4.Bino va inshootlarni aniq va to‘g‘ri barpo etishning geodezik ta’minoti Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik ta’minot bo‘lishini talab qiladi. Ko‘p qavatli yig‘ma va monolit binolar konstruksiyalarini barpo etish aniqlik va to‘g‘ri o‘rnatilishiga yuqori talablar bilan xarakterlanadi. O‘rnatilgan qo‘yim(dopusk)larga amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar yig‘ilishi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, ayrim elementlarni va umuman binoning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini va to‘rg‘unligini kamayishiga olib keladi.
Binoni aniq barpo etishning asosi kompleks geodezik rejalashtirish ishlari bo‘lib, ularning bir qismi tayyorlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi bevosita binoni barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi:
binoda o‘qlari biriktirilgan va bu o‘qlarni qavatlarga ko‘chirish imkoni bo‘lgan geodezik rejalashtirish planini yaratish ;
har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo yopmalarida oraliq va yordamchi o‘qlarni rejalashtirish;
elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o‘rnatuvchi chiziqlarni belgilash;
Binoning poydevorlarini cho‘kishi va karkasning deformatsiyasini sistematik nazorat qilish majburiydir.
Binoning yer ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar sokol va yerto‘la yopmasida o‘qlar o‘rni belgilanadi. Har bir bosh o‘q binoga qo‘yidagi tartibda ko‘chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida binoning o‘qi mahkamlangan shtir ustida joylashgan holda o‘rnatilib, binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan shunga uxshash belgiga stvor o‘qi bo‘ylab yunaltiriladi, keyin binoning sokol paneliga yunaltirilib unda stvor o‘qi belgilanadi. Xuddi shuningdek boshqa bosh o‘qlar ko‘chiriladi.Odatda o‘qlarning kerakli belgilari binoning sokoliga va qavatlararo yopmasiga bo‘yoq yordamida chiziladi, bundan tashqari qushimcha ravishda o‘qlarning uzaro kesishish joylari ham belgilanadi. Har bir o‘q binoga maydonning ikki joyida mahkamlangan o‘q nuqtalaridan ikki marta ko‘chiriladi. Loyihadagi va amaldagi o‘qlar orasidagi masofa va burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan qiymatlardan farq qilmasligi kerak. Ikki bo‘ylama o‘qlar orasidag farq ±3 mm, yonma-yon ko‘ndalang o‘qlar orasidagi farq ±1 mm bo‘lishi mumkin.
Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda asosiy o‘qlarni boshlang‘ich gorizontdan montaj qilinadigan qavatga ko‘chirish yotiq yoki vertikal proeksiyalash usuli bilan amalga oshiriladi. Yotiq proeksiyalashda teodolit ko‘chiriladigan asosiy yoki yordamchi o‘qni chizig‘ida o‘rnatiladi. Binoning sokolida o‘qni holati mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. Kuchiriladigan o‘qni orayopmaga proeksiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon (ko‘p hollarda − shoqulli uchoyoq) o‘rnatiladi, o‘qni holati orayopmaga ko‘chiriladi va belgichiziq bilan belgilanadi (5.1-rasm).
5.1-rasm. Belgini montaj gorizontiga ko‘chirish sxemasi:
1 – qurilish reperi; 2, 8 – reykalar; 3, 7 – nivelirlar; 4 – ruletkaga o‘rnatilgan qushimcha yuk; 5 – ruletka; 6 – kronshteyn; 9 – ishchi reper; a va b – nivelir bo‘yicha sanoqlar
Vertikal proeksiyalash usuli yuqori qavatli (16 qavatdan yuqori) yoki qurilishni tor sharoitlarida qo‘llaniladi. Uning uchun vertikal proeksiyalashni maxsus priborlari ishlatiladi. O‘qlarni qavatlarga ko‘chiriladigan tayanch nuqtalari kolonna yoki panellar qatorining o‘qlarida emas, parallel siljitilgan bo‘ylama va ko‘ndalang chiziqlarda joylashtiriladi.
Ko‘chiriladigan asosiy o‘qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Yirik panelli binolar uchun qamrovlar chegarasidagi ko‘ndalang o‘qlar va bir chetki bo‘ylama o‘q ko‘chiriladi. Karkasli binolarda hamma bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar ko‘chiriladi.
Har bir qavatda montaj gorizonti nivelir yordamida aniqlanadi. Karkasli binolarda kolonna bosh qismini tayanch yuzasi, kran osti to‘sinlari o‘rnatiladigan konsollar, yirik panelli va monolit binolarda – ichki va tashqi devor panellari o‘rnatiladigan yerdagi panellar va qavatlararo yopmalarni yuzalari nivelirlanadi.
Montaj gorizonti sifatida eng baland no‘qtani raqamiy belgisi olinadi.Montaj gorizonti sathi mayaklar yordamida tayyorlanadi.
Montaj gorizonti qo‘yidagi tartibda aniqlanadi. Panel (kolonna, bloklar) o‘rnatilish joylari belgilangandan so‘ng mel yoki rangli qalam bilan mayaklar o‘rni belgilanadi (kolonnalar uchun – nivelir reykasini o‘rnatilish joyi). Keyin nivelir qamrov tashqarisiga o‘rnatilib mayaklar uchun belgilangan joylar nivelirlanadi va reykadagi sanoqlar yoziladi. Aniqlangan eng baland nuqta va montaj chokini minimal qalinligini e’tiborga olgan holda montaj gorizontini amaldagi sathini raqami aniqlanadi.
Uzunligi 100 m dan kam bo‘lgan binolarda bitta montaj gorizonti, bundan ham uzun bo‘lganda umumiy gorizont sifatida deformatsion choklar orasidagi uchastka qabul qilinadi.
Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo‘lgan ustunlarni, kran osti to‘sinlarini va stropila fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik nazorati reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi. Yanada uzunroq kolonnalarni vertikalligi bir-biriga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda joylashgan ikkita teodolit yordamida yuqori o‘q chizig‘i kolonnani pastki qismiga proeksiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna pastki qismini o‘rnatishda rejalashtirish o‘qlaridagi chiziqlarga yoki montaj qilingan pastdagi kolonnalarning o‘qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini vertikalligi tekshirilgandan so‘ng rigel, to‘sin va fermalarga tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi ularning konsoli va ko‘ndalang yuza qismi nivelirlanadi. Kolonnalarni montaji va nivelirlashlari tugagandan so‘ng rigel , to‘sin va fermalar o‘rnatiladigan yuzalardagi belgilarni o‘rni aniqlanadi. Nivelirlashni bajarishni soddaroq yo‘li qo‘yidagicha. Montaj qilishdan oldin yerda turgan kolonnani baland qismidan yoki konsolidan pastki qismiga qarab butun songa teng o‘lchov o‘lchanadi va shu sathda bo‘yoq bilan gorizontal chiziq chizilib belgilanadi, undan kolonnani pastki qismiga qadar bo‘lgan masofa 1.5 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kolonnalar o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng nivelirlashni shu pastki gorizont bo‘yicha olib borish mumkin.
Montaj ishlarini har bir bosqichida montaj qilingan konstruksiyalarni rejalash o‘qlariga nisbatan holatini hujjatli qayd qiladigan geodezik ijro etish sxemasi bajariladi. Bu yig‘ilib qolgan xatolarni e’tiborga olishni va yuqori qavatlar konstruksiyalari montajini holatini korrektirovka qilish imkonini beradi.
Geodezik ishlarda keng doiradagi asboblar qo‘llaniladi – lazer-teodolitlar, lazer-nivelirlar, vertikal proeksiyalash asboblari, uzoqlik o‘lchagich(dalnomer)lar. Ko‘p qavatli binolarni montajining rejalashtirish ishlarida pazer sistemalarini qo‘llanilishini prinsipi shundan iboratkim sokol qavatini balandligi baravarligida maxsus qaytargichni va shunga uxshash qaytargichlar lazer nuri harakati yo‘nalishida joylashtiriladi, hamda binoning bo‘ylama o‘qiga parallel –lazer-teodolit joylashtiriladi. Lazer nuri pastki qaytargichga tushib, undan tug‘ri burchak ostida yuqori qaytargichga o‘tadi, keyin montaj qilingan elementlar, masalan kolonnada o‘rnatilgan qabul qiluvchi apparaturaga yo‘naladi. Kolonnalar maxsus qaytargichlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular nurning og‘ishiga qarab elementlarning aniq o‘rnatilganligini nazorat qilishga imkon beradi.
Lazer texnikasini qo‘llanilishi montaj ishlari sifatini nazorat qilishni jiddiy ravishda soddalashtiradi. Lazer nuri bilan proeksiyalashning masofaga bog‘liq emasligi, mavjud geodezik asboblarga nisbatan yanada aniqroq natija olishga imkon beradi.
Nazorat savollari:
1.Muhandislik–geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini yaratish.
2.Maydonni tozalash va tekislash
3.Er usti va yer osti grunt suvlarini qaytarish.
4.Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash.
5.Bino va inshootlarni aniq va to‘g‘ri barpo etishning geodezik ta’minoti