Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali qurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan qurilmalar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi.