geoinformasion konsepsiyani vujudga keltirib chiqardi, uning asosiy holatlarini quyidagicha tushunish mumkin:
- kartografiya ─ geotizimlarni ma’lumotnomali-kartografik modellashtirish tizimi va bilish haqidagi fan, deb qaraladi;
- karta ─ borliqning obrazli-belgili geoinformasion modeli sifatida namoyon bo’ladi;
- asosiy nazariy izlanishlar yo’nalishlari ─ geoinformasion kartalashtirish, kartografik modellashtirish, kartografik belgilar tizimi nazariyasini ishlab chiqishga va belgilar tizimini tushunish muammolarini yechishga qaratiladi;
- kartografiyaning asosiy aloqalari ─ Yer va jamiyat haqidagi fanlar, informatika va semiotika bilan bog’liq.
Geoinformasion konsepsiya birinchi tomondan, kartani model sifatida gnoseologik xususiyatini va katta tafakkur imkoniyatlarini o’zida mo’jassamlaydi, uni sanat asari sifatida ifodalaydi; boshqa tomondan, ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositasi sifatida qarab, bularni bir butun qilib birlashtiradi. Kartografik modellar GISda geoinformasion qatlamlar kabi raqamli yoki obrazli grafikli shakllarda namoyon bo’ladi, ba’zi hollarda ular boshqa grafikli tasvirlar bilan birikmada beriladi.
Yangi integral konsepsiyaning shakllanishini chuqur ildizlari tizimli kartografiyaning nazariyasida bo’lsa, uning boshlanishi matematik-kartografik modellashtirish va kartografik tadqiqotlar usulidadir.
Kartografiya nazariyaning fundamenti sifatida uning geoinformatika bilan o’zaro yanada yaqin ta’sirlashuvi bo’lishiga asos bor. Ta’kidlash joizki, nazariy konsepsiyalarning kuchayayotgan konvergensiyasi bu ularning barcha farqlari va ziddiyatlari yo’q qilingan va nazariy tasavvurlar muvaffaqiyatli holda bir oqimga birlashdi degani emas. Aks holda, bunday holatni kartografiya nazariyasida kuzatmaymiz. Turli konsepsiyalar o’zicha rivojlanaveradi, bunda biz faqat tizimli yondashuv haqida gapirib, antagonizmni yengish, fikrlar uyg’unligini kelishib, aniqlab, uslubiy nazariy yutuqlardan foydalanib rivojlanaveradi.
Kartografiya va geoinformatikaning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kartografik nazariyada muhim yo’nalish ─ geoinformasion kartaga olish va uning tarmoqlari: tezkor va dinamik kartaga olish, GIS-monitoring va boshqalar paydo bo’ldi va kuchli rivojlanmoqda.
Keyingi bobni bayon qilish uchun bo’lim bo’yicha, “shakllangan murakkab va ko’p o’lchamli kartografik-geoinformasion muhitda to’xtovsiz ravishda o’zida kartalar xossalari, aero va kosmik suratlar va kompyuter modellarni mujassamlashtirgan, yangidan-yangi asarlar paydo bo’lmoqda”, ─ degan bosh xulosani keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |