Meshaplar. Meshap (Mashup) - yagona integrasiyalashgan instrumentlar doirasida bir
nechta manbalardan olingan ma‘lumotlarni birlashtiruvchi gibrid Web-ilova. Meshap kontentni
odatda tashqaridan ochiq interfeyslar, Web-servislar, Web-manbalardan (masalan,
RSS yoki Atom) yoki boshqa dasturlar tomonidan generasiyalashtiriladigan hujjatlarni tahlil
etish orqali oladi.
Odatda meshaplar Amazon, eBay, Flickr, Google, Microsoft, Yahoo va YouTube larning
dasturiy interfeysarini ishlatadi.
Meshap arxitekturasi 3 qismdan iborat:
kontent provayderi – ma‘lumotlar manbayi;
meshapning o‗zi – unga tegishli bo‗lmagan manbalardin foydalangan holda yangi
imkoniyatlarni beruvchi Web-ilova;
kliyent – meshapning Web-sahifasini aks ettiruvchi Web-brauzer.
Turli meshaplar RSS, Web-servislar, pochta xabarlari generasiya qilishi mumkin.
Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga maxsus Microsoft Popfly saytini taqdim qiladi.
Bu sayt foydalanuvchilarga Web-sahifalarni yaratish, dastur kodi fragmentlarini (qayta ishlatish
uchun) va Microsoft Silverlight ko‗magida ishlaydigan ilovalarni ishlab chiqish paketi
yordamida meshaplarni yaratish imkonini beradi.
Saytda Microsoft Silverlight ga asoslangan to‗rtta instrument mavjud:
O‗yinlar ishlab chiquvchilar
Meshaplarni ishlab chiquvchilar
Web-sahifa ishlab chiquvchilar
Popfly Space – foydalanuvchilar uchun tayyor meshap va Web-sahifalarni joylashtirish
mumkin bo‗lgan makon.
Ijtitmoiy tarmoqlar uchun ilovalar
―Ijtimoiy Web‖ (Social Web) tushunchasi WWW tarmog‗i yordamida
foydalanuvchilarning bir-biri bilan muloqoti va ularning hamkorligi tushuniladi.
Foydalanuvchilarning birlashishiga ularning turlicha qiziqishlari asos bo‗lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy dasturiy ta‘minot – bu foydalanuvchilarning hamkorligini va ma‘lumot
almashishiga imkoniyat beruvchi keng miqyosdagi dasturlar tizimi. Bu kompyuter vositaligidagi
ijtimoiy hamkorlik usuli ayniqsa MySpace, Facebook, Odnoklassniki, v kontakte.ru ijtimoiy
saytlar, Flickr va YouTube media saytlar, eBay tijorat saytlari kabi ijtimoiy saytlarning paydo
bo‗lishidan keyin ommalashib ketdi.
Bunday ilovalarning ko‗pi umumiy xususiyatlarga ega: ochiq API, servisga yo‗naltirilgan
dizayn, masofadan turib ma‘lumotlarni kiritish imkoniyati va h.k.z. Bunday ilovalarni Web 2.0.
tizimiga mansub deb qaralishi qabul qilingan.
Ijtimoiy dasturiy ta‘minot ichida ikki guruh instrumentlarini ajratish mumkin:
kommunikasion va interaktiv:
Kommunikativ instrumentlar matn, audio va video formatdagi ma‘lumotlarni yozib olish,
saqlash va taqdim qilish uchun ishlatiladi.
Interaktiv instrumentlar asosiy urg‗uni foydalanuvchilar orasidagi aloqaga va ular
orasidagi muloqot mexanizmiga beradi.
Kommunikativ instrumentlar asinxron bo‗ladi, interaktiv instrumentlar esa sinxron bo‗lib,
real vaqt rejimida foydalanuvchilarning hamkorligini ta‘minlaydi (m-n, Internet-telefoniya,
videochatlar va boshqalar).
Ijtimoiy dasturiy ta‘minotga dasturiy tizimlarni misol qilib keltirish mumkin:
Tezkor ma‘lumotlar bilan almashish tizimi ( IM - Instant messaging ) tarmoq orqali boshqa
foydalanuvchilar bilan real vaqtda muloqotda bo‗lish imkoniyatini beradi (nisbatan muhofaza
qilingan rejimda).
Ularning ommaboplari-Skype, ICQ, Yahoo! Messenger, MSN Messenger, AOL Instant
Messenger, Miranda IM. Biznesga yo‗naltirilgan tizimlar - IBM Lotus Sametime,
Microsoft Messenger, Jabber.
Internet-chatlar ( IRC - Internet Relay Chat ) bir nechta foydalanuvchilarga barovariga real
vaqtda muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Internet-forumlar elektron konferensiyalarning o‗rniga kelib, foydalanuvchi boshqalar
uchun yangi mavzular yaratishi mumkin. Foydalanuvchilar mavzuni ko‗rib chiqib o‗zining fikrmulohazalarini
yozishi mumkin.
Web-bloglar ( web logs ), yoki qisqacha ―bloglar‖, ba‘zi foydalanuvchilarning shaxsiy onlayn
jurnallari sifatida etirof etiladi. Blog egasi xabarlarni o‗zining jurnaliga joylashtirishi
mumkin, foydalanuvchilar esa ularga o‗zining munosabani sharh (kommentariy) sifatida berishi
mumkin.
Viki-ma‘lumotnomalar ( wiki ), yoki vikilar, - bu aslida Web-saytlar bo‗lib, uning
mazmuni unga kirgan foydalanuvchilar tomonidan o‗zgartirib borilishi mumkin. Bunga eng
yaqqol misol – Vikipediya.
Ijtimoiy servis tarmoqlari foydalanuvchilarga umumiy qiziqishlari atrofida on-layn rejimda
birlashish imkoniyatlarini berishi mumkin. Masalan, ba‘zi saytlar servislari hamkorlik qidirish
maqsadida shaxsiy ma‘lumotlarni ommalashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, LinkedIn, V
kontakte.
Qaror qabul qilish ijtimoiy tarmoqlari – qaror qabul qilish uchun muhokamalar uchun
mo‗ljallangan Web-saytlar. Mas‘ul shaxslarning hukumat vakillari bilan doimo muloqatda
bo‗lish uchun o‗rnatiladi.
Tijorat ijtimoiy tarmoqlar asosan biznes bilan bog‗liq jo‗natmalar, muayyan maxsulotga
bo‗lgan ijobiy fikrni shakllantirish, uni yaxshilash va h.k.z. Bu orqali maxsulot to‗g‗risida
ma‘lumotni iste‘molchiga to‗liq yetkazish imkonini beradi, maxsulotning bozorga kirib kelishi,
iste‘molchining maxsulot sotilishidagi ishtirokini ta‘minlaydi.
Ijtimoiy zakladkalar (social bookmarking) – ba‘zi Web-saytlar foydalanuvchilarga
boshqalar uchun ommabop Web-saytlar ro‗yxatini taqdim qilish imkonini beradi. Masalan,
del.icio.us.
Ijtimoiy katalogalar (social cataloging) – akademik sohaga yo‗naltirilgan bo‗lib, ilmiy
maqolalardagi sitatalar bilan ishlashga mo‗ljallangan. Masalan, Academic Search Premier,
LexisNexis Academic University, CiteULike, Connotea.
Ijtimoiy kutubxonalar – bu ilovalar bo‗lib, foydalanuvchilar unda kolleksiya, kitob, audio,
video resurslarga ega bo‗lish imkonini beruchi ishoralar joylashtiriladi. Masalan, discogs.com,
imdb.com.
Ko‗p foydalanuvchilarga mo‗ljallangan tarmoq o‗yinlari (Massively Multiplayer Online
Games) ochkolar, daraja, musobaqadorlik, yutganlar va yutqizganlarni hisob-kitob qilib beruvchi
virtual dunyoni imitasiya qilish tizimi. Masalan, World of Warcraft.
Do'stlaringiz bilan baham: |