1-MA’RUZA MAVZUSI: Qo’shma gap uning turlari. Bog’langan qo’shma gaplar. Ergashgan qo’shma gap, uning turlari: bosh gapdagi ma’lum bo’lakni izohlovchi ergash gaplar. Bosh gapni to’liq izohlovchi ergash gaplar. Bog’lovchisiz qo’shma gap.Murakkab qo’shma gap, uning turlari: bog’lanish va bog’lovchisiz tuzilgan murakkab qo’shma gaplar. Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar, aralash tuzilgan murakkab qo’shma gaplar. O’zga gap va uning turlari. Matn.
Reja:
Ergashgan qo’shma gapning turlari
Ergashgan qo’shma gap komponentlari orasida tinish belgilarining ishlatilishi.
Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari o`rtasidagi mazmuniy munosabatlar
Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Murakkab qo`shma gaplar va ularning turlari: bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo`shma gaplar, ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo`shma gaplar
Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo`shma gaplar, aralash turdagi murakkab qo`shma gaplar
Ko’chirma gap
O’zlashtirma gap
Ko`chirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari
Matn haqida ma’lumot
Ergashgan qo`shma gap tarkibidagi qismlarning biri ikkinchisiga mazmunan, grammatik va intonatsiya jihatdan tobe bo`lib, uni aniqlash, to`ldirish kabi vazifalarni bajaradi. SHuning uchun ham qismlardan biri hokim, ikkinchisi tobe sanaladi. Bunda ergashgan qo`shma gap tarkibidagi hokim qism bosh gap, tobelanib kelgan qism esa ergash gap deb yuritiladi. Ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo`lagini izohlash, aniqlash to`ldirish uchun xizmat qiladi. Masalan: «Gar kishi olmasa hayotdan ta’lim, Unga o`rgatolmas hech bir muallim.» (Ro`dakiy.) gapida «Unga o`rgatolmas hech bir muallim» - bosh gap, «Gar kishi olmasa hayotdan ta’lim» - ergash gap. Ergash gap bosh gapni shart munosabatiga ko`ra izohlagan.
Ergashgan qo`shma gapda bosh gapning kesimi qo`shimcha to`liq shakllangan bo`ladi, lekin ergash gapning kesimi ko`p hollarda to`liq shakllanmaydi, shu tufayli ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar, asosan, ergash gapning kesimi tarkibida keladi yoki undan so`ng qo`shiladi. Masalan, O`z darajangga munosib o`ringa bilib o`tirsang, bu o`rindan seni hech kim qo`zg`atolmaydi. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur.) gapida ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita (-sa) ergash gapning kesimi tarkibida kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |