Ma’ruzalar matni, 1-Mavzu: Ekologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. Reja


Tabiiy landshaftlar va tabiiy yodgorliklarni muxofaza qilish



Download 366 Kb.
bet38/42
Sana14.06.2022
Hajmi366 Kb.
#667043
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Еко маруза

14.3. Tabiiy landshaftlar va tabiiy yodgorliklarni muxofaza qilish.

O’zbekiston tabiatini so’lim va sermanzarali, uning havosi va suvining musaffoligi, shifobaxshligi, ajoyib sharsharalar, qoya, g’or va o’monli maskanlarning mavjudligi, ularning barchasini atrof-muhit bilan yaxlitlikda, landshaftar bilan uyg’unlikda saqlab qolish taqozo etadi. Landshaftlarni o’zgarmagan holda saqlab qolib, ularni muhofaza qilish, bu joylardagi tabiiy jarayonlar va ekologik muvozanatining tabiiyligini, vaqt birligida yuz beradigan o’zgarishlarini o’rganish, tadqiq qilish nuqtai nazaridan ham ahamiyati katta. Respublikada 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil karst relefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo’lgan g’orlar va tepaliklar, nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor manzarali jiddiy muhofazaga muhtojdir.


Landshaft-tabiat turkumi bo’lib, iqlim, relef, yer boyliklari, suv, o’simliklar va hayvonlarni o’z ichiga oladi. Landshaft qismlari bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladi, uni bir qismining o’zgarishi boshqa qismlarining ham o’zgarishiga olib keladi. “Landshaft” so’zi nemischa so’z bo’lib, joyning turini anglatadi.
Akademik L.S.Berg landshaftni quyidagi guruhlarga bo’ladi: chamanzor, o’rmonzor, botqoqlik, sohil, sahro, bog’ va boshqalar.
Landshaftlarni madaniy va tabiiy xillarini farqlash mumkin bo’ladi. Madaniy landshaftlarga: ekiladigan yerlar, bog’lar, shahar, qishloq, zavod, poyezd va avtomobil yo’llari va boshqalar kiradi.
Odatda tabiiy landshaftni ularning xususiyatlariga ko’ra botanik, geologik, gidrologik turlariga bo’ladilar. Botanik landshaftlarga – ko’p yillik daraxtlar, masalan, archazorlar, geologik landshaftlar turiga – ko’llar, buloqlar, sharsharalar va boshqalar kiradi.
Samarqand viloyati va uning tevarak-atrofi tabiati juda go’zaldir. Ayniqsa, Amonqo’ton va Ohaklik tog’ida nihoyatda chiroyli manzaralar, mo’jizakor so’lim oromgohlar mavjud bo’lib, ular nafaqat respublikamiz fuqarolari, balki chet el sayyohlari diqqatini ham o’ziga jalb etmoqda.
Inson barcha xil landshaftlarni o’zgartira oladi, lekin landshaftlarni tabiiy holatda tarixiy meyoriy yodgorliklar sifatida saqlash, muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Chunki landshaftlar qiyofasining o’zgarishi odamlarga, hayvonot va o’simliklar olamiga salbiy tasir ko’rsatadi.
Tabiatning nodir obyektlari bazan inson ta’siri tufayli xarob bo’lmoqda, yo’qolmoqda. Respublikamizning go’zal landshaftlarini muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. Bu betakror go’zallik namunalari Respublikamizda turizmni taraqqiy ettirish maqsadida ishlatilishi va katta foyda keltirishi mumkin. Tabiat landshaftlarini saqlab qolish va ularni o’rganishda qo’riqxonalarni tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir.
O’zbekistonning ba’zi tog’larida xilma-xil ko’rinishdagi, xususan haykalga o’xshash toshlar uchraydi. Bu toshlar ba’zan nodir va yo’qolib ketgan hayvonlarning ko’rinishini eslatadi.
Respublikamizning Ilonsoy, Zarafshon tizma tog’lari, Urgut va boshqa tumanlaridagi tog’larning 40 dan ortiq joylarida turli davrda yashagan va chizilgan hayvonot olami vakillarining rasmlari topilgan. Suratlarda tog’ echkisi, sigirlar, ot, tuya, it va boshqa uy, yirtqich hayvonlar va ularni ovlash usullari o’z aksini topgan. Afrosiyob xarobalarining arxeologik qazilmalarida kishini hayratga soladigan naqshlar topilgan.
Tabiiy landshaftlar va tarixiy yodgorliklar, ayniqsa Samarqandning boy me’morchiligi, eksponatlar, tabiat qo’ynidagi kishilar dam oladigan oromgohlarni muhofaza qilish, ularni avaylab-asrash hozirgi kunning muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish