Topshiriq. Topshiriq o„qituvchiga masalalar qo„yishga ruxsat beradi, bundan esa
talabadan javoblarni elektron ko„rinishda tayyorlash (ixtiyoriy formatda) va serverga yuklash
talab etiladi.
Talaba bajargan topshirig„ini asinxron rejimda (qachon hoxlasa) bir yoki bir nechta
fayllar ko„rinishida yoki shu jumladan, yopishtirilgan fayllar bilan online rejimida jo„natishi yoki
tizimdan tashqarida topshirishi mumkin. Agar topshiriqqa javoblar jo„natilsa, u holda o„qituvchi
elektron pochta orqali bajarilgan topshiriqli faylni kelganligi haqida xabardor qilinishi kerak.
Topshiriqlarning bir necha tiplari mavjud bo„lib, ular quyida keltirib o„tilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |