Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


  Shomonlik  yoxud  sehrgarlik



Download 0,57 Mb.
bet35/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

3.  Shomonlik  yoxud  sehrgarlik  («shomon»  so’zining  tungus  tilidagi  ma’nosi  «sehrgarlik»).
Sehrgarlik  (afsun,  magiya)  real  natijalar  olish  uchun  ilohiy  kuchlarga  ta’sir  etish  maqsadida  amalga
oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, u
orqali  kishilar  o’z  totemlari,   ota-bobolarining  ruhlari  bilan  xayolan  bog’lanishni  amalga  oshirib
kelganlar. U qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib
kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar.
Ular  orasida  ayniqsa  uzoq  o’tmishda  ayollar  ko’p  o’rinni  egallaganlar.  Bu  shamanlar  va  afsungarlar
jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo’lish, ularga jamoaning umid
va  niyatlarini etkazish, ularning  irodasini  talqin  qilish  qobiliyatiga  ega  ekanligiga  chuqur  ishonganlar.
Shamanlar, odatda, ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash
yo’li  bilan  nog’oralar  va  qo’ng’iroqlar  ovozlari  ostida  o’zlarini  jazavaga  solib,  o’zini  yo’qotish,
jazavaning  yuqori  nuqtasiga  etkazish  bilan  afsungarlik  qilishgan.  Tomoshabinlar  ham  ba’zan  o’zini
yo’qotish darajasiga etib marosimlar ishtirokchilari bo’lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida
bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan
muloqoti  xuddi  shu  holatda  amalga  oshadi  deb  hisoblanardi.  Umuman, olganda  ritual  marosimlar
qismlardan  iborat  bo’lgan  afsungarlik  jamiyatning  haqiqiy  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  hayotda
amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog’lanish yo’li hayotda noma’lum, oldindan
bilib  bo’lmaydigan  sharoitlardan  kelib  chiqqan.  Lekin  shu  bilan  birga  afsungarlik  odamlarning  fikr
yuritish, ongini mustahkamlashda katta rol o’ynadi. Bu esa diniy ongni shakllanish jarayonida muhim
o’rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o’z-o’zidan bo’ladigan, faqatgina maqsadli
28

yo’nalishdagi  harakatlar  natijasida olinadigan  emas, balki  ilohiy  kuchlar  afsuni  bilan  bog’liq  bo’lgan


sharoitlardan  kelib  chiqadigan  ko’rinish  deb  hisoblangan.  Natijada  ko’pchilik  aniq  hodisalar,  hattoki
alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi.
Sehrgarlik  marosimlari  yakka  holda  yoki  jamoa  bo’lib  amalga  oshirilishi  mumkin  edi.
Afsungarlik  maqsadga  ko’ra  quyidagilarga  bo’linadi:   1)  Zarar  keltiruvchi  -  yovuz  afsungarlik.
Uning  maqsadi  kimgadir  zarar  etkazishdan  iborat; 2)  Harbiy  afsungarlik.  Bu  dushmanga  qarshi
ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan «issiq» yoki «sovuq»
qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-
havo  afsungarligi.  Bu  sehrgarlik  turidan  yomg’ir  chaqirish  yoki  shunga  o’xshash  ob-havoni
o’zgartirish maqsadida foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish