MADANIY VA MUSIQIY HAYT
XX- asrning 50- 80 yillarida
1. Respublikamizda iktisodiy - ijtimoiy va madaniy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar. KPSS Markaziy qo’mitasining 1948 yil 10 fevraldagi V.Muradelining «Xalklar do’stlik» operasini va modernistik musiqiy oqimlarni tanqid ostiga olgan maxsus qarorining mohiyati va salbiy natijasi. Mazkur qarorni o’zbek zamonaviy musiqa san’atiga va kompozitorlar ijodiyotiga ko’rsatgan salbiy ta’siri. Respublikada zamonaviy professional musiqiy va teatr san’atlarini rivojlantirish jarayonini yanada yaxshilash va musiqiy o’kuv bilim yurtlar, musiqa maktablarni va konservatoriya kabi san’at dargohlarini ish faoliyatlarini takomillashtirish tug’risida O’zbekiston Kompartiyasining Markaziy Komiteti 1951, 1960, 1964, 1974 yillarda qabul qilgan qarorlarining mohiyati. Qarorni amalda joriy etishdagi yutuq va kamchiliklar. Musiqiy san’atni yanada rivojlantirishda: xalk sayillari, musiqiy badiiy havaskorlar jamolarini bunyodga kelishi va faoliyatlari, ko’rik-tanlovlar, festivallar, qo’shik bayramlar, simpoziumlar va dekadalar o’tkazishlarning mohiyati. «Marhabo talantlar», «CHashma» va boshka musiqiy televizion ko’rsatuvlarning ahamiyati, yutuq va kamchiliklari. O’zbek filarmoniyasi, o’zbek estrada- kontsert tashkilotlarida va o’zbek teleradiokompaniya qoshlaridagi eski va yangi tashkil topgan: xor, simfo-jaz orkestr, komer orkestr, kvartet jamoalarining faoliyati. O’zbekiston kompozitorlar uyushmasining 1948, 1955, 1960, 1962, 1965, 1971, 1977, 1982, 1987, 1995 yillarda o’tkazilgan quriltoyi va ularning oralarida o’tkazilgan Plenumlar mohiyati.
MUSIQALI TEATR
O’zbek musiqali teatrining rivojlanish jarayoni. Musiqali drama va komediya janrlari O’zbekiston kompozitorlari ijodiyotida. Yillar davomida yaratilgan juda ko’p musiqali dramalar: «Xalima», «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Gulsara», «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon», «Vatan ishqi», «Zafar», «Alisher Navoiy Astrobodda», «Momo yer», «Ishqing bilan», «Kimga to’y, kimga aza», «Yusuf va Zulayho», «Fotima va Zuxra», «Prometey», musiqali komediyalardan: «Oltin ko’l», «Toshbolta oshiq», «Jon qizlar», «Ajab savdolar», «O’jarlar» kabi sahna asarlarni magnit tasmasi orqali yaqindan tanishish, ularni tahlil qilish va janrlarning rivojlanish jarayonidagi yutuq va kamchiliklar. Xulosa.
OPERA
Milliy opera san’atining rivojlanish jarayoni. Birinchi o’zbek operasi «Bo’ron», operaning bunyodga kelishi va mohiyati. Ishqiy romantik mavzuda yaratilgan operalar: «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Dilorom».
Tarixiy va tarixiy-biografik mavzularda yaratilgan operalar: «Mahmud Torobiy», «Ulug’bek», «Zulmatdan ziyo», «Xamza», «Oy jamoli», va boshqalar. Birinchi o’zbek hajviy (komik) «Maysaraning ishi» operasi. Ayrimlarni magnit tasmalari orkali tinglab bu sohada tug’ilgan fikr va mulohazalar, opera ijrochilarining namoyondalari.
BALET
Milliy balet san’atining rivojlanish jarayoni. Rus kompozitorlari tomonidan, o’zbek musiqa merosi asosida yaratilgan «Paxta», «SHohida», «Oq bilak» baletlarning bunyodga kelishi, mohiyati. Birinchi milliy «Suhail va Mehri», «Raqqosa», «Orzu», «Tanovar», «Sevgi tumori» «Kashmir afsonasi» «Hind afsonasi» «Tomiras», «Samarqand afsonasi», «Layli va Majnun», (bir parda), «Navro’z» kabi baletlarning yaratilishi, ularning trixiy o’rinlri, yutuq va kamchiliklari, janr muammolari va xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |