Uyg’ongan holat uchun o’tish ehtimolligi
Ideаl gаz uchun Kаrno sikli vа uning f.i.k.
MUSTАXKАMLАSH UCHUN SАVOLLАR
MUSTАXKАMLАSH UCHUN SАVOLLАR.
MUSTАXKАMLАSH UCHUN SАVOLLАR.
Potensiаl mаydondаgi zаrrаchаlаr uchun Boltsmаn tаqsimot qonuni vа bаrometrik formulа.
Zаrrаchаlаrning eni cheklаngаn potentsiаl to’siqdаn o’tishi. Tunnel effekti
Elektromagnit nurlanishlarning kvant tabiati uning korpuskulyar xossalarida namoyon bo’ladi. Nurlanishning mayda porsiyasi “kvant-foton” hisoblanadi. Fotonning spini birga teng bo’lib, u bozonlar sinfiga kiradi va Pauli prinsipiga bo’ysunmaydi. Shuning uchun har bir kvant holatda istagancha miqdorda fotonlar bo’lishi mumkin, yaoni bitta energetik xolatda bir xil impulpsli va bir xil chastotali fotonlar istalgancha bo’laoladi. Shuning hisobiga bir xil chastotali elektromagnit nurlanishning intensivligi istalgancha katta qiymatlarga erishishi mumkin.
Bizga ma’lumki, impulpsi va chastotasi bo’lgan yorulik fotonlarini faqat uyongan atomlar chiqaradi (nurlantiradi), xolos. Atom foton nurlantirishi bilan energiyasini yo’qotadi. O’tgan ma’ruzalarimizda ham ta’kidladikki, atom faqat ma’lum ye1, ye2 , ye3, ... energiyali diskret kvant xolatlarida bo’lishi mumkin.
Nurlanishni tushuntirish uchun faqat yen va yem energiyali kvant xolatlarini (1 va 2) ko’rib chiqaylik (rasm-16.1).
Agar atom 1 (Em) asosiy xolatda bo’lsa, tashqi nurlanish ta’sirida 2 (En) xolatga majburan o’tishi mumkin. Bunda tashqi nurlanish atom tomonidan yutiladi.Agar atom uyg’ongan holatda bo’lsa (En), u bir qancha vaqtdan so’ng hech qanday tashqi ta’sirsiz o’z-o’zidan, spontan ravishda past energiyali (Em) 1- holatga o’tishi mumkin, bu holda atom ortiqcha energiyasini elektromagnit nurlanish ko’rinishda chiqaradi, bunda atom nurlantirgan foton energiyasi ga teng.
Uyg’ongan (g’alayonlangan) atomni tashqi ta’sirsiz foton nurlantirish jarayoni spontan nurlanish deyiladi.
1916 yilda Eynshteyn termodinamik muvozanatga doir tajribalarni nazariy tushuntirishda Bor postulotlariga asosan nur yutayotgan va nurlantirayotgan jism bilan nurlanish orasida yutilish va spontan nurlanish bilan bir qatorda uchinchi bir o’zaro taosir ham bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Bu nurlanish majburiy nurlanish yoki induksiyalangan nurlanish deb ataladi. Atom 2 (En) alayonlangan (uyongan, qo’zolgan) xolatda bo’lsa va unga tashqi nurlanish taosir etsa, (ya’ni = yen - yem shartni qanoatlantiradigan nurlanish ta’sir etsa) u holda atom majburan = yen - yem energiyali fotonni nurlantirib 1 (Em) asosiy holatga o’tadi. Bunday o’tshda atom tomonidan shu o’tishni vujudga keltiruvchi foton bilan bir xil parametrli foton nurlantiriladi.
Bunday o’tish natijasida hosil bo’ladigan nurlanishni majburiy nurlanish yoki induksiyalangan nurlanish deyiladi. Muvozanatli jarayonlarda yutilish bilan nurlanish (spontan va maburiy) e’timolligi bir xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |