Ma’ruza mavzu



Download 0,61 Mb.
bet2/5
Sana31.05.2022
Hajmi0,61 Mb.
#622795
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза №11

Generalizasiya turlari
Kartografik generalizasiya ─ generalizasiyaning yagona “qonuniy” turi, degan tasavvurdan voz kechib, uning har xil tur va variantlarda mavjud bo’lishini tan olish vaqti keldi. Turli geotasvirlar misolida bu turlar va variantlarni tahlil qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini tushunish, bir-birini to’ldiradigan birgalashuvlari imkoniyatlarini baholash zarur.
Kartografik generalizasiya ─ kartada tasvirlangan obyektlarning asosiy, o’ziga xos xususiyatlarini kartaning maqsadi, mazmuni va masshtabiga, hamda kartaga olinayotgan hududning xususiyatlariga mos holda tanlash (saralash), umumlashtirish va asosiylarini ajratishdir. Generalizasiya obyektlarning sifat va miqdoriy tavsiflarini umumlashtirishda, xususiy tushunchalarning umumlashtiruvchi tushunchalar bilan almashtirishda, fazoviy joylashuvning asosiy belgilarini ko’rsatish uchun xususiylikka va alohida belgilari bo’yicha ajratishda namoyon bo’ladi. Ketma-ket generalizasiya jarayonida obyektning muhim belgilari, asosiy qonuniyatlar, asosiy aloqalar aniqroq namoyon bo’la boshlaydi, yirikroq darajadagi geotizimlar ajrala boshlaydi.
Generalizasiya tufayli karta obyektning oddiy nusxasi bo’lmay qoladi. U kartografning “boshi” va “qo’li”dan o’tib, uning obyekt haqidagi tasavvurlari, bilimi, ilmiy tajribasini o’zida jamlaydi. Falsafiy kategoriyalarga tayanib, generalizasiya qilingan kartani obyektiv voqyelikning subyektiv obrazi, deb atash mumkin. Voqyea qanchalik to’liq o’rganilgan bo’lsa, ijodiy fikr yuritilgan va kartograf tomonidan o’zlashtirilgan bo’lsa, u shunchalik haqiqatga yaqin, ya’ni voqyelikni to’g’ri va mos ravishda aks ettiradi. Ayniqsa bu sintetik mavzuli kartalarga tegishlidir.
Masofali generalizasiya. Aerokosmik suratlarni generalizasiya qilish boshqacharoq kechadi. U, avvalambor, suratga olishning balandligi oshirilishi hisobiga paydo bo’ladi, bunda ko’plab obyektlar farqlanmay qoladi. Boshqacha qilib aytganda, masshtab maydalashgan sari suratda obyektni tiniq tasvirlash ham pasayadi, joyning mayda belgilarini alohida tasvirlanishi qiyinlashadi. Bundan tashqari, suratga olish apparaturasi qanchalik yuqori ko’tarilsa, atmosfera qatlami shunchalik zich bo’ladi, shuning uchun yerdagi obyektlar chegaralari yoyilib tasvirlanadi, tiniqligi kam bo’lgan obyektlar esa bir-biriga qo’shilib ketadi.
Masofali generalizasiya deganda suratlardagi tasvirni geometrik va spektral umumlashtirish tushuniladi, bu umumlashtirish esa bir qator texnik omillar (suratga olish usuli, uning balandligi, spektral diapazoni, masshtabi, aniqligi) va tabiiy xususiyatlar (joy relyefi, atmosfera sharoitlari va h.k.) bilan belgilanadi. Bu turdagi generalizasiya turlicha ataladi: optik, fotografik, kosmik, mexanik va h.k., biroq “masofali generalizasiya” iborasi kengroq ma’noga ega bo’lib, uni barcha masofali geotasvirlarga: fotografik, televizion, skanerli, lokasion va boshqalarga, shuningdek, uni nafaqat kosmik, balki yer ustidagi va suv ostini masofali geotasvirlashga ham qo’llash mumkin.
Masofali generalizasiyada obyektning spektral va geometrik tavsiflari integrasiyalanadi (sintezlanadi), tasvir detalliligining o’zgarishi esa uning tuzilmasini qayta tuzilishiga olib keladi. Mayda masshtabli kosmik suratlarda generalizasiya shunchalik kuchli bo’ladiki, lito-, atmo-, gidro- va biosferaning hamda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmaning yirik (planetar) bloklari aniq ko’rinadi. B.V.Vinogradovning ta’kidlashicha, kosmik suratlarda generalizasiya yirik tabiiy tuzilmalar tavsif darajasini yuqori darajaga ko’taradi.
Masofali generalizasiya ─ mexanik jarayon hisoblanadi, biroq uni muayyan darajada nazorat qilish, masalan, suratning yoki boshqa diapazonlarning, ta’sirchan materiallarning va suratga olish apparatlarining texnik o’lchamlarini o’zgartirish mumkin.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish