Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya



Download 71,78 Kb.
bet2/23
Sana16.03.2022
Hajmi71,78 Kb.
#493002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

SO'ZLASHUV USLUBI
Kundalik hayotda, oilada, ko'cha-ko'yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so'zlashuv uslubiorqali yuzaga chiqadi. So'zlashuv uslubi adabiy va oddiy so'zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Ma’lum adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan, tartibga solingan so'zlashuv uslubi adabiy so'zlashuv uslubi, adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli esa oddiy so'zlashuv uslubi hisoblanadi.
Adabiy tilning og`zaki shakli adabiy so`zlashuv uslubi orqali amal qiladi. Radioeshittirishlari, televideniye ko`rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi.
Oddiy so'zlashuv uslubida so'zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib axborot uchun eng kerakli so'zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to'ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so'raysiz:
- Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chipta bering deb o'tirmaysiz).
Oddiy so'zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari bo'lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo'l qo'yiladi.
Oddiy so'zlashuv uslubida gap bo'laklarining tartibi ham ancha erkin bo'ladi. Ba’zan shevaga xos so'zlar, qo'pol, dag'al so'zlar ham kuzatiladi, lekin ularni qo'llash so'zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko'rsatadi.
So'zlashuv uslubining har ikkala turi ko'pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Ikki shaxsning o'zaro so'zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So'zlashuv uslubida so'zlar ko'pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo'ladi. Bu uslubning yana bir o'ziga xos xususiyati erkinligidir.
So'zlashuv uslubida kitobiy uslublarda qo'llaniladigan taklif qildi, sobiq, masalan kabi so'zlar o'rnida chaqirdi, oldingi, burungi, misol uchun kabi so'zlar ishlatiladi. Ergash aka, Qumri opa singari birikmalarda qo'llaniladigan aka, opa kabi so'zlar, erkalash-kichraytirish qo'shimchalari qo'llanadi. Bu uslubda og'zi qulog'ida, joni chiqib ketdi kabi iboralar - frazeologik birliklar, maqol, matal, hikmatli so'zlar ham uchraydi.
Unli tovushlarni cho'zish (bo:r, ke:l), ayrim undosh tovushlarni cho'zib aytish (maza - mazza: endi mazza qilib ertak eshitinglar; haq-haqqi: haqqingni ol, yaramas!) so'zlashuv uslubiga xosdir.
Oddiy so'zlashuv uslubida so'z tartibi qoidaga nomuvofiq bo'lishi (kecha konsert bo'ldi klubda); ko'chma, obrazli emotsional vositalar ko'proq qo'llanilishi (g'ayrat qil, shalvirama; Alini qarang, og'zi qulog'ida); dialogik shaklda bo'lib, to'liqsiz gap va imo-ishoraning ko'p ishlatilishi (Kelyapti (navbatchi), Ketdimi? - Ha kabi); takrorlar (kelib-kelib shu gapni topdingmi?); talaffuzda erkinlik (na’lat (la’nat), opti (olibdi) kabi) yaqqol namoyon bo'ladi.
Oddiy so'zlashuv uslubi badiiy asarda personajlar nutqini individuallashtirishda keng qo'llanadi.
So'zlashuv uslubida sodda gaplar, to'liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.

Download 71,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish