2. Ishlashni o’rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo’lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o’rganishi kerak. - 2. Ishlashni o’rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo’lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o’rganishi kerak.
- 3. Birgalikda yashashga o’rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o’zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi.
- 4. Yashashni o’rganish. Bu o’z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo’lish, shaxsiy mas’uliyat demakdir. Shuning uchun ta’limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim.
3. Ta’limni kelajakda yangi bosqichga ko’tarish masalasi. - 3. Ta’limni kelajakda yangi bosqichga ko’tarish masalasi.
- Ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni16, shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.
- Xujjatda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:
- birinchidan, joylarda umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo’yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;
- ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo’lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o’rinbosarlari o’rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |