27.4-jadval
To‘lov balansining tuzilishi
I. Joriy operatsiyalar hisobi
|
1. Tovar eksporti
|
2. Tovar importi
|
Tashqi savdo balansi qoldig‘i
|
Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va h.k. – kreditli xizmatlar)
|
Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. – kreditli xizmatlar)
|
5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)
|
6. Sof transfertlar
|
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i
|
II. Kapital harakati hisobi
|
7. Kapital kirishi
|
8. Kapital oqib chiqishi
|
Kapital harakati balansi qoldig‘i
|
Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig‘i
|
III. Rasmiy zahiralarning o‘zgarishi
|
Mamlakatning tashqi savdo balansi (to‘lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit- pul, valyuta, budjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi bilan), import («–» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni o‘z ichiga oladi. Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi muvozanat (tenglik) savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari zahiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «–» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valyutalari zahirasini qisqartiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha ifodalanadi:
-
X
|
– M
|
=
|
= Y –
|
(S+I+G)
|
eksport
|
import
|
|
sof eksport YaIM
|
absorbsiya
|
Absorbsiya – yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo‘lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.
KHB = AST – ChAS
Bu yerda KHB – kapital harakati balansi;
AST – aktivlarni sotishdan tushumlar;
ChAS – chetdan aktivlar sotib olishga sarflari.
Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zahiralarini ko`raytiradi, ularni sotib olish esa valyutalari zahiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
To‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zahiralarning asosiylari quyidagilar:
chet el valyutalari;
oltin;
mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo‘yicha operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zahiralar bo‘yicha operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zahiralar miqdorining o‘zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-chi?
Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi? Ularning tavsifini bering.
Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni taqqoslang.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda O‘zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |