Gazlar va changning yonishi. Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan xavfli aralashmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli ular portlash jihatidan havfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz-havo aralashmalarining xavflilik darajasi ularning alanga olish haroratiga va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi.
Gazlar barqaror yonayotganda harorati 1400ºC gacha, portlaganda esa 2000ºC gacha ko‘tarilishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik bug‘larning portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun ularning havo bo‘yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo‘yicha zichligi birdan kichik bo‘lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan katta bo‘lgan gazlar esa xonaning pastki qismida, quduqlar, o‘ralar, handaqlarda to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |