MARUZA REJASI - 1.Inson kapitali tushunchasi.
- 2. Inson kapitalining ichki tuzilishi va xususiyatlari.
- 3. Inson kapitali turlari.
-
1-SAVOL - INSON KAPITALI TUSHUNCHASI
“Inson kapitali” atamasi ilk marta Teodor Shul'ts tomonidan 1962 yilda ilmiy aylanishga kiritilgan. T. Shul'ts ta`kidlaydiki, “kambag’al odamlarning farovonligini oshirish yerdan, texnikadan yoki ularni jismoniy jihatdan ishlatishdan bog’liq bo`lib qolmasdan,ko`proq bilimlardan bog’liqdir”.U iqtisodiyotning bu sifat jihatini “inson kapitali”deb nomladi. - INSON KAPITALI NAZARIYASINING ASOSCHILARI: Teodor V. Shul'ts (1979g.) va Geri Bekker (1992g.) – «chikago maktabi» iqtisodchilari, iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti lauriatlari
- “Inson kapitali” atamasi ilk marta Teodor Shul'ts tomonidan 1962 yilda ilmiy aylanishga kiritilgan. T. Shul'ts ta`kidlaydiki, “kambag’al odamlarning farovonligini oshirish yerdan, texnikadan yoki ularni jismoniy jihatdan ishlatishdan bog’liq bo`lib qolmasdan,ko`proq bilimlardan bog’liqdir”.U iqtisodiyotning bu sifat jihatini “inson kapitali”deb nomladi.
- G. Bekkerning ta`rifiga ko`ra “ inson kapitali – bu har bir kishida mavjud bo`lgan bilim xazinasi, malaka ko`lami va motivatsiyalar zaxirasidir.
Inson kapitalining iqtisodiy kategoriya sifatidagi ta`rifi. - Zamonaviy iqtisodiy nazariyasida “inson kapitali” atamasining “Har bir kishida mavjud bo`lgan va ishlab chiqarish hamda iste`molchilik maqsadlarida foydalana oladigan bilimlar, ko`nikmalar va qobiliyatlar zaxirasi” ta`rifi e`tirof qilinadi.U insoniy, chunki odamlarning shaxsiyatida mujassamlangan va u kapital, chunki bo`lajak daromadlar yoki bo`lajak qoniqishlar yoxud ikkalasini ham birgalikdagi manba`sidir.
Inson kapitali (IK) –bu daromad keltiradigan inson qobiliyatlaridir (kapital – bu qo`shimcha qiymat keltiradigan qiymatdir). Uning tayanch asosini inson qobiliyatlari tashkil etadi. IK ishchining maxsus ta`lim, kasb-hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida to`plangan bilimlari, ularni amalga oshirishi va mahoratini ifodalaydi. - INSON KAPITALINING TAYANCH ASOSI NIMA?
- Inson kapitali (IK) –bu daromad keltiradigan inson qobiliyatlaridir (kapital – bu qo`shimcha qiymat keltiradigan qiymatdir). Uning tayanch asosini inson qobiliyatlari tashkil etadi. IK ishchining maxsus ta`lim, kasb-hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida to`plangan bilimlari, ularni amalga oshirishi va mahoratini ifodalaydi.
- Boshqacha qilib aytganda, inson kapitali bu odamlarning shaxsiy qobiliyat va iste`dodlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq faoliyati uchun “mukofot jamg’armasi”dir.Ya`ni shaxs bolaligi va yoshligidan boshlab kamolotiga etgunga qadar yig’ilgan o`zining bilim,malaka, ko`nikma va barcha qobiliyat va iste`dodlarini ro`yyobga chiqarishi evaziga kelajakda olishi mumkin bo`lgan individual daromadlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |