Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja



Download 273,01 Kb.
bet122/153
Sana31.12.2021
Hajmi273,01 Kb.
#261034
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153
Bog'liq
diyoraniki

2D- animatsiya 3D-animatsiya

Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan foydalanishga

asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik formatlardan bo„lmasada, SWF

formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar

va natijani Web- brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash

texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya‟ni bu format

barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli

kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan

tasvirlar nafaqat animatsiyali bo„lishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda

dasturlash orqali boshqarilishi mumkin.

Flash texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya dasturlar yaratish

imkoniyati ko„pchilik Web-dizaynerlar o„rtasidagi bahslarga sabab bo„lib, uni mashhurligini

oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda

Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-brouzerlari, Internet Explorer va Netscape

Communicatorlar uchun elementlar Plug-In yaratildi.

Bu esa, o„z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib

keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar yaratuvchilari swf formatini o„z dasturlarini asosiy formatlar

bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik dasturiy ta‟minot yaratuvchilar (masalan,

Adobe firmasi) ham qo„llay boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay

uskunalar bilan ta‟minlaganligi bu formatdan ko„p muxlislarning foydalanishiga olib keldi. Shuni

aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to„liq to„plamlari ham mavjud. Ushbu

uskunalarni bir turi Macromedia Director Shockwave Studio - multimediya taqdimotlarni yaratish,

Macromedia FreeHand va Macromedia Fireworks - grafik tasvirlar muharriri,

Macromedia Authorware va Macromedia CourseBuilder - interfaol o„rgatuvchi kurslarni

yaratish muharriri va boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng

ko„p ishlatiladigani bu Macromedia Flash dasturidir, chunki ushbu dastur ixtiyoriy Web-sahifaga

mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish imkonini beardi. Balki

shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash deb atalish odatga kirib kolgan.

Flash texnologiyalar tarkibining elementlari:

· vektorli grafika;

· animatsiyani bir qancha usullarda ishlash;

· interfeysda interfaol elementlarini yaratish;

· sinxron ovoz qo„shish;

· HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha formatlarga o„tkazishni

ta‟minlash;

· mustaqil platformali;

· Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko„rish imkoniyati

mavjud;


· vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko„plab murakkab amallardan

xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik asnektlarni o„rganishni talab etmaydi.

Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi o„rinlardan birini rastrli grafika egallaydi.

Rastrli formatlardan GIF (Graphics Interchange Format - ma‟lumotlar almashuvi uchun grafik

format), JPEG (Join Photographic Experts Group – tasvir bo„yicha mutaxassislar birlashgan

guruhi) va PNG (Portable Network Graphics- ko„chirma grafik format) va boshqa formatlarni

keltirish mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar – inglizca

pixels) dan iborat bo„ladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bog„liq bo„lmaganligi uchun ushbu nuqtalarni

har birga rangi va koordinatasi berilishi kerak. Oddiy holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa

(masalan, oq-qora), u holda har bir pikselni ta‟riflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq)

ta‟riflash etarli bo„ladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak

bo„ladi (256=28). Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab

qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar o„lchami tasvirni rang chuqurligi o„sgani sari oshib boradi.

Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel o„lchamiga bog„liq, u

esa o„z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil rasm turli

monitorlarda har xil ko„rinishga ega bo„lishi mumkin. Rastrli tasvir o„lchamini o„zgartirish juda

ham murakkab ishdir. Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o„sishiga olib keladi.

Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar

«ko„ naytirish» yoki “o„chirish (agar tavirni kichraytirish kerak bo„lsa)” algoritmlari ishlab

chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona bajara olmaydi.

Web-sahifalarni yaratishda birinchi o„rinlardan birini vektorli grafika ham egallaydi. Bu

tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi

yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-to„rt raqam

kerak bo„ladi: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika

rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:

· vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida rastrli tasvir

piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi;

· tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish

imkoniyati mavjudligi;

· tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko„chirishning qulayligi.

Albatta, vektorli tasvirlarni o„z kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik tasvirni

vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga echimni tonishgan.

Flash yordamida Web – sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni

ishlatishingiz ham mumkin.

2. Flash texnologiyaisiga kirish

Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga

asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo„lmasada, SWF yaratuvchilariga

grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-sahifalarga qo„shish

mexanizmlarini birlashtirish o„rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo„shimcha

imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya‟ni bu format barcha platformalarda

(MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida)

ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar

nafaqat animatsiyali bo„lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.

Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF

formatining Web-dizaynerlar o„rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu

format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi (xozirda bu dasturlar Adobe firmasiga

tegishli) tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet Explorer va Netscape

Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, o„z navbatida SWF ni

Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF

formatini o„z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo„lni boshqa yirik dasturiy

ta‟minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham tutishdi.

Yana bir bor aytish kerakki, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay

uskunalar bilan ta‟minlamaganda bu format shunchalik ko„p muxlis orttirmagan bo„lardi. xozirgi

vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to„liq to„plamlari mavjud.

Ushbu uskunalarni bir turi (Director Shockwave Studio) multimediyali prezentasiyalar

yaratish, boshqalari (FreeHand va Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Authorware va

CourseBuilder) interaktiv o„rgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Webyaratuvchilar

orasida eng ko„p ishlatiladigani bu Adobe Flash dir, chunki ushbu dastur xar

qanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-sahifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning

uchundir SWF formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan. Shunday qilib Flashtexnologiyalari

quyidagilardan iborat:

vektorli grafika;

animatsiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;

interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;

sinxron ovoz qo„shish imkoniyati;

HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportni

ta‟minlash;

platformali mustaqillik

Flash-filmlarni avtonom rejimda ham, Web-brauzer yordamida ham ko„rishning

imkoniyati mavjud.

vizual yaratish uskunalari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko„plab murakkab

operasiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik

aspektlarini o„rganish zarur bo„lmaydi

Flash - bugungi kunda bu texnologiyani qo„llanilishining asosiy yo„nalishi bu chiroyli va

dinamik Web-sahifalar yaratishdir.

Flash-filmni brauzerda namoyish etilishini ikki usuli mavjud:

uni SWF formatida saqlash, so„ng sichqoncha yordamida fayl belgisini shu fayl

saqlanadigan katalogdan brauzer oynasiga o„tkazish.

Flash-filmni HTML formatiga eksport qilish, so„ng oddiy usul bilan brauzerda o„chish.

Flash-filmni HTML-kodga o„tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-in

komponentlarini qo„shishga o„xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodiga

o„tkazish tegi yordamida Netscape brauzeri uchun esa tegi yordamida

amalga oshiriladi. Ushbu ikki saqlash ham Flash-filmni tushunishi uchun, Flash o„z filmlarini

HTML sahifaga konvertasiya qilganda bu ikki tegni qo„shadi. Shu bilan birga dasturchi

teglarning ko„rsatkichlaridan foydalanishi yoki o„zining ko„rsatkichlarini berishi mumkin.

Flash-filmlarni Web-sahifa elementlari sifatida ishlatish turli tumandir. Bulardan ayrimlari

quyida keltirilgan:

sahifani estetik ko„rinishini oshirish uchun mo„ljallangan «oddiy» animatsiya;

foydalanuvchi harakati (sichqonchani siljitish, tugmachani bosish) ga boq‟liq bo„lgan

animatsiyalashgan tugma, bunday tugma giperishorat sifatida ishlatilishi mumkin yoki biror-bir

vazifani bajarish mumkin (masalan, brauzerni yangi oynasini ochish, tashqi faylni yo„qlash va

b.);


Web-sahifa foydalanuvchilaridan biror-bir ma‟lumotni qabul qilishga mo„ljallangan forma

ko„rinishida;

Zarurat tuq‟ilganda Flash ni oddiy, «statik» faqat giperishoratlar ko„rinishidagi interaktiv

elementlarni an‟anaviy ko„rinishidagi HTML-sahifalar yaratish uchun ham ishlatish mumkin.

Bunday variant Flash ni ham matn bilan ham aloxida tasvirlar bilan ishlash imkoniyatidan kelib

chiqadi.


3. Dasturning asosiy ish sohalari va tushunchalari.

Macromedia (hozirda Adobe) Flash dasturi yordamida ham animatsiya va taqdimot

fayllarni yaratishimiz mumkin. Ammo Power Point ga qaraganda Macromedia Flash dasturda

yaratilgan animatsiya fayllari to„liq siz tomoningizdan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu

bilan birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud.

Asosan Macromedia Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), Internet sahifalar,

elektron qo„llanmalar va ... Flash dasturda yaratilgan fayllar o„zining original, ishlash soddaligi,

yaratilish murakkabligi, tezkorligi, multimediya jihozlanganligi va hajm bo„yicha kichikligi bilan

ko„zga tashlanishadi.

Dasturni ishga tushirish uchun Windows ning PUSК tugmasining PROGRAMMЫ

bo„limining Macromedia gruruxi ichidagi Macromedia Flash buyrug„ini tanlaymiz. Natijada

ekranda quyidagi dastur oynasi hosil qilinidi.

Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar bilan tanishimiz zarur.

Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animasion klip, aktiv tugma, ssena, kadr, boshqaruv

kadr, vaqt-chizgichi, va qatlam.

Vaqt-chizgichi (TimeLine - Vremennaya shkala) - Flash dasturida animatsiya harakatlarni

yaratishida asosiy ish quroli. Ushbu sohada qatlam va kadrlarni ko„rishimiz va ular ustidan xar

hil amallarni bajarishimiz mumkin. Vaqt-chizgich orqali qatlamlarni joylashuvi va turi, kadrlar turi

(boshqaruv va avtomatik yaratilgan kadrlar) va ulardagi action dasturlash skriptlar mavjudligini

ko„rishimiz va sozlashimiz mumkin.

Ushbu sohaning chap tomonda qatlamlar sohasi, o„ng tomoda esa shu qatlamlardagi

kadrlar sohalari joylashgan.

Vaqt-chizgichning chap (qatlamlar) tomoni

- ustuni qatlam ko„rinishi yoki ko„rinmasligini,

- ustuni qatlamni o„zgartirish mumkinligi yoki mumkin emasligi va

- ustuni qatlam elementlari to„liq yoki faqat chegaralari ko„rinishini o„zgartirishga

yordam beradi.

- tugmasi yangi qatlam yaratish,

- tugmasi harakat traektoriyasi qatlamni yaratish,

- tugmasi qatlamlar uchun papka yaratish,

- tugmasi esa tanlangan qatlamni o„chirish amallarni bajaradi.

Vaqt-chizgichning o„ng (kadrlar) tomoni

Vaqt-chizgichnining o„ng tomonning pastki qismidagi joylashgan

- sohasi bosh kadrga o„tish, qo„shni kadrlarni yoki ular chegaralarini

ko„rsatish hamda bir nechta kadrlarni bir paytda tahrirlash tugmalari,

- sohasi esa nechanchi kadr tanlangan, kadrlar tezligi va nechanchi

sekundda joylanishimizni kursatuvchi tugmalari.

Кatlam (Layer - Sloy) - har bir grafik muharrirlaridek Flash dasturida ham qatlamlardan

foydalanamiz. Qaysi qatlam yuqorida joylashgan bo„lsa shu qatlam obyektlar boshqalar ustida

ko„rsatiladi. Кatlamni ko„rinmas yoki o„zgartiruvchan emas holatga o„tkazish mumkin. Кatlamlar

oddiy, harakat traektoriya qatlami yoki maska (paydo bo„lish) qatlam ko„rinishida bo„lishi

mumkin. Bir vaqtdagi bir nechta xar hil harakatlar uchun xar hil qatlamlar kerak.

Кadr (Frames - Кadr) - Flash va ko„pkina animasion muharrirlar hamda video montaj

dasturlar asosida kadrlar ketma ketligi joylashgan. Кadrni siz o„zingiz chizib yaratishingiz yoki

dastur uni o„zi avtomatik yaratishi mumkin. Кadrlar ichida boshqaruv kadr (keyframes -

klyuchevoy kadr) tushunchasi mavjud bo„lib, u harakat traektoriyasining nuqtalarini belgilaydi.

Avtomatik yaratilgan kadrlar esa ikki hil bo„ladi: shakllar geometriyasini o„zgarishi (shape

tweening) yoki boshqaruv kadrlar o„zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan kadrlar.

Кadrlar ustidan bajariladigan asosiy amallar


Download 273,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish