Trassalogiya sohasida. Trassologik tadqiqotlar G.F. Korobkova hamda M.J. Jo’raqulovlar tomonidan Samarqand makoni yuqori qatlami materiallari ustida olib borildi. Unga ko’ra, Samarqand makoni tosh industriyasi biz bilganimizdan ko’ra anchayin murakkabroq ko’rinishga ega bo’lganligi, birlamchi xom-ashyo morfologik ko’rinishiga ko’ra ustalik bilan tanlab olinganligi, chaqmoqlash va qurollar yasash texnikasida ibtidoiy iqtisod hamda xom-ashyoni sifatiga va morfologik tuzilishiga ko’ra tanlovning hukm surganligining guvohi bo’lamiz. Ushbu tadqiqotlar Samarqand makoni aholisining iqtisodiy-xo’jalik hayotini, toshga ishlov berish texnikasining taraqqiyotini hamda birlamchi xom-ashyoning bu taraqqiyotga ta’sirini tasavvur qilish imkonini beradi.
Trassologik tadqiqotlar Obiraxmat g’ori industriyasi ustida ham o’tkazilgan. Natijada, yodgorlik tosh qurollarining funksional ahamiyati, nisbatan qo’llanilgan vaqti va xarakterlari aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |