2.
MS Word dasturi imkoniyatlari.
3.
Uskunalar paneli va u bilan ishlash.
4.
Hujjatda har hil shriftlar bilan ishlash.
5.
Wordda matndagi biror jumlani izlab topish va uni almashtirish.
6.
Wordda yozilgan hujjatning shriftini almashtirish.
7.
Wordda hujjatlarni birlashtirish.
8.
Tayyorlanayotgan hujjatning bir qismini boshqa shriftda yozish.
9.
Hujjat kurinishini markazlashtirib tayyorlash.
10.
Hujjatda uzbekcha harflarni ishlatish.
11.
Hujjatning biror qismini qirqib boshqa joyga qo’yish.
12.
Worddagi hujjatni tahrirlab qayta o’z joyiga saqlash.
13.
Hujjatni tagiga chizib yozish va bu amaldan voz kechish.
14.
Oynalarni ochish, yigish, yoyish va yopish.
15.
Wordda hujjatni tahrirlash.
Glossariy
Avtomatn
– matn kiritilayotganda ayrim so’z, ibora va jumlalarni bir necha
bor yozishga to’g’ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug’i
ularni qayta yozadi.
Avtomuharrir
– matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi.
Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to’g’irlash mumkin. Bu amal
avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
Asboblar paneli(lentalar)
- tugmalar majmuidan iborat bo’lgan panel. Bunda
tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga
ega.
Avtoformat
– mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul
– har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir
ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt
va hakozo bo’lishi mumkin.
Konteks menyusi
– “sichqoncha” ning o’ng tugmasi yordamida hosil
qilinadigan menyu. Tanlangan ob’ektga mos ravishda menyu ham o’zgarib turadi.
“Sichqoncha”
– hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo’lib,
odatda, 2 yoki 3 tugmali bo’ladi.
Fayl
- yagona yahlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dasturlar majmuasi.
Fayl o'z nomiga ega bo'lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy
elementi bo'lgan ob'ektdir.
Formatlash
– bu hujjat shaklini o’zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz,
ta’kidlanishi zarur bo’lgan so’z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash,
satrlar orasidagi masofalarni o’zgartirish mumkin.
Foydalanuvchi
faylni yaratishi, tahrirlashi, bir qurilmadan boshqasiga
jo'natishi va yo'q qilishi mumkin.
Har bir fayl atributlar va undagi ahborotdan iborat. Faylning atributlariga.
Birinchi navbatda uning ismi ahborot turi, yaratish kuni va vaqti, undan erkin
foydalanish usuli, uni ishlatishga ruhsat berish shartlari kiradi. Faylni kuzatib borish
muhim tushunchalardandir. U davriy zahira nushalarini yaratish va faylni
samaraliroq izlash imkonini beradigan tarzda tashkil qilishni nazarda tutadi. Matn,
grafik va tovush fayllari ajratiladi.
Format
- ahborot ob'ektining tuzilmasi. Format ma'lumotlarni turli
ob'ektlarda, ya'ni jadvallarda, Mvda, printerlarda, ma'lumotlar bloklarida joylashish
va ifodalanish usullarini belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar
va hokazolarning formatlarini ajratadilar, Kompyuter bilan bog'liq barcha
tushunchalar o'zining formatiga ega.
Formatlash
1. Hotira qurilmasini, odatda diskni yozishga va o'qishga
tayyorlash. Diskni formatlashda operacion tizim diskda joylashgan barcha ahborotni
o'chiradi, diskni hamma sohalarining ishonchliligini tekshiradi, yaroqsiz sohalarni
belgilaydi va manzillar jadvalini yaratadi. Bular keyinchalik diskdagi ahborotni
topish uchun ishlatiladi.
2. Tanlangan formatga monand bajarilayotgan harakat. Mahsus dasturlar
yordamida bajariladi. Masalan, matnni formatlash, uni saqlash, uzatish, choplash
yoki ekranga, yoki printerga chiqariladigan ko'rinishga keltirishdir. Bu jarayonga
sarlavhalar va hatboshlarini shakllantirish, qatorlarni o'ng tarafdan tekislash,
sahifalarga bo'lish kiradi.
Menyu
- foydalanuvchining chizma interfeysining qismi. Dasturning mumkin
bo'lgan harakatlari ro'yhati. Menyu qatori oynaning ustki qismida joylashgan. Ushbu
oynada menyu qatori - bu «Fayl», «Tahrir», «Ko'rinish», «Tanlangan», «Hizmat»,
«Ma'lumot». Matnbop menyu ta'lim ob'ektiga sichqonchaning o'ng tugmasi
bosilganda paydo bo'ladi. Har bir ob'ekt alohida amallar ro'yhatiga ega.
Hotira
- Ma'lumotlar joylashtirish, saqlanishi va olinishi mumkin
bo'lgan funkcional qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: