Macromedia Flash quyidagi imkoniyatlarga ega:
Yaratilayotgan faylning hajmi kichikligi va Flash dasturining tarmoqdan tez
yuklanuvchanligi. Flash da vektorli format qo„llanganligi sababli, unda fayllar siqiladi va shuning
uchun fayl hajmi kamayadi;
Brauzerlar orasidagi bog„liqlik, ya‟ni Flash IE, NN lar bilan birga ishlaydi;
Boshqaruv tilining qudratliligi. Micromedia Flashda maxsus dasturlash tili ishlatilinib,
bunda bajaruvchi o„z sahifasi uchun qulay imkoniyatlardan foydalanishi mumkin, ya‟ni massivlar,
takrorlanish, formulalar va shartlardan to„liq foydalanish mumkin;
Go„zalligi. Flashda oddiy shar yoki ixtiyoriy shakl ham juda chiroyli ranglar bilan
tasvirlanishi mumkin.
Qulayliligi. Flashdan oddiy rasm chizishni bilgan har qanday o„quvchi foydalanishi
mumkin;
Bajaruvchilarning ko„pligi. Agar foydalanuvchiga grafikli, tovushli va kichik hajmli fayllar
kerak bo„lsa, unda Flashning tengi yo„q. Flash dasturi Windows XP/Vista/7/8 lar uchun ishlaydi.
Flash interfeysi juda qulay va oson. Macromedia kompaniyasi tomonidan Flashning bir
qancha versiyalari yaratildi. Macromedia kompaniyasi Flashni yanada takomillashtirib uning
yangi imkoniyatlarini yaratib berishmoqda.
Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar (quyida kalit so„zlar orqali
keltiriladi) bilan tanishishimiz zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animasion klip,
aktiv tugma, sahna, kadr, boshqaruv kadr, vaqt-chizg„ichi va qatlam.
1-rasm. Macromedia Flash dasturi oynasi.
1.2. Vaqt diagrammasi
Ish sohasini yuqori qismida vaqt diagrammasi (Timeline) paneli joylashgan. Ish stoli kabi
vaqt diagrammasi ham filmning konkret bir sahnasiga tegishli bo„ladi. Vaqt diagrammasi
sahnadagi qatlamlar joylashuv tartibi, obyektlar holatini o„zgarish ketma-ketligi, va boshqa
amallarni bajarish uchun mo„ljallangan. Vaqt diagrammasi animatsiyani yaratishda va filmni
interaktiv elementlarini holatini tavsiflashda asosiy ish quroldir.
Vaqt diagrammasi paneli juda murakkab strukturaga ega va juda ko„p boshqaruv
elementlarini o„z ichiga oladi. Bundan tashqari, vaqt diagrammasiin tashki ko„rinishi o„rnatilgan
parametrlarga qarab juda keng diapazonda o„zgarishi mumkin. Shunday bo„lsa ham, vaqt
diagrammasidan foydalanish bilimlari Flash bilan ishlash samarasini oshiradi
Bu bo„limda biz vaqt diagrammasi paneliin faqat asosiy komponentlarini ko„rib o„tamiz.
Keyingi bo„limlarda diagramma bilan bog„liq savollar aniklashtiriladi va konkretlashtiriladi.
Shunday qilib, umumiy holda vaqt diagrammasi panelida quyidagi elementlar namoyon
bo„lishi mumkin (2-rasm):
filmni ayni vatdagi sahnasining qatlamlarini ta‟rifi; bu ta‟rif o„ziga xos bir nechta
ustunchalardan iborat jadval ko„rinishida bo„ladi, bu ustunchalarda qatlamlar nomi va ularni
atributlari ko„rsatiladi; vaqt diagrammasini bu qismi «Animatsiyalar yaratish» bo„limda ko„rib
o„tiladi.
kadrlar shkalasidan iborat vaqt diagrammasi, «o„qish kallagi» va sahnani har bir qavati
uchun vaqt diagrammasi;
vaqt diagrammasida kadrlar namoyish etish formatini tanlash menyusi;
vaqt diagrammasi oynasini holat satri, bu satrda filmni bir necha parametrlari to„g„risidagi
ma‟lumot va ish stolidagi animatsiya kadrlarini boshqarish tugmalari bo„ladi.
Vaqt diagrammasini elementlarini ko„rib chiqamiz:
Ushbu sohaning chap tomonda qatlamlar sohasi, o„ng tomonida esa shu qatlamlardagi
kadrlar sohalari joylashgan.
Alohida qatlamni vaqt diagramasi kadrlar ketma- ketliigini grafik tasviri ko„rinishda bo„ladi.
Vaqt diagrammasida kadrlar tasviridan juda ko„p ma‟lumot olish mumkin. Masalan, kadrlar
tasviridan qaysi qatlamga animatsiyani qay usuli qo„lanilaganligini bilish mumkin. Quyida
qatlamning (aniqrogi, unda joylashgan obyektlarning) vaqt diagramasini turli formatlari qisqacha
xarakteristikasi keltirilgan.
NECHTADIRNI NECHINCHISIDIR
Do'stlaringiz bilan baham: |