Yuksak ma’naviyat va Milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi - mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishining muhim sharti Milliy g‘oya va Daxldorlik hissi fuqarolik jamiyati rivoji bilan uzviy bog‘liq. Milliy g‘oyaning asosiy g‘oyalari, bosh maqsadi fuqarolik jamiyati rivojlanishida o‘zining aniq ifodasini topadi. Milliy g‘oya jamiyat mafkurasi sifatida O‘zbekiston jamiyati hayoti bilan bog‘liq. U o‘zining milliy va umuminsoniy negizlari bilan umumbashariy ma’no va mazmun kasb etadi.
―Milliy g‘oya – ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzuintilish va umid-maqsadlari yig‘indisidir. Shunday ekan, milliy g‘oya va Daxldorlik hissi bilan fuqarolik jamiyati rivoji maqsadlari o‘zaro mushtarak. Milliy g‘oya O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojiga xizmat qiladi. Fuqarolarni ana shu maqsad atrofida o‘zaro hamjihat bo‘lib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga safarbar etadi.
Milliy g‘oya jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy hayotida o‘zining ifodasini topadi hamda muayyan o‘zgarishlarni, maqsadlarni amalga oshirishga muhim omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Bu, birinchidan, milliy g‘oya O‘zbekistonning asosiy maqsadlarini ifoda etadi. U fuqarolarni fuqarolik jamiyati rivoji vazifalarini amalga oshirishga undovchi, Daxldorlik hissini rivojlantiruvchi ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, ―milliy g‘oya tushunchasi ma’no-mazmuni bilan fuqarolik jamiyati rivojlanishi maqsadlarini o‘zida ioda etadi. Ubilan mushtarakdir.
Uchinchidan, ―fuqarolik jamiyati tushunchasi kengma’no va mazmunga ega bo‘lib,turli mamlakatlarda turdicha talqin eti kelingan. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi maqsadlari umuminsoniy tamoyillarga hamda milliy-madaniy merosimizga tayangan xolda amalga oshirilishi milliy g‘oyada o‘ziningifodasini topgan.
To‘rtinchidan, mustaqillik tufayli O‘zbekiston o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanladi.
Ayni paytda dunyoda e’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayangan xolda fuqarolik jamiyati rivoji vazifalarini amalga oshiradi.
Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish ham, milliyma’naviyqadriyatlarga tayanish ham harbir xalqning, mamlakatning milliy g‘oyasi orqali amalga oshadi. Shu ma’noda, insonlar, xalqlar va jamiyatlarning maqsadlari milliy g‘oya sifatida muhim ahamiyat kasbetadi. Chunki jamiyat g‘oyasiz yashay olmaydi. G‘oya xalqning orzulari, uning rivojlanish maqsadini ko‘rsatib turadi.
Fuqarolik jamiyati milliy g‘oyaning milliy va umuminsoniy negizlarga tayanishida chuqur falsafiy ma’no bor. Bu bir tomondan, xalqimizning milliy ruhiyati, xohish-irodasi, tarixiyma’naviy qadriyatlari, an’analariga tayanib, uni yanada boyitib borishini anglatadi; ikkinchidan, umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etadi va undan oziqlanishini bildiradi. Bu fuqarolik jamiyati rivojlanishining, erkin demokratik jamiyatning ustuvor maqsadlarini har bir vatandoshimiz tomonidan aniq idrok etilishida, fuqarolik jamiyatining milliy g‘oyaviy negizlarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy asoslarini nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatib beradi.
Milliy g‘oyaning maqsadi mamlakatimizda yashaydiganbarcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’iy nazar, munosib hayot sharoitiga ega bo‘lish, kafolatlanganturmush darajasi va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan. Shuning uchun ham milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi ―Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish maqsadi fuqarolik jamiyati rivoji bilan o‘zaro mushtarak.Unda O‘zbekiston har bir fuqarosining maqsad va manfaatlari mujassamlashgan. Buning fuqarolar tomonidan aniq idrok etib olinishiularni mamlakatoldida turgan fuqarolik jamiyati rivojimaqsadlarigayo‘naltirishdasafarbaretuvchilik quvvatiga ega.
Bunda o‘ziga xos quyidagi qonuniyat mujassamlashadi: milliy g‘oya keng jamoatchilikning ishonch va e’tiqodiga aylanib, ular o‘zlarining amaliy faoliyatlarida unga tayanib, yashash ko‘nikmalariga qancha mustahkam bog‘langan bo‘lsalar, mamlakat shunchalik kuchli, fuqarolik jamiyatiningma’naviy asosi esa mustahkam bo‘ladi. Chunki shunda milliy g‘oyaning: fuqarolik jamiyati, erkin, demokratik jamiyat qurish maqsadlariga ishontira olganlik darajasi va Daxldorlik hissiyuqori ekanligini bildiradi;bu ishonch asosida jamoatchilikda mamlakat oldida turgan umumiy maqsad yo‘lida shuncha mustahkam birlashgan bo‘ladi; Fuqarolarning uyushganlik holati qancha yuqori bo‘lsa, ularning
fuqarolik jamiyati rivoji bilan bog‘liq maqsadlarni anglashi uni amalga oshirishda o‘zlarining ichki salohiyatlarini safarbar etish, uni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga yo‘naltirishga xohishistagi shuncha yuqori bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati davlat va jamiyat qurilishida fuqarolarning faol ishtiroki, fuqarolik institutlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoatchilik birlashmalarining jamiyat oldida turgan maqsadlarni amalga oshirishida faolligi va mas’uliyatli ishtiroki bilan uzviy bog‘liq va ustuvorlik kasb etadi. Demak fuqarolik institutlarining rivojlanishi fuqarolar faolligi, siyosiy ong va madaniyat yuqori bo‘lgan holda, ya’ni ularning jamiyatning bugungi va ertangi kuni uchun qayg‘urishi, mamlakat miqyosida anglash bor joyda u ko‘proq ildiz otib boradi, ayrim salbiy qusurlarimizning ham barham topib borishiga undaydi. Fuqarolarning o‘zaro jipsligi, ularning insoniy o‘zligini anglashiga ham bog‘liq. Ana shu faoliyat orqali har bir kishining Vatan ravnaqini o‘ylash, unga o‘z xissasini qo‘shish, mustaqillikni asrab-avaylash va mustahkamlash ma’naviyati namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |