Abu Ali ibn Sino (980-1037). - O’rta asr Sharqining buyuk allomalari orasida mashhur tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino alohida o’rin tutadi. Uning turli sohalar bilan birga ta`lim – tarbiya, axloq va nutq haqida ham fikrlari mavjudki, ular bilan yaqindan tanishish notiqlik san`atini mukammal o’rganishga yordam beradi. Yaxshi do’st qaysi yo’l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda boshqalarga yordam berishi mumkinligi masalasiga ibn Sino alohida e`tibor beradi va notiq quyidagilarga amal qilishi lozim deb biladi:
- Nasihat (Nutq - B.O’ va A.S) qo’pol ohangda berilishi kerak emas.
- Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur.
- Nasihatga (va`zxonlikka) ko’p berilmaslik kerak, uni o’rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |