Uloqtirish – maxsus snaryadlarni o`zoqlikka itqitish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab-musqo`l kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bulishi bilan harakterlidir. Bunda qo`l, elka kamari va tana musqo`llarigina emas, balki oyoq musqo`llari ham faol qatnashadi.Yengil atletika snaryadlarini o`zoqqa uloqtirish uchun, kuch, tezlik, chaqqonlik, yuqori darajada rivoj topgan bulishi va o`z kuchini yig`a bilmoq zarur. Uloqtirish bilan shug`ullanish bu muhim fazilatlarni taraqqiy ettiribgina qolmasdan, butun tana musqo`llarining garmonik rivojlanishiga ham yordam beradi. Yengil atletik uloqtirishlar ijro usulida qarab uch turga bo`linadi: 1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata): 2) aylanib uloqtirish (disk, bosqon): 3) itqitish (yadro). Uloqtirish usullarining farqi syanaryadlarning shakli va og`irligiga bogliqdir. Yengil, ushlash ung`ay bulgan snaryadlarni to`g`ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab o`zoqqa uloqtirish mumkin , og`irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish ungayroq: maxsus tutqichi bulmagan , og`ir snaryad yadroni esa itqitish ungayroq.
Kupkurash- yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlari o`z ichiga oladi. Kup kurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi: uchkurash, to`rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, un kurash Kupkurash asosiy turlari: erkaklar uchun – unkurash va ayollar uchun- beshkurash va o`spirinlar uchun – oltikurash va sakkizkurash. Musobaqani yengillatish uchun, yengil atletikaning bunday og`ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o`tkaziladi.
Kupkurash shug`ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo`yadi .Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bulishlaridan tashqari , sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, sakrochilardek sakrovchan va chaqqon , govosharlardek dadil, o`rtacha masofaga yug`uruvchilardek chidamli bulishlari kerak. Kupkurash dasturini to`la bajarish esa, umuman a`lo darajada chidamli bulishni yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi Kupkurash bilan shug`ullanish - yengil atletika bilan endigina shug`ullana boshlovchilar uchun ham har tomonlama jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo`lidir. «Alpomish va Barchinoy» kopmpleksli normalaridan keyingina yengil atletik kupkurashning mahsus mashg`ulotlariga o`tadi. Kup kurash bilan shug`ullanish sportchilar organizmiga har tamonlama ta`sir ko`rsatish bilan, yengil atletikaning alohida turidan mahsus trenirovka qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Kupkurash natijasi sportchining kupkurash tarkibidagi har bir turda kursatgan natijasi uchun olgan ochkolar yig`indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |