MA’RUZALAR MATNI
,
1-Mavzu: Ekologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi.
Reja:
1. Fanning mazmuni.
1.2. Fanning vazifalari.
1.3. Fanning rivojlanish tarixi.
Tayanch iboralar: Ekologiya, autekologiya, sinekologiya, ekosistema, biogeosenoz. Nazariy, amaliy va strategik maqsadi.
1.1.Fanning mazmuni.
Ekologiya - tirik organizmlarning o’zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganuvchi fan. Tabiiy jamoalar, ularning tuzilmasi va funksiya qilish qonuniyatlarini o’rganish ham ekologiyaning vazifalari hisoblanadi.
Ekologiya fan sifatida XIX asrning o’rtalarida shakllandi. Bu davrga kelib tirik organizmning xususiyatlari xaqida ko’p ma’lumotlar to’plangan edi. Organizmlarinig nafaqat tuzilishi va rivojlanishi balki yashash muhiti bilan aloqasi ham ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunishi xaqida tushunchalar paydo bo’ldiki, bu qonuniyatlarni o’rganish zaruriyati tug’ildi.
“Ekologiya” so’zi grekcha “oykos”- uy - joy, “logos”- fan kabi so’zlardan hosil bo’lgan. Birinchi bo’lib bu so’zni fanga nemis zoologi E.Gekkel kiritgan.
Tirik organizmlar hayot tarzi, uning tashqi muhit bilan bog’liqligi o’simlik va hayvonlarning tarqalish xususiyatlari xaqida ma’lumotlar juda qadim zamonlardan to’plana boshlagan. Bu ma’lumotlarni dastlabki umumlashtirish ishlari antik filosoflar ishlarida o’z aksini topadi. Aristotel 500 dan ortiq hayvonlarni aniqlab, ularning xulq-atvori, ya’ni migratsiyasi qishda uyquga ketishi, qushlarning ko’chib yurishi, parazitlik xaqida ma’lumotlar to’plagan. Aristotelning shogirdi Teofrast o’simliklarning turli sharoitlarda o’sish xususiyatlari, ularga tuproq va ob-havoning ta’siri xaqida ma’lumotlar keltiradi.
Uyg’onish darvrida biologik fanlarning rivojlanishi bilan ekologik ma’lumotlar ham to’planib bordi. Dastlabki sistematik olimlar A.Sezalpin (1619-1603), D.Rey (1623-1705), J.Turnefor (1656-1708) va boshqalar o’simliklarni o’sish sharoitiga bog’liqligi xaqida malumotlar qoldirganlar. XVII-XVIII asrlarda tirik organizmlarning turli guruhlarni o’rganuvchi olimlar ishlarida ekologik ma’lumotlar ko’plab uchrar edi.
Tashqi muhit sharoitining hayvonlar tuzilishiga ta’siri XVIII asrning 2-yarmida fransuz olimi J.Byuffon (1707-1788) tomonidan o’rtaga qo’yildi. Byuffon fikricha bir turning ikkinchisiga aylanishi iqlim harorati, oziqa sifati va xonaqilashtirishga bog’liq.
J.B.Lamark (1744-1829), birinchi evolyutsion tariqqiyot tarafdori, tashqi sharoit ta’siriga organizlarning moslashishi organizmlar evolyutsiyasining asosiy sababidir deb ko’rsatgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |