Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr


O‘zbek psixologlari tadqiqotlarida kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish muammolari



Download 121 Kb.
bet34/40
Sana22.04.2020
Hajmi121 Kb.
#46489
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
2 5253711130131433003

O‘zbek psixologlari tadqiqotlarida kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish muammolari. Kasbiy konsultatsiyalar shaxs xossalari, xususiyatlari, sifatlari tashxis metodlarini ishlab chiqish psixologiya fanining markaziy vazifalaridan biridir. Respublikamizda tashxisning bunday metodikalarini yaratishda ma’lum tajriba to‘plangan. Masalan, o‘quvchilarni psixologik o‘rganish metodikasi (V.A.Tokareva S.Sh.Aytmetova) shaxsni o‘rganish metodlari (M.G.Davletshin tahriri ostida B.R.Qodirov va K.B.Qodirovlar ishlab chiqqan) o‘quvchilarni kasb tanlash vazifalarini hal etish uchun tashxislash metodlari, R.Z.Gaynutdinov rahbarligida yaratilgan turli kasblar uchun asosli professiogrammalardir.

“Inson-kasb-ishlab chiqarish muhiti” tizimi o‘z-o‘zicha ko‘p bosqichli, ko‘p qirrali, juda murakkab bo‘lib, respublikamizda ushbu tizimda davlat miqyosida inson omiliga g‘amxo‘rlik qilinadi. Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati har tomonlama rivojlangan shaxs fuqaroni uzluksiz ta’lim tizimi orqali tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish muammolarini o‘rganish ham fundamental, ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi. R.Z.Gaynutdinov rahbarligida kasbiy tiklanishning turli muammolariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.

D.N.Arziqulovning dissertatsion tadqiqotida Agrar universitet talabalarining kasbiy shakllanish bosqichlari psixologik xususiyatlarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi.

Sh.G‘.Saparovning o‘qituvchilarining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotida ta’kidlanadiki ularning shakllanishi va rivojlanishi ularning kasbiy faoliyatida amalga oshadi ya’ni namoyon bo‘lish darajasi va sifati o‘qituvchilarning yoshi va ish stajiga uzviy bog‘liqdir.

Yu.M.Asadovning dissertatsiyasida umumta’lim maktabi o‘qituvchisining malaka oshirish tizimidan kasbiy-shaxsiy o‘sish yo‘nalishini belgilovchi psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bu bosqichda mahoratni mustahkamlash, kasbiy tiklanish samaradorligi ko‘p jihatdan psixologik xususiyatlarga bog‘liq.

Yu.M.Asadov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishida maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy Dasturi talablaridan kelib chiqqan holda kasb mahorati rivojlanishi omillari sifatida o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning dolzarbligi ilgari surilgan. Unda o‘qituvchi kasb mahoratining yaxlit komponentlarini tasniflovchi “o‘qituvchining kasb mahorati”, “o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlari”, “o‘qituvchining psixologik tipi” kabi tushunchalarni belgilovchi o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlarni psixologik tiplarda integrallashuvi va ularning malaka oshirish tashkiliy shakllarini tanlash motivatsiyasiga ta’sirini izohlovchi individual-psixologik xususiyatlarning o‘qituvchi kasb mahoratini rivojlantirish omillari sifatida ahamiyatini ochib beruvchi ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.

Dissertant B.N.Sirliyev “O‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari ustalari kasbiy kamolotining psixologik jihatlari” mavzusidagi tadqiqot ishi kasb-hunar o‘quv yurtlarining ustalari misolida kasbiy kamoloti va kasbiy o‘zini-o‘zi belgilanishning dolzarb muammolarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishida ishlab chiqarish ustalarini kasbiy moslashish, adaptatsiya va kasbiy mahorat bosqichlarida tayyorlashni va ularning shaxsiy-kasbiy o‘sishlarini takomillashtirish muammosining psixologik jihatlari ochib beriladi.

R.Z.Gaynutdinovning doktorlik dissertatsiyasida o‘qituvchi pedagogik faoliyati komponentlari realizatsiyasi darajasi, shaxsiy xossalari, omillari tahlili asosida kasbiy faoliyatning samaradorligini belgilovchi quyidagi mezonlarini ajratish mumkin. Ular:

- shaxsiy-professional komponentlikning o‘z-o‘ziga nisbati;

- o‘zini o‘zi dolzarblashga intilish;

- emotsional barqarorlik va kasbiy identifikatsiya;

- o‘z-o‘ziga hurmat va “Men” ning ichki muvofiqligi;

- dinamizm, yutuqlarga erishish ehtiyoji, ektrovertlik, atrofdagilarning o‘ziga nisbatan pozitiv munosabatini kutish;

- internallik (ichki nazorat darajasi).

Kasb tanlashga tayyorlikning psixologik jihatlari va kasbiy diagnostika muammolariga doir tadqiqot ishi K.B.Qodirov tomonidan olib borilgan. Bunda asosiy qoida kasbiy yo‘nalganlik umuman moyilliklarda, qiziqish va qadriyatlarda ifodalanib, kasbiy rivojlanishning mazmuniy tomoni sanaladi. Kasb tanlash chog‘ida psixologik tayyorgarlik yoki yetuklik kasbiy o‘zini o‘zi anglashning muhim omili bo‘lib, kasbni to‘g‘ri tanlashga yordamlashadi va kuch, barqarorlik, keskinlikda namoyon bo‘ladi, bu onglilik, mustaqillik bilan ta’minlanadi va kasbiy tanlovning formal-dinamik jihatiga kiradi.

R.Z.Asomova “Kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi” nomli ilmiy izlanishida kasb tanlash motivlari mexanizmlari, ularning birlamchi manbalari, harakatlantiruvchi kuchlari, dinamikasi va shaxsning individualligi masalalari atroflicha ochib berilgan. Shuningdek, kasbiy motivlarning mutaxassisni kasbiy tayyorgarligi o‘rtasidagi bog‘liqlik, hamda kasbiy va o‘quv motivlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalari ham keng doirada tadqiq qilingan.

U.S.Jumayev tomonidan “O‘smirlarda kasb tanlashga munosabat tizimi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik ishida kichik, real guruh a’zolari o‘smirlarda kasb tanlashga munosabat va uning umumta’lim ta’lim oluvchilarda shakllanishi, namoyon bo‘lishi va dinamikasi ilk bor tadqiq qilindi. Shuningdek, faoliyatlari jarayonida kasb tanlashga munosabat tizimi ko‘rsatkichlari (o‘rtacha umumiy va qiyosiy-tipik) tahlil etildi va tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi, kasb tanlashga munosabat tizimining yosh xususiyatlari tavsiflab berildi.

R.B.Abduraxmonovaning “Pedagog va psixologlarda kasbiy yo‘nalganlikning kamol topishi” mavzusidagi dissertatsion ishida kasbiy pedagogik va psixologik yo‘nalganlik komponentlari aniqlangan va oliy o‘quv yurtida tayyorgarlik davrida uning shakllanish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtida olingan bilimning talablari, shaxslilik motivlari, ustanovkalari va qadriyatlar tizimiga kirib borishidan yaqqol dalolat beradi.

Shunday qilib, yurtimiz psixologlarining kasbiy tiklanishining turli bosqichlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari tahlilida rivojlanishning shaxsiy omillari, shaxsning kasbiy faoliyati doirasida tiklanishining hal qiluvchi roliga asosiy e’tibor qaratiladi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, respublikamiz psixologlari tomonidan kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash masalalariga doir bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan.



Nazorat savollari:

  1. Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bosqichlarini tushuntiring.

  2. Kasblar psixologiyasi qachon mustaqil fan sifatida shakllandi?

  3. XII- XVI asrlarda yashab ijod etgin mutafakkir allomalarning falsafiy-psixologik mulohazalarini izohlang.

  4. O‘zbek psixologlari tomonidan kasb psixologiyasi borasida qanday tadqiqotlar olib borilgan?

  5. Qaysi olim kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirgan ?


Mavzu yuzasidan test savollari:





Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish