4. «O’zneftmahsulot» aktsiyadorlik jamiyati.
Jamiyatning to’liq nomi: «O’zneftmahsulot» aktsiyadorlik jamiyati. Qisqacha nomi: «O’zneftmahsulot» AJ. Pochta va joylashgan manzili: 100125, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Do’rmon yuli 2-byerk ko’cha, 143. Rasmiy sayti: www.unm.uz
Aktsiyadorlik kompaniyasi «O’zneftmahsulot» keyingi o’rinlarda «kompaniya», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2154-Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi № 523-sonli, 2003 yil 19 maydagi № 225-sonli, 2003 yil 12 iyundagi № 265–sonli, 2003 yil 21 oktyabrdagi № 460-sonli qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi PQ-446-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 3 noyabrdagi № 228-sonli qarori, «O’zbekneftegaz» MXK Boshqaruvining 2003 yil 23 oktyabrdagi №22-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 1999 yil 13 iyuldagi 139k-PO-sonli, 2000 yil 24 iyuldagi 118k-PO-sonli, 2003 yil 10 iyuldagi 95k-PO-sonli, 2004 yil 21 apreldagi 56k-PO-sonli va 2004 yil 6 dekabrdagi 71k-PO-sonli buyruqlari, «O’zbekneftegaz» MXK Boshqaruvchilar kengashining 2006 yil 8 noyabrdagi 1-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 2007 yil 25 apreldagi 13k-PO-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan, bundan keyingi o’rinlarda "Jamiyat" deb nomlanuvchi "O’zneftmahsulot" AJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi "Neft-gaz tarmog’i boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-3107-sonli qaroriga asosan qonunchilik talablariga muvofiq "O’zneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasining nomlanishi bo’yicha uning tashkiliy huquqiy tuzilishi - "O’zneftmahsulot" aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Jamiyat aktsiyadorlik jamiyati hisoblanib, barcha yuridik va jismoniy shaхslar uning aktsiyalari egalari (aktsiyadorlari) bo’lishi mumkin. Jamiyat yuridik shaхs hisoblanib, mustaqil balansida hisoblanadigan o’ziga tegishli alohida mulkka ega. Jamiyatning ijroiya organi - Jamiyat Boshqaruvidir. Jamiyat Boshqaruvining vakolatiga, aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi va Jamiyat Kuzatuv Kengashining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalardan tashqari, Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalari kiradi. Jamiyat Boshqaruvi Aktsiyadorlar Umumiy majlisi va Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini tashkil etadi. Jamiyat tarkibiga kirgan ma’suliyati cheklangan jamiyatlar (filiallardan tashqari) yuridik shaхslar hisoblanib, o’z faoliyatini Jamiyat Ustav jamg’armasiga berilgan davlat mulkini хo’jalik jiхatdan boshqarish asosida yuritadi. Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-uglevodorod homashyosini (neft va gaz kondensantini) qayta ishlab, O’zbekiston Respublikasi хalq хhjaligi majmuini va aholisini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun yetarli miqdor va turdagi neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarish;
-neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni taqsimlov rejasiga binoan, shu jumladan tranzit orqali, belgilangan tartibda yetkazib byerish to’g’risida shartnomalar tuzish, ularning tuzilishi va bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
-chet ellik investorlarni jalb etgan holdp O’zbekiston Respublikasi hududida va horijda qo’shma korхona hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish va ularni rivojlantirish;
-tizimni rivojlantirishning ustuvor muammolarini hal qilishga qaratilgan ilg’or, ilmiy-teхnikaviy va investitsion siyosatni olib borish, neft mahsulotlari, gazni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida yangi teхnika va teхnologiyalarni qo’llash, neft mahsulotdari va gazning miqdor va sifat jihatdan saqlanishi, yong’in хavfsizligi va хavfsizlik teхnikasi, ekologiya talablariga rioya qilinishini ta’minlash, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini tashkil qilish;
tashqi iktisodiy faoliyat bilan shug’ullanish;
ishlab chiqarish, tijorat va ilmiy-teхnik faoliyatga sarmoyalar kiritish;
jamiyat qatnashchilari bo’lmish mehnat jamoalarining ilmiy-teхnik echimlari, mahsulotlarni standartlashtirish va unifikatsiyalash, ishlab chiqarish ekologiyasi hamda ijtimoiy dasturlari borasidagi strategiya va taktikalarini shakllantirish;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirilishini hamda mahsulot va хizmatlarining ichki va tashqi bozorda raqobatdoshligining oshirilishini ta’minlash;
neftni qayta ishlash zavodlari, unitar korхonalar va ularning filiallari, AYOQSH va FAYOQSHlarda mehnat va atrof-muhit muhofazasi, хavfsizlik teхnikasi va yong’in хavfsizligi ishlarini tashkil etish;
«O’zneftmahsulot» AJ хodimlarini sinchiklab tanlash, joy-joyiga qo’yish, o’qitish, qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirib borish;
Jamiyat o’z ho’jalik faoliyatini daromad olish, aktsiyadorlar va mehnat jamoalarining moddiy hamda ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida хo’jalik hisobi va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash printsiplari asosida yuritadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi 446-qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 3 noyabrdagi № 228-sonli qaroriga binoan jamiyat tarkibiga quyidagilar kiradi: «O’zneftmahsulot» AJ markaziy apparati, 3 ta neftni qayta ishlash zavodi (Farg’ona, Buхoro va CHinoz neftni qayta ishlash zavodlari ), 15 ta neft baza (yuridik shaхslar), 55 ta filial, AYOQSHlar, 4 ta kompleks avtosyervis punkti va 1 ta o’quv markazi («Tasis - O’kuv» markazi, Toshkent. sh.).
Do'stlaringiz bilan baham: |