ELEKTROMAGNITIZM
FIZIKA
KAFEDRASI
2022
Tuzuvchi: Axmadjonov M.F.,
Magnit maydonning tokli o’tkazgichga tasiri
Ma’ruza rejasi 1. Amper qonuni. Parallel toklarning o`zaro ta’siri. 2. Magnit oqimi. 3. Tokli o`tkazgichni magnit maydonda ko`chirishda bajarilgan ish. Amper qonuni - Bir jinsli magnit maydoniga joylashgan tokli o`tkazgichga ta’sir etuvchi (F) kuch o`tkazgichdagi (I ) tok kuchiga, uning (l ) uzunligiga, (B) magnit induktsiyasiga va o`tkazgichdagi tok yo`nalishi bilan (B) vektor orasidagi burchakning sinusiga to`g`ri proportsionaldir:
F = IB l sin α
Magnit maydon induktsiyasi chap qo`lning kaftiga tik yo`nalgan, o’tkazgichdan oqayotgan tok yo`nalishi ko`rsatkich barmoq yo`nalishida bo`lsa, o’tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi bosh barmoq yo`nalishida bo`ladi
Chap qo’l qoidasi
Amper qonuni
Amper qonuni - Magnit induktsiyasi vektori moduli tokli to`g`ri o`tkazgichga ta’sir etuvchi Amper kuchining maksimal qiymatini o`tkazgichdagi tok kuchi va uning uzunligiga nisbatiga teng:
Ixtiyoriy shakldagi o`tkazgichning “dl” cheksiz kichik elementi va birjinsli bo`lmagan magnit maydoni uchun umumiy ifoda.
Vektor ko’rinishidagi Amper qonuni
“dF” – “dl” uzunlikdagi o`tkazgich elementiga ta’sir etuvchi kuch;
“α – dl” va “B” vektorlar orasidagi burchak.
Toklarning o`zaro ta’siri
Ikkita parallel o`tkazgichlarda elektr toklari bir yo`nalishda oqqan holda o`tkazgichlarning o`zaro tortishi kuzatiladi.
Toklar qarama qarshi yo`nalishlarda oqqan holda, o`tkazgichlar itarishadi.
Toklarning o`zaro ta’siri ularning magnit maydonlari orqali vujudga keladi: bitta tokning magnit maydoni ikkinchi tokka Amper kuchi bilan ta’sir qiladi va uning teskarisi.
Tokli to`g`ri chiziqli o`tkazgichning magnit maydoni induktsiyasi
Magnit doimiysi
I tokli to`g`ri chiziqli o`tkazgichning d masofada xosil qilgan magnit maydon induktsiyasi B
Magnit maydonda tokli kontur
Magnit maydonidagi tokli kontur burilishi va magnit strelkasiga o`xshash tashqi magnit maydoni bo`ylab joylashishi mumkin.
Tokli ramkaga ta’sir qiluvchi natijaviy aylanma moment
Aylantiruvchi moment
Tekis konturning aylantiruvchi momenti
Tokli tekis kontur uchun magnit momenti quyidagicha aniqlanadi
Kuchning aylantiruvchi momenti berilgan nuqtadagi maydonning va tokli ramkaning xususiyatlariga bog`liq va quyidagi vektor ko`paytma bilan aniqlanadi:
S — kontur sirtining yuzasi
n — ramka sirtiga o`tkazilgan nomalning birlik vektori
α —n va V vektorlar orasidagi burchak
Tokli yopiq konturni magnit maydonida ko`chirishda bajariladigan ish konturdagi tok kuchini kontur bilan bog`langan magnit oqimining o`zgarishiga ko`paytmasiga teng.
Magnit maydonida tokli o`tkazgichning ko`chishida bajarilgan ish
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР - Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989 т. 1
- Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989 т. 2
- Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989 т. 3
- Трофимова Т. И. Курс физики. М.: Высшая школа, 1985 г.
- Абдурахманов К.П., Эгамов У. Физика курси , 2011 й.
- Детлаф А.А., Яворский Б.М. Курс физики. М.: Высшая школа, 1989 г.
- Епифанов Г.И. Физика твердого тела. М. Высшая школа, 1977.
- Огурцов Н.А. Курс лекций по физике, Харьков,2007.
- Колмаков Ю.Н. Курс лекций по физике, Тула, 2002.
- Оплачко Т.М.,Турсунметов К,А. Физика, Ташкент, 2007.
Таълим сайтлари ва Интернет ресурслари - fizika.uz – талабалар ва физика ўқитувчилари учун сайт .
- neutrino.ucoz.ru- ТАТУ Физика кафедраси доценти О.Э.Тигайнинг шахсий сайти.
- fizik.ru - ТАТУ Физика кафедраси катта ўқитувчиси В.С.Хамидовнинг шахсий сайти.
- estudy.uz- ТАТУ талабалари учун физикадан масофавий таълим тизими
- Yenka.com
- http://phet.colorado.edu/
- http://www.falstad.com/mathphysics.html
- http://www.quantumatomica.co.uk/download.htm
- http://school-collection.edu.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |