Ma’ruza mavzu



Download 0,61 Mb.
bet1/5
Sana31.05.2022
Hajmi0,61 Mb.
#622795
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза №11


11 - MA’RUZA
Mavzu: GEOTASVIRLAR GENERALIZASIYaSI
Reja:
1.Gnoseologik jihatlar
2.Generalizasiya turlari

Gnoseologik jihatlar
Generalizasiyalanganlik ─ geotasvirlarning ajralmas xususiyatidir. Generalizasiya qilinishning shakli va ifodasi qanchalik turli-tuman bo’lmasin, uning mohiyati doim bitta ─ bu ham bo’lsa obyektlarning asosiy, faqat o’ziga xos belgilari, xususiyatlari hamda o’zaro aloqalarini geotasvirning masshtabi, maqsadi, tasvirga olishning texnik sharoitlariga mos holda ifodalashdir. Hattoki, yirik masshtabli kartalar va suratlar ham albatta generalizasiyaga uchraydi. Rus geografiya fani klassigi N.N.Baranskiyning yozishicha, “generalizasiya, aynan (bevosita), kartaga xos bo’lib, kartograf umuman olganda hyech qanday generalizasiya haqida o’ylamay ham turib, birinchi marta planga olish paytidayoq hamda dastlab kartani tuzgandayoq generalizasiya bo’yicha ishlarni bajargan bo’ladi”.
Aytish joizki, insonga xos bo’lgan atrofdagi borliqni idroq qilish, anglash va tasvirlash usuli generalizasiya qilish jarayonida o’z ifodasini topadi. Shuni nazarda tutgan holda, A.F.Aslanikashvili generalizasiyani aniq bir fazoni abstraktlashtirish shakli sifatida talqin etadi va kartani ─ “fazoviy tuzilmaning soddalashtirilgan, abstraktlashtirilgan modeli”, ─ deb ataydi. Ta’rif kartografik generalizasiyaning mohiyatini yetarlicha yaqqol ifodalaydi va boshqa geotasvirlarga ham tegishli bo’ladi.
Generalizasiyaning nazariyasi va metodlari ko’p vaqtlardan buyon kartograflarning diqqat-markazida turadi. Ushbu muammolar bo’yicha batafsil sharhlar adabiyotlarda mavjud [1], so’nggi yillarda esa generalizasiyaning gnoseologik jihatlari bilan masofali zondlash, raqamli kartografiya bo’yicha mutaxassislar, animasion geotasvirlar mualliflarining qiziqishini o’ziga tortmoqda. Kartografiyada generalizasiyaning nazariy masalalarini yechish, ularni bilish bo’yicha, sohadagi fikrlar qarama-qarshiligi hamda izlanishlar, buni yechishga turli yondashuvlarni keltirib chiqardi. Muammoni o’rganishning dastlabki bosqichlarida asosiy e’tibor kartografik generalizasiyaning subyektivligi, bu jarayonni dasturlashtirish zaruriyat ekanligi muallifining shaxsiy tajribasi, grafikli ko’nikmalari va san’at korona (badiiy) didiga bog’liqligi masalalariga qaratildi. Biroq, asta-sekin bu boradagi qarashlar o’zgara bordi. Generalizasiyaga tasvirlanayotgan voqyelikning mantiqiy-grafikli abstraktlashning maqsadga binoan va obyektiv jarayon sifatida qaray boshladilar. Relyef, gidrotarmoqlar, aholi punktlari va hokazolar obyektlarni turli masshtabli kartalarda tasvirlash bo’yicha generalizasiya qilish me’yorlari va qo’llanmalari ishlab chiqildi, geografik mezonlar va tamoyillar ta’riflab berildi, bir masshtabdan boshqasiga o’tishda generalizasiya jarayonining bog’liq ekanligini belgilashga bag’ishlangan urinishlar amalga oshirildi.
Nazariy izlanishlarda asosiy e’tibor kartaning generalizasiya qilinishi darajasi va uning ma’lumotliligi o’rtasidagi nisbat muammosiga qaratildi. Generalizasiya ma’lumotlarni qisqartiruvchi “muqarrar musibat”mi yoki u umumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasidagi qandaydir yangi qo’shimcha axborotni beradimi, degan masala xususida keskin baxs-munozaralar paydo bo’ldi.
K.A. Saliщyev, yirik masshtabdan mayda masshtabli kartalarga o’tilganda doim ularning axborotliligi pasayadi, yaxshi o’tkazilgan generalizasiya esa faqat axborot yo’qolishini kamaytiradi, degan fikrga e’tiroz bildirib, shunday deb ta’kidlaydi: “Haqiqatda esa generalizasiya ortiqcha, ahamiyatsiz axborotni kamaytirib, voqyea-xodisalarning asosiy belgilari va xususiyatlarini idrok etishni osonlashtiradi, yuqori toifali tizimlardagi katta fazoviy maydonlarda namoyon bo’ladigan joylashuv qonuniyatlarini ochib beradi, oxir-oqibat yangidan-yangi bilimlarni o’zlashtirishga olib keladi”. Aytish joizki, bu fikr yuqorida tilga olingan N.N.Baranskiyning generalizasiya kartaning “sig’imliligi”ni oshiradi, degan fikriga hamohang ekanini ta’kidlashimiz mumkin. Bu haqda u 1946 yildayoq, ya’ni “kartaning axborot sig’imi” degan ibora hali paydo bo’lmaganida va u tor hamda ma’noli texnik ta’riflari ishlab chiqilmagan paytlarda gapirgan edi, bunday ta’riflar kartografik generalizasiya jarayonida yangi axborot paydo bo’lishi imkoniyatini inkor etgan.
Agar generalizasiya qat’iy ilmiy tamoyillar asosida olib borilgan bo’lsa, u sifat jihatdan yangi axborotni qo’lga kiritishni ta’minlaydi, yangi qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradi ─ bu iborani ilmiy va amaliy tadqiqotlarda kartalardan foydalanadigan mutaxasislar yaxshi biladilar. Geotasvirlar voqyelik modellari sifatida qaralganda shunga ishonch hosil qilish mumkinki, aynan generalizasiya yangi tushunchalar va ilmiy abstraksiyalarni grafikli obrazlar ko’rinishida shakllantirish va vizuallashtirishga ko’maklashadi. Bunga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Yirik masshtabli aerofotosuratlarda ko’pincha tog’ jinslarining yoriqlari yaxshi ko’rinadi, biroq o’rta masshtabli suratlar va kartalarda ularni ko’rib bo’lmaydi, lekin suv oqimlari tizimi bilan yanada aniq ko’rinadigan bo’lakli tektonika yaqqol ko’zga tashlanadi. Eng mayda masshtabli kartalarda va kosmik suratlarda endi yoriqlar va bo’laklarning alohida tizimlari emas, balki lineamentlarning shoxobchalari ancha aniq ko’rinadi (5-jadval). E’tiborga loyiqki, mayda masshtabli kuchli generalizasiyalangan geotasvirlarda yer guruhga kiruvchi barcha sayyoralarda lineamentlarning joylashuvi qonuniyatlarini kuzatish imkonini berdi, buning sababi, balki, ularning sayyoralar uchun umumiy bo’lgan rotasion kuchlanish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, yirik masshtabdan maydaroq masshtabga o’tganda yoki aksincha, geotasvirlarda generalizasiya jarayoni bo’yicha bir tartibdagi qonuniyatlar go’yoki yoyilib ketadi yoki umuman yo’qoladi, boshqa tartibdagilari esa paydo bo’la boshlaydi, deb ta’kidlash mumkin.
Kartalar legendalarini generalizasiya qilishda sifat va miqdor bo’limlarining umumlashtirilishi muqarrar ravishda barcha tabiiy kartalarda tasvirlangan geotizimlarning toifasining oshishiga olib keladi.
Geologik jinslar yoshining kartalar masshtabi bilan bog’liqligi
5-jadval

Masshtablar

Stragrafik bo’limlar

Tizimlar

Bo’limlar

Qavatlar

Seriyalar

Toifalar

1:20 000 000
















1:10 000 000
1:7 000 000
















1:5 000 000
1:2 500 000
















1:1 000 000
1:500 000
















1:500 000 dan yirik















Generalizasiyaning sifat jihatdan yangi axborot berishi alomatlari ko’p martalab aerokosmik suratlar bilan tasdiqlangan. Mayda masshtabli suratlarda generalizasiya suratga olish balandligining oshirilishi yoki obyektiv fokusi masofasining kamaytirilishi orqali, insonning bevosita ishtirokisiz, uning irodasiga, bilimlariga va tasavvurlariga bog’liq bo’lmagan holda yuzaga keladi. Masalan, B.V.Vinogradovning ta’kidlashicha, u tuzgan 1:10 000 va undan yirik masshtabdagi suratlarda o’simlik assosiasiyalari guruhlari va bo’limlari, maxsus sohalar va landshaftlar guruhlari aks etadi. 1:100 000 ─ 1:1 000 000 masshtabli suratlarda butun bir o’simlik assosiasiyalari, assosiasiyalar sinflari va hattoki formasiyalar ko’rinadi, landshaft chegaralari, joylar, alohida landshaftlar turlari yaxshi farqlanadi, 1:1 000 000 masshtabdan mayda bo’lgan suratlarda esa bu obyektlar yo’qoladi, siyqalashadi, biroq o’simliklarning turlari va sinflari, landshaftlar maydonlari va turlari, kenglik zonalar va sektorlar yaqqol ajratiladi.


Bitta hududning turli spektral, geometrik va mavzuli generalizasiyali ko’p masshtabli kosmik suratlari tabiiy (faqat tabiiy emas) tuzilmalarning iyerarxik tuzilmasi haqida axborot berishga qodir. Geologik masalalar nuqtai nazaridan qayd etilishicha, ko’p masshtabli va “multigeneralizasiyalangan” surat turli chuqurlikdagi tektonik tuzilmalar haqida axborot olish imkonini beradi, ya’ni masshtabning kamaytirilishi go’yoki tasvirning “chuqurliligi”ni oshiradi.
Kartalar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, generalizasiya kartometrik va statistik hisoblashlar davomida olinadigan miqdoriy ko’rsatkichlarga ancha sezilarli darajada ta’sir qiladi. Odatda, kuchli generalizasiyalangan kartalar bo’yicha hisoblangan morfometrik ko’rsatkichlar ancha katta xatoliklarga ega bo’lishi mumkin.
Xatoliklar tartibi yoki ularning turli areallardagi nisbiy miqdorlarini bilish kerak bo’lganda, o’rta masshtabli kartalardan foydalanish mumkin. Aniq morometrik ko’rsatkichlarni olish talab qilinganda, faqat yirik masshtabli kartalardan foydalanish lozim. Ma’lum bo’lishicha, agar 1:100 000 masshtabli kartada ko’rsatilgan suv oqimlari sonini 100 foiz deb qabul qilsak, 1:200 000 masshtabli kartada ularning faqat 70 foizi, 1:500 000 masshtabli kartada esa 42 foizi va 1:1 000 000 masshtabli kartada bor-yo’g’i 18 foizi qoladi. Mos ravishda, suv oqimlarining umumiy uzunligi va daryolar tarmog’i sonining ko’pligi ham o’zgaradi. Demak, eroziyalangan bo’limlarning haqiqiy miqdorlarini hisobga olish uchun yirik masshtabli kartalardan foydalanish kerak, biroq gidrografik tarmoqning tarkibiy belgilarini aniqlashda mayda masshtabli kuchli generalizasiyalangan kartalarning ahamiyati beqiyosdir.
Kartografik generalizasiya statistik taqsimlanishlar xususiyatlarini ham o’zgartirib yuborishi va masalan, tasvirning mayda detallari yo’qolishi hisobiga asimmetrik bo’lmagan taqsimlanishga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa mayda obyektlar, qabul qilingan me’yorlar bo’yicha ongli tarzda, olib tashlangan kartalarga xos, shuningdek, bunday qonuniyatlar mayda masshtabli va aero-kosmik suratlarda ham namoyon bo’ladi. Natijada obyektlarning haqiqiy normal taqsimlanishini ko’pincha logarifmli normal ko’rinishda ifoda etiladi.
Kartografik generalizasiya korrelyasiya ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishga katta ta’sir qilmaydi, biroq ko’p hollarda mayda masshtabli tasvirlarga o’tishda aloqa zichligining muayyan yiriklashuvi kuzatiladi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
R (A B)1:m1 ≥ R (A B)1: m2 bunda m1>m2
Bu yerda R (A B) – A va V hodisalar uchun hisoblangan korrelyasiya (tuzatish) ko’rsatkichi, m1 va m2 ─ tegishli kartografik tasvirlarga mos keladigan masshtablar mahraji.
Nafaqat kartalarga, balki boshqa geotasvirlarga xos bo’lgan bunday qonuniyat shu bilan izohlanadiki, generalizasiyada ko’plab kam ahamiyatli detallar yo’qoladi, go’yoki “tasodifiy” konturlar va areallar olib tashlanadi, tasvirlangan obyektning asosiy tuzilish alomatlari aniqroq ko’rsatiladi.
Aerokosmik geotasvirlarni generalizasiya qilish kam o’rganilgan, bu esa uni uzoq vaqt maboynida mexanik va ijodiy bo’lmagan xususiyati tufayli “haqiqiy” deb tan olinmaganligi bilan bog’liq. Generalizasiyaning suratlarda o’z-o’zidan paydo bo’lishi aerofototopografiyada, keyinchalik esa masofali zondlashda ham generalizasiyani ilmiy o’rganishga juda kam ahamiyat berilishga olib keldi. Uning gnoseologik va evristik xususiyatlari uzoq vaqt o’rganilmasdan qolavergan.
Generalizasiya jarayonini nazariy anglash muammolari kartografik avtomatikaning joriy etilishi munosabati bilan yuzaga keldi. Ma’lumki, kartalarni avtomatik usulda tuzish yo’lida juda ko’p to’siqlarni yengishga to’g’ri keldi, biroq shunga aynan generalizasiyaning o’zi to’g’onoq bo’ldi. Gap shundaki, generalalizasiya jarayonida kartograf ko’pincha mazmun mutanosibligiga erishishga intilib geometrik aniqlikni buzadi, boshqacha qilib aytganda, formal geometrik tamoyillardan tashqari u yana obyektlarning geografik ahamiyatini hisobga oladigan mezonlar qimmatidan ham foydalanadi.
Avtomatik yondashuvlar miqdoriy ko’rsatkichlarni umumlashtirish, chiziqlarni soddalashtirish va silliqlash, berilgan asshtabda ifodasini topmagan konturlarni olib tashlash, yoki aksincha, yaqinlik mezonlari asosida areallarni birlashtirish uchun juda zo’r moslashtirilgan. Biroq bunday amallar bilan kartografik generalizasiya imkoniyatlari chegaralanmaydi. Avtomatlashtirilgan generalizasiyaga yondashuvlar va nazariy konsepsiyalarga kelsak, ular hali yaxshi rivojlanmagan va approksimasiya va filtrasiyaning matematik nazariyasida ozmi-ko’pmi erkin talqin etiladi.
Nihoyat, dinamik geotasvirlar paydo bo’lishi bilan yangi imkoniyatlar va yangi muammolar ham paydo bo’ldi. Fazoviy va mazmunli generalizasiya yana bitta o’lchamga ─ vaqt o’lchamiga ega bo’ldi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish