Falsafa
Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun
Ma`ruza va seminar mavzusi: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
№1. Manba - Falsafa. M.Ahmedova tahriri ostida. – T.: O`FMJ, 2006 1-bo`lim 1-bob, §1
1. Falsafa so`zining kelib chiqishi (etimologiyasi) qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
*A) Yunon tilidan olingan, «donolikni sevaman» ma`nosini bildiradi
B) Yunon tilidan olingan, «donolikni e`tirof etaman» ma`nosini bildiradi
C) Lotin tilidan olingan, «donolikni sevaman» ma`nosini bildiradi
D) Inglis tilidan olingan, «donolikni sevaman» ma`nosini bildiradi
2. Quyidagi mulohaza kimga tegishli: «Hayot oyinga o`xshaydi: ba`zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba`zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o`ch bo`lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»?
A) Aristotel`
*B) Pifagor
C) Demokrit
D) Platon
3. «Men» (sub`ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub`ektga nisbatan tashqarida bo`lgan dunyo) o`rtasidagi munosabat – bu:
A) Falsafaning asosiy masalasi
B) Psixologiyaning asosiy masalasi
*C) Dunyoqarashning asosiy masalasi
D) Axlokning asosiy masalasi
4. Tajriba – bu:
A) narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish
B) bilimlar haqiyqiyligini aniqlash
C) bilimlarning dunyo bilan aynanligi
*D) yakka, alohida narsalarni bilish
5. Fan – bu:
*A) narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish
B) bilimlar haqiyqiyligini aniqlash
C) bilimlarning dunyo bilan aynanligi
D) yakka, alohida narsalarni bilish
6. Mantiq fanining asoschisi – bu
*A) Aristotel`
B) Pifagor
C) Sokrat
D) Aristipp
7. Falsafa – bu:
A) nazariy dunyoqarash
B) mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarash
*C) ratsional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriyalar tizimi
D) dunyoqarashlar tizimi
8. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi nimada ifodalanadi: 1) falsafa fanining predmetining xususiyatida, 2) turli hodisa, voqea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta`rifi va tushuntirishda. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug`ullanmaydi. 3) falsafaning yakuniy nazariylashtirishi uning refleksiyaga – o`z-o`zini tahlil qilishga moyilligi, ya`ni o`z-o`zini bilishi, falsafiy fikrni o`ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi.
A) 1,2
B) 2,3
C) 1,3
*D) 1,2,3
9. Dunyoqarash - bu:
*A) insonni o`rab turgan dunyo va uning unda tutgan o`rniga nisbatan qarashlar majmuidir.
B)insonning o`z hayotiga bo`lgan qarashlari mazmuni
C) insonning jamiyat hayotiga va uning unda tutgan o`rniga nisbatan qarashlar majmuidir.
D) insonning tabiatga va uning unda tutgan o`rniga nisbatan qarashlar majmuidir.
10. Har qanday dunyoqarash tarkibi aks ettirilgan javobni ko`rsating.
A) kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy,falsafiy va ilmiy
B) maslak, aqida, din
*C) bilim, baholash, e`tiqod va aqidalar
D) bilim, baholash, din
11. Har qanday dunyoqarash shaklini aks ettirilgan javobni ko`rsating.
*A) kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy
B) bilim, baholash, e`tiqod va aqidalar
C) milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b, davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi
D) maslak, aqida, din
12. Hozirgi zamon falsafasi doirasidagi mustaqil sohalarni ko`rsating: 1) falsafa tarixi, 2) ontologiya, 3) gnoseologiya (epistemologiya), 4) aksiologiya, 5) falsafiy antropologiya, 6) ijtimoiy falsafa, 7) mantiq, 8) etika, 9)estetika.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 7, 8, 9
*D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
13. Barcha falsafiy muammolarni nechta asosiy guruhga taqsimlanadi va qanday savollar bilan ifodalanadi: 1. Dunyo nima? 2. Inson nima? 3. Dunyo bilan inson o`rtasidagi munosabatlar nimadan iborat? 4. Rivojlanish nima? 5. Insonning jamiyat bilan munosabatlari nimadan iborat?
A) 1, 2, 3, 5
B) 1,2, 4
*C) 1, 2, 3
D) 1, 2, 3, 4, 5
14. YAngi davrda gnoseologik muammoning ustuvor markaziy masalaga aylantirgan omilni ko`rsating.
A) O`rta asrlarda hukmronlik qilgan dunyoning ilohiy manzarasi o`rnini universum (dunyo)ni tabiiy-ilmiy yondoshib tushuntirish olganligi
*B) sanoat hamda tabiatshunoslikning gurkirab rivojlanishi
C) atomizm va mexanika ustuvorligi
D) Yangi davr chuqur ijtimoiy sifat o`zgarishlari
15. Dunyo ibtidosining tabiati to`g`risidagi masalaga munosabatidan kelib chiqib ajraladigan falsafiy yo`nalishlardi ko`rsating.
*A) Monizm, dualizm, plyuralizm
B) Izchil materializm, idealizm, deizm, panteizm
C) Empirizm, ratsionalizm, irratsionalizm
D) Gnostitsizm, agnostitsizm
16. Bilish usullariga ko`ra falsafiy yo`nalishlarni ko`rsating .
A) Monizm, dualizm, plyuralizm
B) Izchil materializm, idealizm, deizm, panteizm
*C) Empirizm, ratsionalizm, irratsionalizm
D) Gnostitsizm, agnostitsizm
17. Dunyoni bilish mumkinligi to`g`risidagi masalaga munosabatiga ko`ra falsafiy yo`nalishlarni ko`rsating
A) Monizm, dualizm, plyuralizm
B) Izchil materializm, idealizm, deizm, panteizm
C) Empirizm, ratsionalizm, irratsionalizm
*D) Gnostitsizm, agnostitsizm
18. Falsafaning bilish jarayonida asosiy qurollarini ko`rsating.
*A) abstraktsiya, intuitsiyadir, interpretatsiya
B) empirizm, ratsionalizm, irratsionalizm
C) analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya
D) modellashtirish, abstraktsiya
19. Falsafa funktsiyalarini ko`rsating:
*A) dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, bashoratlash, sintetik
B) dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, bashoratlash, bilish, tarbiyalash
C) dunyoqarash, metodologik, aksiologik, prakseologik
D) metodologik, aksiologik, bashoratlash, prakseologik
20. Texnika falsafasi, tazyiq o`tkazmaslik falsafasi, hayot falsafasi, modern va postmodern falsafasi, falsafiy germenevtika, falsafiy aksiologiya, falsafiy komparativistika, global etika, fanlar etikasi, konvergentsiya nazariyasi – bular:
A) falsafiy ta`limotlar
B) Yangi davr falsafasining asosiy yo`nalishlari
C) Yangi davr falsafasining asosiy muammolari
*D) falsafa va ijtimoiy-siyosiy fikrlashda yangi yo`nalishlar
21. Turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarash – bu:
A) traktat
B) rivoyat
*C) mif
D) nazariya
22. Dunyoqarashning tuzilishiga kirmaydigan elementni ko`rsating: 1) dunyoni sezish, 2) dunyoni idrok etish, 3) dunyoni tushunish. 4)dunyoni yaxshi ko`rish
A) 1
B) 2
C) 3
*D) 4
23. Odamlarning g`ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo`lgan e`tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o`ziga xos harakatlari – bu:
*A) diniy dunyoqarash
B) mifologik dunyoqarash
C) falsafiy dunyoqarash
D) ilmiy dunyoqarash
24. Dinning dunyoqarash sifatidagi qaysi funktsiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e`tibor, g`amxo`rlik o`rnini to`ldiradi, hayot ma`nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo`qligini sezdirmaydi, ya`ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o`rnini to`ldiradi?
A) dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi
*B) kompensatorlik funktsiyasi
C) tartibga solish funktsiyasi
D) kommunikativ funktsiyasi
25. Quyidagilarning qaysi biri diniy dunyoqarash shakllariga kirmaydi?
A) animizm, fetishizm, totemizm
B) magiya, animizm
*C) shovinizm, prozeletizm
D) shamanizm, magiya
26. Insonda bilishga qiziqish uyg`otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o`ziga ma`lum bilimlar va tajribaga, muayyan e`tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug`diradigan har qanday ob`ektiv va sub`ektiv borliq – bu:
A) Falsafaning maqsadi
B) Falsafaning ob`ekti
C) Falsafaning funktsiyalari
*D) Falsafaning predmeti
27. «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?», «Dunyoni bilish mumkinmi?» - bu:
*A) falsafaning asosiy masalasi
B) falsafaning predmeti
C) falsafaning tadqiqot ob`ekti
D) falsafaning vazifasi
28.Dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar – bular:
A) idealistlar
*B) materialistlar
C) skeptiklar
D) agnostiklar
29. Dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bo`lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi degan fikrni himoya qiluvchilar – bu:
A) materialistlar
B) skeptiklar
*C) idealistlar
D) agnostiklar
30. Insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u o`zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo`ladi, deb hisoblovchilar – bu:
A) materialistlar
B) idealistlar
C) agnostiklar
*D) optimistlar
31. Dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to`la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblovchilar–bu:
*A) agnostiklar
B) idealistlar
C) optimistlar
D) materialistlar
32. Amaliy falsafa qaysi davrda vujudga kelgan?
A) XVIII asrda
*B) XX asrda
C) XIX asrda
D) XXI asrda
33. Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki ... mahoratini o`rgatishga e`tabor qaratish muhim.
A) to`g`ri savol qoyish
B) to`g`ri javob berish
*C) to`g`ri fikr yuritish
D) to`g`ri bahs yuritish
34. Qaysi yo`nalish fan, texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi?
A) antistsientizm
B) relyativizm
C) gnostitsizm
*D) stsientizm
35. Qaysi yo`nalish falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e`lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.
*A) antistsientizm
B) stsientizm
C) relyativizm
D) gnostitsizm
36. Dunyoqarashning tarixiy shakllarini kursating: 1) mif, 2) axloq, 3) fan, 4) falsafa, 5) din
A) 1, 2
*B) 1, 4, 5
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 4, 5
37. Aqlni bilishning asosi deb biladigan metodologik tamoyil -
A) skeptitsizm
B) sensualizm
*C) ratsionalizm
D) relyativizm
38. Dunyo yoki moddiy, yoki ma`naviy bita asosga ega deb hisoblaydigan falsafiy ta`limot -
A) materializm
B) plyuralizm
C) dualizm
*D) monizm
39. Hajmi boyicha «falsafa» va «fan» tushunchalari aynan mi?
*A) qisman
B) ha
C) yo`q
D) tamomila boshqacha tushunchalar
40. Materialimz – bu:
A) butun dunyo, barcha narsalar va predmetlarning bir xil zarrachalardan – atomlar, molekulalardan iborat ekanligini e`tirof etish
*B) tabiatning, materiyaning birlamchi ekanligini va ideal asosning, ongning ikkilamchi ekanligini e`tirof etish
C) ideal asosning birlamchi va moddiylikni aniqlob beruvchi ekanligini e`tirof etish
D) g`oyalarning, fikrlarning real mavjudligini e`tirof etish
41. Idealizm – bu:
A) butun dunyo, barcha narsalar va predmetlarning bir xil zarrachalardan – atomlar, molekulalardan iborat ekanligini e`tirof etish
B) tabiatning, materiyaning birlamchi ekanligini va ideal asosning, ongning ikkilamchi ekanligini e`tirof etish
*C) ideal asosning birlamchi va moddiylikni aniqlob beruvchi ekanligini e`tirof etish
D) g`oyalarning, fikrlarning real mavjudligini e`tirof etish
42. Qarama-qarshilikning shakllanishi va echimini topishini rivojlanishning manbai hisoblovchi ta`limot – bu:
A) materializm
B) agnotstizm
C) metafizika
*D) dialektika
43. Materializmning vakili -
*A) Demokrit, Marks
B) Gegel`, Aristotel`
C) Platon, Berkli
D) Sokrat, YUm
44. Mif atamasi qanday ma`nolarni anglatadi?
A) San`at, voqea
*B) Rivoyat, afsona
C) Oyin, san`at
D) Afsona, urush
45. Miflar nimalar orqali ifodalanadi?
A) Mehnat, ov
B) Ertaklar, qo`shiqlar
*S) Rivoyat, ertaklar
D) Qo`shiq, kuy
46. Quyidagilarning qaysi biri dinning funktsiyasi emas?
A) Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi
V) Tartibga solish funktsiyasi
S) Kommunikativ funktsiyasi
*D) Farovonlik funktsiyasi
47.Fetishizm bu?
*A) U yoki bu mo``jizakor predmetning odamlar hayotida ta`sir ko`rsatishiga sig`inish
V) Odamlarga sig`inish
S) Ruxlar va tabiat kuchlariga sig`inish
D) Bulutlarga sig`inish
48. Magiya bu?
A) Hayvonlarga sig`inish
*B) Ilohiy kuchlarga sig`inish
C) Odamlarga sig`inish
D) Tabiatga sig`inish
49. Mexanistik materializm tarafdorlari kimlar?
A) Gegel`, Kant
B) Fixte, YUm
*C) Gol`bax, Lametri, P.Gassendi
D) Berkli, Bekon
50. Antik falsafaning asosiy savoli?
A) Hayot yashashga arziydimi?
B) Inson nima?
C) Xudoning borligini qanday asoslash mumkin?
*D) Dunyo nimadan yaratilgan?
51.Ekzistentsializm tarafdorlarining eng yirik vakillari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
*A) Kamyu, Sartr
B) Fixte, Gol`bax
C) Baxtin, Sartr
D) Kant, Gegel`
52. Falsafaning qaysi funktsiyasida “Haqiqat nima? Uning me`zonlari qanday?” degan savollar beriladi?
A) Dunyoqarash funktsiyasida
*B) Gnoseologik funktsiyada
C) Mifologik funktsiyasi
D) Integrativ funktsiyasi
53. Falsafaning qaysi funktsiyasi etakchi o`rinni egallaydi?
A) Gnoseologik funktsiyasi
B) Ontologik funktsiyasi
*C) Dunyoqarash funktsiyasi
D) Tarbiyaviy funktsiyasi
54. 2008 yil Seul shaxrida 22 Jahon falsafasi kongressi qanday umumiy nom ostida o`tdi?
A) Tarix falsafasini o`rganish
B) Falsafada yangi metodni yaratish
C) Falsafaning umumiy masalalari
*D) Hozirgi davrda falsafani qayta anglash
55. Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama komil insonni tarbiyalashni qanday atama bilan ifodalagan?
*A) Paydeyya
B) Animiya
C) Idealistlar
D) Sofistlar
56. Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang?
A) Fenomenologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
*B) Ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
C) Pragmatizm, pozitivizm, strukturalizm, etika, estetika, aksiologiya, fenomenologiya
D) Ontologiya, ma`naviyat asoslari, g`oyalar falsafasi, falsafa tarixi, antropologiya
57. XX asrda O`zbekistonda falsafiy fikrlarning rivojlanishi nimalar bilan bog`liq?
*A) to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston jamiyati: a) Chor Rossiyasi tarkibidagi, b) SSSR tarkibidagi va v) mustaqil O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog`liq.
B) to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston jamiyati: a) SSSR tarkibidagi va b) mustaqil O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog`liq.
C) Mustaqillikka erishgandan so`ng qadriyatlarning qayta tiklanishi bilan bog`liq
D) Ma`naviyat masalalarining davlat siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo`lganligi bilan
58. 1954-yilgacha O`zbekistonda faqat bitta falsafa kafedrasi mavjud bo`lgan. U qaysi oliy ta`lim muassasasida faoliyat yuritgan?
A) Samarqand davlat universitetida
*B) O`rta Osiyo (keyinchalik Toshkent) universitetida
C) O`zbekiston milliy universitetida
D) O`zSSR FA falsafa va huquq bo`limida
59. Qaysi yildan buyon O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlarida falsafa kafedralari tashqil topa boshladi
A) 1950 yil
B) 1954 yil
*C) 1955 yil
D) 1963 yil
60. Qaysi yilda Toshkent universiteti tarix fakul`tetida falsafa bo`limi ochildi?
A) 1950 yid
B) 1954 yil
C) 1955 yil
*D) 1963 yil
Manba: N.SHermuhammedova. Falsafa.
61. Inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi ...
*A) mahsuli
B) sababi
C) mexanizmi
D) oraliq natijasi
62. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash – bu:
A) nazariy dunyoqarash
*B) oddiy yoki empirik dunyoqarash
C) ilmiy dunyoqarash
D) nazariy va empirik dunyoqarash
63. Insonning o`zini qurshagan borliqqa va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e`tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo`ljallari – bu:
A) falsafa
B) qadriyatlar
*C) dunyoqarash
D) axloq
64. Dunyoqarash nima bilan bog`liq?
A) Insonda nutqning mavjudligi bilan bog`liq
B) Insonda shakllangan oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog`liq.
C) Insonda shakllangan ong mavjudligi bilan bog`liq.
*D) Insonda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog`liq.
65. Aql paydo bo`lishi bilan inson o`zini qanday mavjudot sifatida anglay boshlaydi?
*A) fikrlovchi mavjudot
B) o`quvli mavjudot
C) ijodkor mavjudot
D) faoliyat ko`rsatuvchi mavjudot
66. Dunyoqarash kaysi funktsiyani bajarmaydi?
A) bilish,
*B) idrok
C) qadriyatlarga munosabat
D) xulq-atvorni belgilash
67. Dunyoqarashning qaysi funktsiyasi insonda qiziqish uyg`otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo`l bilan topuvchi javoblarni o`z ichiga oladi?
A) xulq-atvorni belgilash
B) qadriyatlarga munosabat
*C) bilish
D) tushunish
68. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg`unlikda odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo`ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Bu qarashlar qanday nomlanadi?
A) mafkura
B) qadriyat
C) ishonch
*D) e`tiqod
69. Dunyoqarashning tuzilishiga kirmaydigan elementni ko`rsating:
*A) dunyoni yaratish
B) dunyoni sezish
C) dunyoni idrok etish
D) dunyoni tushunish
70. O`zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish – bu:
A) dunyoni yaratish
*B) dunyoni sezish
C) dunyoni idrok etish
D) dunyoni tushunish
71. Atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilish – bu:
A) dunyoni yaratish
B) dunyoni sezish
*C) dunyoni idrok etish
D) dunyoni tushunish
72. Insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o`zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyati – bu:
A) dunyoni yaratish
B) dunyoni sezish
C) dunyoni idrok etish
*D) dunyoni tushunish
73. Insoniyat tarixining ilk bosqichlarida odamlar xulq-atvori va o`zaro munosabatlarini tartibga solish funktsiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o`z ifodasini topgan. Bu:
*A) mif
B) din
C) urf-odat
D) an`ana
74. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo`lib, unda ... o`rin yo`qdir.
A) emotsiyalarga
*B) shubhaga
C) axloqiy qarashlarga
D) estetikaga
75. Inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat`iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e`tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo`lishi – bu:
A) Dinning ijtimoiy ildizlari
B) Dinning siyosiy ildizlari
*C) Dinning psixologik ildizlari
D) Dinning gnoseologik ildizlari
76. Oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o`z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo`lib tuyulishida namoyon bo`ladi – bu:
A) Dinning ijtimoiy ildizlari
B) Dinning siyosiy ildizlari
C) Dinning psixologik ildizlari
*D) Dinning gnoseologik ildizlari
77. Jamiyatda doimo mavjud bo`lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o`zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog`liq – bu:
*A) Dinning ijtimoiy ildizlari
B) Dinning siyosiy ildizlari
C) Dinning psixologik ildizlari
D) Dinning gnoseologik ildizlari
78. Odatda, turli siyosiy kuchlar dindan o`z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyatini qo`ldan boy bermaydilar va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo`llab-quvvatlaydilar, uning jamiyatdagi roli va ta`sirini kuchaytiradilar – bu:
A) Dinning ijtimoiy ildizlari
*B) Dinning siyosiy ildizlari
C) Dinning psixologik ildizlari
D) Dinning gnoseologik ildizlari
79. U yoki bu predmetni mo`jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta`sir ko`rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig`inish va topinish ob`ektiga aylanadi -
A) totemizm
B) magiya
*C) fetishizm
D) animizm
80. Nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham goyo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish – bu:.
A) totemizm
B) magiya
C) fetishizm
*D) animizm
81. Uning negizini muayyan odamlar guruhining sig`inish ob`ekti sanalgan ajdod deb e`lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o`simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo`lgan ishonch tashkil etadi – bu:
*A) totemizm
B) magiya
C) fetishizm
D) animizm
82. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo`lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o`ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g`ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta`sir ko`rsatish mumkinligiga bo`lgan ishonch. Bu:
A) totemizm
*B) magiya
C) fetishizm
D) animizm
83. Falsafa dunyoni nimaga tayangan holda tushuntiradi?
A) ishonch va e`tiqodga
B) e`tiqod va tuyg`ularga
*C) akl va bilimga
D) axloq va nafosatga
84. Nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi -
A) ijtimoiy falsafa
B) antropologiya
C) tarix falsafasi
*D) falsafa tarixi
85. Falsafaning qaysi sohasi eng yangi soha hisoblanadi?
*A) globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi
B) tarix falsafasi
C) tabiat falsafasi
D) ontologiya
86. Falsafaning qaysi sohasi eng eski soha hisoblanadi?
A) globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi
B) tarix falsafasi
C) tabiat falsafasi
*D) ontologiya
87. Qaysi yo`nalish qandaydir nomoddiy va inson ongiga bog`liq bo`lmagan (ya`ni ob`ektiv mavjud bo`lgan) narsalar va hodisalarni (Xudo, dunyoviy aql, g`oya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb e`tirof etadi?
*A) ob`ektiv idealizm
B) sub`ektiv idealizm
C) materializm
D) volyuntarizm
88. Qaysi yo`nlishda dunyo faqat individual (sub`ektiv) ong nuqtai nazaridan qaralgan holda talqin qilinadi?
A) ob`ektiv idealizm
*B) sub`ektiv idealizm
C) materializm
D) volyuntarizm
89. Sodda materializm vakillarini ko`rsating:
A) L.Feyerbax
B) K.Marks, F.Engel`s
*C) Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur
D) P.Gol`bax, P.Gassendi, J.Lametri
90. Mexanistik materializm vakillarini ko`rsating:
A) L.Feyerbax
B) K.Marks, F.Engel`s
C) Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur
*D) P.Gol`bax, P.Gassendi, J.Lametri
91. Antropologik materializm vakillarini ko`rsating:
*A) L.Feyerbax
B) K.Marks, F.Engel`s
C) Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur
D) P.Gol`bax, P.Gassendi, J.Lametri
92. Dialektik materializm vakillarini ko`rsating
A) L.Feyerbax
*B) K.Marks, F.Engel`s
C) Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur
D) P.Gol`bax, P.Gassendi, J.Lametri
93. Qaysi davr faylasuflari uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan yaratilgan?», degan savol bilan bog`langan?
A) YAngi davrda I.Kant yondoshuvida
B)Ekzistentsializm falsafasida
*C) Ilk antik faylasuflar
D) O`rta asrlar sxolastikasi
94. Qaysi davr falsafasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha ta`riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?»
A) YAngi davrda I.Kant yondoshuvida
B)Ekzistentsializm falsafasida
C) Ilk antik faylasuflar
*D) O`rta asrlar sxolastikasi
95. Qaysi ta`limot «Inson nima?» degan savolni mohiyat e`tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi?
*A) YAngi davrda I.Kant yondoshuvida
B)Ekzistentsializm falsafasida
C) Ilk antik faylasuflar
D) O`rta asrlar sxolastikasi
96. Qaysi falsafiy ta`limotda har bir individ o`zi uchun o`zi hal qilishi lozim bo`lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida e`tirof etiladi?
A) YAngi davrda I.Kant yondoshuvida
*B)Ekzistentsializm falsafasida
C) Ilk antik faylasuflar
D) O`rta asrlar sxolastikasi
97. Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda nimani o`rgatishga e`tibor qaratish muhimdir?
A) ishontirish mahoratini
B) to`g`ri xulosa chiqarish
*C) to`g`ri fikr yuritish mahoratini
D) axloqiy qadriyatlarni to`g`ri anglashni
98. Amaliy falsafa qaysi davrda payda bo`ldi?
A) XVIII asrda
B) XIX asrda
*C) XX asrda
D) XXI asrda
99. Quyida nimaga ta`rif berilgan: «bu butun inson faoliyati jabhasi bo`lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob`ektiv bilimlarni o`rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir»?
A) gnoseologiya
B) ontologiya
C) falsafa
*D) fan
100. XVII asr oxirida yaratilgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarining muallifi kim?
A) Kopernik
B) Galileo Galiley
C) Leybnits
*D) Nyuton
101. Pifagor hayotni nima bilan qiyoslagan?
*A) oyin
B) musobaqa
C) savdo
D) bilim
102. Pifagorning fikricha, faylasuflar faqat uning uchungina dunyoga keladi. U nima?
A) shon-shuhrat
*B) haqiqat
C) boylik
D) bilim
103. Haqiqatni ongli izlash qaysi fandan boshlangan?
A) fizika
B) tibbiyot
*C) falsafa
D) mantiq
104. Aristotel` talqinida falsafa qanday fan?
A) «mutlaq borliq to`g`risidagi oliy fan»
B) «to`g`ri fikrlash orqali erishilgan bilim»
C) «umummajburiy qadriyatlar to`g`risidagi fan»
*D) «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to`g`risidagi fan»
105. Ibn Sino talqinida falsafa qanday fan?
*A) «mutlaq borliq to`g`risidagi oliy fan»
B) «to`g`ri fikrlash orqali erishilgan bilim»
C) «umummajburiy qadriyatlar to`g`risidagi fan»
D) «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to`g`risidagi fan»
106. T.Gobbs talqinida falsafa qanday fan?
A) «mutlaq borliq to`g`risidagi oliy fan»
*B) «to`g`ri fikrlash orqali erishilgan bilim»
C) «umummajburiy qadriyatlar to`g`risidagi fan»
D) «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to`g`risidagi fan»
107. V.Vindel`band talqinida falsafa qanday fan?
A) «mutlaq borliq to`g`risidagi oliy fan»
B) «to`g`ri fikrlash orqali erishilgan bilim»
*C) «umummajburiy qadriyatlar to`g`risidagi fan»
D) «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to`g`risidagi fan»
108. «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini muallifi, o`rta asr ilohiyotchisi – bu:
A) Navoiy
B) Platon
C) T.Gobbs
*D) G`azzoliy
109. Falsafaning mavzusi -
*A) «dunyo - inson» tizimidir
B) «ong - borliq» tizimi
C) «inson - jamiyat» tizimi
D) «inson - inson» tizimi
110. Dunyoqarash qanday turlarda bo`lishi mumkin: 1) shaxs dunyoqarashi, 2) ijtimoiy guruh dunyoqarashi, 3) davlat dunyoqarashi, 4) davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi
A) 1, 2, 3
*B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 3, 4
D) 1, 3, 4
111. YAkka, alohida narsalarni bilish – bul:
A) gnoseologiya
B) mantiq
*C) tajriba
D) fan
112. Narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish – bu:
A) gnoseologiya
B) mantiq
C) tajriba
*D) fan
113. Qaysi bilim yoki hayot sohasi falsafa mavzusi bo`lmaydi?
*A) bunday bilim yoki hayot sohasi mavjud emas
B) aniq fanlar sohasi
C) inson hayotining jismoniy asoslari
D) jamiyat hayotining iqtisodiy asosi
114. Tamoyillar tizimi va tashkil topish usullari, bilish va amaliy faoliyat tuzilishi, shuningdek ushbu tizim to`g`risidagi ta`limot – bu:
A) gnoseologiya
*B) metodologiya
C) bilish nazariyasi
D) epistemologiya
115. Falsafiy bilimlarning muayyan-tarixiy tabiatini va uning madaniy-ma`rifiy jihatdan bog`liqligini haqida fikr yuritmagan faylasuflarni ko`rsating:
A) G.V.F.Gegel`, K.Marks, O.SHpengler, B.Rassel, K.YUng
B) R.Tagor, R.Raju
*C) Sokrat, Platon, Aristotel`
D) M.Iqbol, M.SHarif, S.Nasr
116. Falsafa muayyan davr mohiyati va asosiy yo`nalish(tendentsiya)larini qanday shaklda ifodalaydi?
A) alohiyada, mohiyat va hodisa birligi shaklida
B) xususiy, aniq shaklda
C) empirik, muayyan shaklda
*D) nazariy, umumlashgan shaklda
117. Kim falsafani g`oyalarda tushunilgan davr deb ta`riflagan?
*A) Gegel`
B) Navoiy
C) Aristotel`
D) K.Marks
118. Falsafaning aksiologik vazifasiga doir savolni toping:
A) «Dunyo mohiyatan qanday?»
*B) «Mavjud dunyo mukammalmi?», «Bu dunyo qanday bo`lishi kerak?»
C) «Men hech narsani bilmasligimni bilaman»
D) «bo`lishi mumkin bo`lgan dunyolar»ni loyihalash
119. Falsafaning tanqidiy vazifasiga doir savolni toping:
A) «Dunyo mohiyatan qanday?»
B) «Mavjud dunyo mukammalmi?», «Bu dunyo qanday bo`lishi kerak?»
*C) «Men hech narsani bilmasligimni bilaman»
D) «bo`lishi mumkin bo`lgan dunyolar»ni loyihalash
120. Falsafaning bashorat qilish vazifasiga doir savolni toping:
A) «Dunyo mohiyatan qanday?»
B) «Mavjud dunyo mukammalmi?», «Bu dunyo qanday bo`lishi kerak?»
C) «Men hech narsani bilmasligimni bilaman»
*D) «bo`lishi mumkin bo`lgan dunyolar»ni loyihalash
121. G`oyalar, qarashlar, nazariyalar va ideallar tizimi va majmui – bu:
*A) mafkura
B) siyosat
C) nazariya
D) qadriyat
122. Mafkura nima bilan bog`liq?
A) sinflar manfaati
*B) ijtimoiy guruhlar manfaati
C) davlat tabiati
D) ijtimoiy guruhlarning tuzilishi
123. Qaysi davr falsafasi burjuaziya va yangi tarixiy davr mafkurasi bo`ldi?
A) Antik davr falsafasi
B) O`rta asrlar falsafasi
*C) YAngi davr falsafasi
D) Eng yangi davr falsafasi
124. Falsafada «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga qanday munosabatlar kiradi: 1) ontologik, 2) gnoseologik, 3) aksiologik, 4) prakseologik?
A) 1, 2
B) 1, 2, 3
C) 2, 3, 4
*D) 1, 2, 3, 4
125. Ijtimoiy ongning o`ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash
turidir. Bunda insonning dunyoga bo`lgan universal munosabatlari
aks etadi va inson madaniyati yutuqlari sintezlanadi. Bu:
*A) falsafa
B) fan
C) din
D) mafkura
126. «Fizika, metafizikadan qo`rq!» iborasini kim aytgan edi?
A) Kepler
*B) Nyuton
C) Aristotel`
D) Faradey
127. Borliq to`g`risidagi ta`limot – bu:
A) gnoseologiya
B) aksiologiya
*C) ontologiya
D) prakseologiya
128. Faoliyat to`g`risidagi ta`limot – bu:
A) gnoseologiya
B) aksiologiya
C) ontologiya
*D) prakseologiya
129. Bilish to`g`risidagi ta`limot – bu:
*A) gnoseologiya
B) aksiologiya
C) ontologiya
D) prakseologiya
130. Qadriyatlar to`g`risidagi ta`limot – bu:
A) gnoseologiya
*B) aksiologiya
C) ontologiya
D) prakseologiya
131. Tafakkur qonunlari va shakllari to`g`risidagi ta`limot – bu:
A) estetika
B) epistemologiya
*C) logika
D) etika
132. Axloq to`g`risidagi ta`limot – bu:
A) estetika
B) epistemologiya
C) logika
*D) etika
133. Go`zallik to`g`risidagi ta`limot – bu:
*A) estetika
B) epistemologiya
C) logika
D) etika
134. Falsafiy muammolar qanday ikki xususiyatga ega?
A) shaxsiy va ijtimoiy
*B) tarixiylik va «abadiy»lik
C) xususiy va umumiy
D) tarixiylik va ijtimoiylik
135. Qaysi davr falsafasida asosiy muammo ontologik shaklga ega bo`lgan?
A) Antik va YAngi davrlarda
B) O`rta asrlarda va YAngi darda
*C) Antik dav rva O`rta asrlarda
D) YAngi davrda
136. Qaysi davr falsafasida asosiy muammo gnoseologik shaklga ega bo`lgan?
A) Antik va YAngi davrlarda
B) O`rta asrlarda va YAngi darda
C) Antik davr va O`rta asrlarda
*D) YAngi davrda
137. XIX-XXI asrlarda falsafiy muammolar qanday shaklda namoyon bo`ldi?
*A) aksiologik va prakseologik shakllarda
B) aksiologik va ontologik shakllarda
C) prakseologik va gnoseologik shakllarda
D) ontologik va gnoseologik shakllarda
138. «Dunyo-inson» muammosining aksiologik jihatini ko`rsating:
A) «Dunyo nimaga asoslangan?»
*B) «Mavjud dunyo mukammalmi?»
C) «Dunyoni amaliy o`zgartirish mumkinmi va qanday qilib?»
D) «Dunyoni bilish mumkinmi va qanday qilib?
139. «Dunyo-inson» muammosining prakseologik jihatini ko`rsating:
A) «Dunyo nimaga asoslangan?»
B) «Mavjud dunyo mukammalmi?»
*C) «Dunyoni amaliy o`zgartirish mumkinmi va qanday qilib?»
D) «Dunyoni bilish mumkinmi va qanday qilib?
140. «Dunyo-inson» muammosining gnoseologik jihatini ko`rsating:
A) «Dunyo nimaga asoslangan?»
B) «Mavjud dunyo mukammalmi?»
C) «Dunyoni amaliy o`zgartirish mumkinmi va qanday qilib?»
*D) «Dunyoni bilish mumkinmi va qanday qilib?
141. «Dunyo-inson» muammosining ontologik jihatini ko`rsating:
*A) «Dunyo nimaga asoslangan?»
B) «Mavjud dunyo mukammalmi?»
C) «Dunyoni amaliy o`zgartirish mumkinmi va qanday qilib?»
D) «Dunyoni bilish mumkinmi va qanday qilib?
142. Qaysi usul falsafiy mushohida usuli emas?
A) fikriy eksperiment
*B) kuzatish
C) ekstrapolyatsiya
D) idealizatsiya
143. Interpretatsiya nima?
A) kuzatish
B) aniqlash
*C) talqin, sharhlash
D) tavsiflash
144. Qaysi davr evropa falsafasi mexanistik shaklga ega bo`ldi?
A) XVI-XVII asrlar
B) XVII asr
C) XVIII asr
*D) XVII-XVIII asrlar
145. Falsafadan farqli o`laroq din nimaga asoslanadi?
*A) e`tiqodga
B) mantiqiy ratsional asosga
C) xudoga
D) bilimga
146. Dindan farqli o`laroq falsafa nimaga asoslanadi?
A) e`tiqodga
*B) mantiqiy ratsional asosga
C) xudoga
D) bilimga
147. Diniy g`oyalarga asoslangan falsafiy yo`nalishlarni ko`rsating:
A)monizm, dualizm, plyuralizm
B) agnostitsizm, skeptitsizm, optimizm
*C) tomizm, netomizm, tasavvuf, teyyardizm
D) peripatetizm, sofistika, dialektika
148. Falsafanining vujudga kelish sabablariga nima kirmaydi?
A) aqliy va jismoniy mehnatning bo`linishi
B) davlatchilikning paydo bo`lishi, ijtimoiy tabaqalanish
C) ishlab chiqarishning murakkab turlarining vujudga kelishi, fanlarning yuzaga kelishi,
*D) globallashuv jarayonlari
149. Kaysi davrda falsafaga cherkov va din kuchli ta`sir o`tkazgan?
*A) O`rta asrlarda
B) YAngi davrda
C) Oyg`onish davrida
D) Temuriylar davrida
150. Qaysi davrda falsafaga tabiiy fanlar va sanoatning rivojlanishi kuchli ta`sir o`tkazgan?
A) O`rta asrlarda
*B) YAngi davrda
C) Oyg`onish davrida
D) Temuriylar davrida
Do'stlaringiz bilan baham: |