Ma’ruza Tabiiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari



Download 27,18 Kb.
bet3/6
Sana06.06.2022
Hajmi27,18 Kb.
#640812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza

Prokariot hujayralar. Prokariot (yunoncha pro – oldin, karion – yadro so’zlaridan olingan) xujayralar eng oddiy tuzilgan bo’lib, qadimiy organizmlardir. Yerda hayot rivojlanishining eng dastlabki bosqichlarida paydo bo’lib, hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari, (sianobakteriyalar) kiradi. Bakteriyalar 0.5 mkm dan 10 mkm gacha bo’lib, tashqi tomondan qalin qobiq bilan o’ralgan, bahzilardida esa shilimshiq kapsula bo’lishi mumkin. Qobiq tagida membrana joylashadi.
Prokariotlarda xaqiqiy yadro o’rniga membrana bilan ajratilmagan genofor yoki nukleoid bo’lib, u bitta halqasimon xromosomadan iborat. Xromosoma tarkibida ikki spiralli DNK molekulasi, juda oz miqdorda oqsil va RNK joylashgandir. Eukariotlardan farqli o’laroq prokariotlar xromasomasida gistonli oqsillar bo’lmaydi. Xromosoma hujayra membaranasiga birikkan bo’ladi. Bakteriyalar bo’linganda DNK yoki RNK ham ikki marta ko’payadi.
Prokariotlarda organoidlar rviojlanmagandir. Ularda ichik membranalar yo’q, uning o’rniga hujayra membranasining burmalari mavjud. Bu burmalar bakteriyalarda plastidalar va mitoxondriyalar vazifasini bajarishi mumkin. Prokariotlarda 5000 dan 50000 gacha ribosomalar bo’lib, ular eukariotlarnikidan farq qiladi. Prokariotlarda mitoz kuzatilmaydi. Ular ikkiga bo’linishi yo’li bilan ko’payadi. Bakteriyalarda jinsiy jarayon- qonhyugasiya kuzatiladi. Bunda ikki hujayra o’zaro irsiy axborot almashinadi. Natijada bakteriyalarning irsiy o’zgaruvchanligi ortadi.
Bakteriyalar juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda ulardan biotexnologiyada, genetik injeneriyada keng foydalanilmoqda. Bakteriyalardan spirt, sirka kislota, har hil antibiotiklar, fermentlar, biologik aktiv moddalar, oziqbop oqsillar, dori – darmonlar, gormonlar olishda keng foydalanilmoqda.
Inson qadim zamonlardan beri sariyog’, pishloq, qatiq, sut va non mahsulotlarini tayyorlashda bakteriyalardan foydalanib kelmoqda.
Proktariotlar tabiatda moddalarning davriy almashinishida katta ahamiyatga ega. Ko’k-yashil suv o’tlari (sianobakteriyalar) organik moddalarni sintezlashda, bakteriyalar esa minerallashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Bakteriyalar har hil kasalliklarning ko’zg’atuvchilari sifatida odam, hayvon va o’simliklarga katta zarar yetkazadi. Masalan: dizenteriya, qorin tifi, vabo, o’lat va yiringli kasalliklarning ko’zg’atuvchilari har hil bakteriyalar hisoblanadi. 
Eukariotlar. Bir hujayrali suv o’tlari va sodda hayvonlardan tortib yuqori tuzilgan gulli o’simliklar, murakkab hayvonlar va odamlargacha bo’lgan hamma mavjudotlar eukariot organizmlarni tashkil etadi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma–xil tuzilgan. Ularda xaqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Eukariot yunoncha «eu» - haqiqiy, yaxshi, «karion» - yadro so’zlaridan olingan. Hujayralar bir – biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: 1) xujayra qobig’i, 2)sitoplazma, 3) yadro.
Eukariot hujayralarning kattaligi va shakli asosan ular bajaradigan funksiyalarga bog’lik bo’ladi. Ularning o’rtacha diametri 10 mkm dan 100 mkm gacha bo’ladi. Tuxum hujayralar tarkibida oziq moddalar ko’p to’planganligi uchun ancha yirik bo’ladi. Tuyaqush tuxumining diametri 150 mm gacha boradi. Hujayralarning o’lchami organizmning kattaligiga bog’liq emas. Masalan, yirik sut emizuvchilarning qizil qon tanachalarining diametri 10 mkm dan oshmaydi. Ahzoning yoki butun organizmning kattaligi esa hujayralar miqdoriga bog’liqdir.

Download 27,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish