16-rasm. Gidrofob va gidrofil adsorbentlarda sirt aktiv moddalarning adsorbtsiyalanishi.
Adsorbtsiyalangan sirt-aktiv modda adsorbentning tabiatiga qarab, orientatsiyalanadi va monomolekulyar qavatni xosil qiladi. Sirt-aktiv moddalarning molekulalari qutbli qismi bilan qutbli adsorbentga, qutbsiz qismi bilan qutbsiz muxit tomonga orientatsiyalanadi va sirtning tabiatini o’zgartira oladi.
Ya’ni gidrofob adsorbent gidrofil adsorbentga, gidrofil adsorbent esa gidrofob adsorbentga aylanishi mumkin. Traube qoidasi bo’yicha SAMning uglevodorod radikali qancha uzun bo’lsa, shu modda adsorbent sirtiga shuncha yaxshi adsorbtsiyalanadi. Agar adsorbent g’ovaklarining o’lchamligi kichik bo’lib, SAMning o’lchamligi katta bo’lsa, adsorbtsiya Traube qoidasiga bo’ysunmay qoladi.
Molekulyar adsorbtsiya uchun izoterma grafigi qo’yidagi ko’rinishiga ega (17-rasm)
g
17-rasm. Molekulyar adsorbtsiyaning eritma kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan o’zgarishi. 1 - musbat; 2,3manfiy adsorbtsiyalar.
Adsorbtsiya izotermalarini xisoblashda Gibbs ( ),
Lengmyur ( ) va Freyndlix ( ) tenglamalari
ishlatiladi. Freyndlix tenglamasi bo’yicha x- yutilgan modda
miqdori, m - adsorbentning massasi.
Freyndlix tenglamasi asosida adsorbtsiyani xisoblashdan avval bu tenglamaga kirgan «k» va «n»ni grafik usulda topish lozim. Buning uchun Freyndlix formulasini logarifmik ko’rinishda yozamiz:
so’ngra, abtsisslar o’qiga lgSni, ordinatlar o’qiga lg xm ni qo’yib, grafikdan burchakning tangensini (tg 1p) topa olamiz (18-rasm).
18-rasm. Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi.
Freyndlix formulasi o’rtacha kontsentratsiyalar uchungina to’g’rinatijalar beradi, lekin kichik va katta kontsentratsiyalar uchun to’g’ri natijalar bermaydi. Tajribada molekulyar adsorbiyani aniqlashda
formula ishlatiladi. Bu erda: G- adsorbtsiya, n - eritmadagi moddaning umumiy mol soni, N0-moddaning eritmadagi adsorbtsiyaga qadar mol qismi, N -adsorbtsiyadan keyingi mol qismi, m - adsorbent massasi.
MA’RUZA BO’YICHA TAYANCH SO’Z VA IBORALAR: