ma’ruza optik tolaning asosiy fizik parametrlari reja optik toladagi so’nish xodisasi



Download 330,37 Kb.
bet6/8
Sana11.11.2022
Hajmi330,37 Kb.
#864366
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza

Qutblangan moda dispersiyasi

Bir modali optik tolalarda asosan bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq, qutblanishni hisobga olsak bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular boshlang‘ich asosiy modaning o‘zaro perpendikulyar qutblangan ikki tashkil etuvchilaridir. Bu tashkil etuvchilaridan biri dominant hisoblanib, gorizontal X o‘qi bo‘ylab, ikkinchisi vertikal yuzadan Y o‘qi bo‘ylab tarqaladi. X o‘qidan uzatilgan moda Y o‘qidan uzatilgan modaga nisbatan tez yetib borgani uchun X o‘qini “tez uzatadigan o‘q”, Y o‘qini “sekin uzatadigan o‘q” deyiladi (3.20-rasm) [7].



3.20–расм. Қутбланган мода дисперсиясининг ҳосил бўлиши.

Signal ideal aniq geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar qabul qiluvchi punktga bir xil tezlikda, bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik noidealligi, shuningdek turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish ko‘rsatkichlarining assimetriyasini yuzaga kelishi sababli ikki o‘zaro perpendikulyar qutblangan modalar vaqt bo‘yicha turlicha kechikishi natijasida turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida boshlang‘ich signalni asosiy modasi buzilgan xolda yetib keladi. Ikki o‘zaro perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi modalarni turli tezliklarda tarqalishidan boshlang‘ich signalni buzilgan xolda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) hisoblanadi.


Qutblangan moda dispersiyasi (QMD)ni hosil bo‘lishiga asosiy sabab bu tola o‘zagining geometriyasini buzilishi, noidealligidir. Tola o‘zagini noidealligi (ovalligini buzilishi), tola geometriyasining o‘zgarishi ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Shuningdek, qutblangan moda dispersiyasini hosil bo‘lishiga olib keladigan tola geometriyasining o‘zgarishiga tolani bukilishlari, tolani jo‘natish uchun maxsus g‘altaklarga o‘rash, so‘ng uni yotkazishdagi mexanik harakatlar ham ta’sir qiladi. Bu harakatlar tola deformatsiyasiga olib keladi va tolani profilini yoki o‘zakni qobiq markazida joylashuvini buzadi.
Qutblangan moda dispersiyasi pikosekundda (ps) da o‘lchanadi. Tola defektlarini qo‘shilishi va qutblangan moda dispersiyasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi natijasida seksiyadan seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi oshib boradi. Tolani xarakterlovchi bunday xoldagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm-1/2 da o‘lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir uchastkalarga mos keluvchi qutblangan moda dispersiyalarini o‘rtacha kvadratik yig‘indisini qo‘llash kerak.
Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan moda dispersiyasini ta’siri ushbu xollarda oshadi:

  • kanalda uzatish tezligi oshganda;

  • regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda;

  • kanallar soni oshganda (DWDM)- zich spektr bo‘yicha zichlashtirilgan texnologiya qo‘llanilganda.

Tolani ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin.

Download 330,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish