Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy. - Uning to’liq ismi Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (ba`zi manbalarda Ahmad) bo’lib, u hijriy 467 sana rajab oyining yigirma yettinchisida chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075 -yilning 19 - martida) Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamahsharda tavallud topgan va shu boisdan ham az Zamaxshariy tahallusini olgan.3
- Az-Zamaxshariyning otasi unchalik badavlat emasdi. Lekin o’z davrining savodli, ancha taqvodor, diyonatli kishisi bo’lgan, aksar vaqtini Qur`oni karim tilovati va toat - ibodat bilan o’tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. U xulq - atvori yaxshi, shirinsuxan va g`oyatda muruvvatli kishi bo’lib, bu fazilati bilan el orasida katta obro’ - e`tibor topgan. Az - Zamaxshariyning onasi ham g`oyatda taqvodor va dindor ayollardan hisoblangan.
- 3 Abul.Qosim Mahmud az Zamahshariy. Nozik iboralar, -T. 1992. 4-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |