetishmasligi, ularning boshqa ishlarga jalb kdpinishi; kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda o‘quvchilar davomadining pastligi, o‘qigash sifatining zamon talablariga javob bermasligi, ayrim ta’lim muassasalarida ma’naviy-axlokiy muxitning yomonligi; oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatining zamon talablaridan orqada qolib ketayotganligi, professor-o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligining past darajada ekanligi, o‘quv dasturlarining amaliyot bilan yetarlicha bog‘lanmaganligi, o‘qishga qabul qilish jarayonida adolat prinsiplarining buzilayotganligi, ya’ni «bunker», «rektorat» degan ro‘yxatlar asosida qobiliyatsiz kim-salarning o‘qishga kirayotganligi; mutasaddi rahbarlar tomonidan ishni tashkil etish va o‘z vaqtida bajarish uchun byurokratik

to‘siklar qo‘yilayotganligi;

rahbarlar tomonidan konunga zid bo‘lgan ko‘plab idoraviy

yo‘riqnomalarningchiqarilayotganligi; bank kreditlari ajratishda tanish-bilishchilik asosida tama-girlik bilan katta pul

mablag‘larining o‘zlashtirilayotganligi; tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy tekshirishlarning avj olayot-ganligii;

huquq-tartibot idoralarining jabrdiydalar arziga quloq solmayotganligi, ularning o‘zlari

mavjud qonunlarni oyoq-osti qilayotganliklari; ishsizlik, ishlayotganlarning ish haqini, ayniqsa, pensionerlarning pensiya pullarini o‘z vaktida ololmayotganligi, bu borada ay-rim bank xodimlarining “turli xil o‘yinlar”ni o‘ynayotganliklari; yutuqlardan esankirash, madhiyabozlik, ayrim rahbarlardan “xudo yasash” kabi odamlarni ma’naviy inqirozga olib keluvchi holatlarning mavjudligi va boshqa shu kabi salbiy holatlarning mavjudligi ayon bo‘lib qoldi.

Buning yana bir tasdigini 2016 yil 25 sentabr kuni internet tarmogida ish boshlagan bosh vazirning so‘ngra Prezidentning virtual elektron qabulxonasiga mamlakatimiz fukarolaridan kelib tushgan 1 mln. dan ortiq murojatlarida ko‘rish mumkin. Ularning 93% o‘z yechimini topgan bo‘lib, qolganlari ko‘rib chikilmokda.

Bu xususda Sh.M.Mirziyoyev: “Ochiq aytishim kerak, bu murojaatlar tahlilidan ko‘p narsa ayon bo‘ldi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular hayotimizda mavjud bo‘lgan o‘tkir muammolarga ko‘zimizni ochib berdi.

Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmokda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, qonunga zid bo‘lgan ko‘plab idoraviy yo‘riqnomalarni bekor qilish, stavkasi optimal bo‘lgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy tekshirishlarga barham berish haqida, hukuq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda.

Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy kurilishi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta’minotini, yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmokda. Ko‘rib turibsizki, bu talablarning barchasi konuniy va adolatli. Bu borada ortiqcha izohning hojati yo‘q.

Lekin shu o‘rinda bir savol tugiladi: mana shu murojaatlarda ko‘tarilgan hayotiy muammolarni joylardagi hokimlik va idora-lar, tegishli mutasaddilar o‘z vaqtida hal etishi zarur emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida qonun, ya’ni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun (2014 yil 3 dekabr) qabul qilingan. Lekin, ming, afsuski, bu qonunning ijrosini nazorat kilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Shu sababli ana shu qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblayman.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerakva bu haqiqatni avvalo barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur. Shu munosabat bilan tadbir-korlik faoliyati va xususiy mulkni himoya qilish yuzasidan qabul qilingan barcha huquqiy hujjat talablariga so‘zsiz amal qilishni ta’minlash shart. Nega deganda, xalq boy bo‘lsa, davlat ham albatta boy va qudratli bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xaps bilan muloqot va inson manfaatlari tushunchalario‘zaro shunchalik boglanib ketganki, ularni bir-biridan aslo ajratib bo‘lmaydi”, - degan edi.

Yuqorida keltirilgan dalillarning barchasi xalq bilan muloqot qilish orqali bilib olingan narsalarning barchasi jamiyat hayotini aks ettiruvchi kuzgi hisoblanadi. Demak, ana shu kuzguda aks ettiril-gan narsalarni aql orqali idrok qilish va uning yechimini akd tarozi-si orqali topish hayotiy zarurat bo‘lib, unga quloq solmaslik, ana shu kuzguni sindirib qo‘yishga olib kelishi mumkin.




Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish