Bizning nafsimiz nimani xohlaydi? - Yeyish, ichish, uylanish, o’ynash kabi narsalarni xohlaydi. Oilamga foydam tegsin deb, jamiyatda ma’lum bir o’ringa ega bo’lay deb, kun-u tun tinim bilmay ishlaydiganlar ko’p. Bu ijobiy holat, albatta. Lekin, inson ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan, turli xil insonlarga duch keladi. Kam mehnat qilib, ko’p daromad olish ko’pchilikning xohishi, albatta. Kun-u tun tinim bilmay ishlayotgan odam shunaqalarni ko’radiki, unda ham shunaqa fikr yuzaga kelishi mumkin. Nimaga endi men shuncha ishlab falon miqdorda daromad qilamanu, mana bu shaxs hech narsa qilmay turib, falon miqdorda daromad qilarkan?! Demak, shu daqiqalardan boshlab, u nafsning girdobiga o’ralashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |