16.3. Xalqaro konvensiyalar.
27 prinsipdan iborat «Rio deklarasiyasi» xalqaro xuquqiy xujjat bo’lib, o’nga ko’ra davlatlar boshqa mamlakatlarinng muhitiga zarar yetkazadigan Har qanday faoliyat uchun javobgarliqii tan olishi. ekologik qonunchilikining samaradorligini oshirish, falokatlardan ogohlantirish, ekologik xavf manbalarini boshqa davlatla xududiga o’tkazmaslikka chaqiradi.
«XXI asrga Kun tartibi» insoniyatning yangi asrda barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan muhim xujjat bo’lib, unda atrof muhit muxofazasi na rivojlanishga doir muammolarii xal qilish yo’llari va vositalarya ko’rsatilgan. Konferensiya qarorlarida har bir alohida mamlakatda barqaror rivojlanish konsepsiyasi na milliy darajada «XXI asrga Kun tartibi» ni ishlab chiqishi va amalga oshnrish majburiyati yuklangan.
«Rio-92» Konferensiyasida o’rmonlariing tartibsiz kesilishining oldini olish va ularni muxofaza qilishga qaratilgan muhim Bayonnoma qabul qilindi. Konferensiyada eng dolzarb global muammolar- iqlimning o’zgarishi va biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha Konvensiyalarinng imzolanishi boshlandi. «Rio-92» Konferensiyasi aloxida davlatlar va jaxon hamjamiyati barqaror rivojlanishining strategik vazifalarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning tashkilny, xukukiy va moliyaviy asoslarini ishlab chiqdi.
O’zbekiston Respublikasi Rio deklarasiyasini ratifikatsiya qildi. O’zbekiston iqlimning o’zgarishi to’g’risidagi Konvensiya va Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konvensiyalarga qo’shildi. 1998-yili Barqaror rivojlanish Konsepsiyasi tayyorlandi. 1999-yili Barqaror rivojlanishning Milliy strategiyasini ishlab chiqildi. 2002-yili O’zbekistonda «XXI asrga Kun tartibi» qabul qilindi. O’zbekiston Respo’likasida barqaror rivojlanishni ta’minlash ustuvor masalaga aylandi.
90-yillarda alohida davlatlar, jaxon hamjamiyati. xalqaro tashkilotlar «XXI asrga Kun tartibi»ni amalga oshirish bo’yicha harakatlarii amalga oshirdilar.
2000-yili Nyu-Yorkda Ming yilik Sammiti bo’lib o’tdi va unda «Ming yillik Deklarasiyasi» qabul qilindi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo’yicha jaxonning barcha mamlakatlarida sa’yi harakatlar boshladi. Qilingan ishlarni sarhisob qilish maqsadida 2002-yil Yoxannesburgda BMTning Barqaror rivojlanish bo’yicha Butunjaxon Sammiti bo’lib o’tdi. Unda «Barqaror rivojlanish Butunjaxon Sammiti qarorlarini bajarish rejasi» va «Yoxannesburg deklarasiyasi» qabul qilindi. Sammit rejasida sayyoramizning turli mintakalarida barqaror rivojlanishni ta’minlashga asosiy e’tibor berildi va uning prinsiplari barqaror rivojlannshning uch tarkibiy qismi: iqtisodiy o’sish, ijtimoiy rivojlanish va agrof-muhit muxofazasi talablariga javob beradi. Bu-tunjaxon Sammitida qashshoqliqni yo’qotish va atrof muhit muammosi bosh masalalar sifatida taxlil qilindi. Dunyodagi rivojlanayotgan kambag’al mamlakatlarda 1 mlrd dan ortiq, axoli doimiy ovqat yetishmasligi sharoitlarida yashaydi. Bu davlatlarga moliyaviy yordam berish masalalari qurildi. Yoxannesburg Sammiti barqaror ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik rivojlanish yo’lidagi muhim qadam bo’ldi.
Rivojlangan davlatlardagi yuqori hayot darajasini ta’minlash tabiiy resurslardan katta miqdorda foydalanish va o’z navbatida atrof muhitni kuchli ifloslanish hisobiga amalga oshadi. Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi xayet darajasiga yetishishi uchun yana bir Yer sayyorani resurslarini o’zlashtirish lozim bo’ladi. Yer esa Koinotda yagonadir. Tabiat va jamiyatning mutanosib, bir-biriga mos rivojlanishi - koevolisnya deb yuritiladi- Jamiyatini rivojlanishi sur’atlari juda yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |