Maruza. Mavzu: iptv texnologiyasining asosiy xususiyatlari



Download 45,07 Kb.
Sana28.10.2022
Hajmi45,07 Kb.
#857760

15-Maruza. Mavzu: IPTV texnologiyasining asosiy xususiyatlari.
IPTV texnologiyasi - interaktiv rejimda va eshittirish rejimida IP tarmoqlari bazasida multimediali xizmatlarni (TV, audio/video, matn) yetkazish texnologiyasini o‘zida namoyish etadi.
IPTV texnologiyasi quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

  • Interaktiv TV. IPTV imkoniyatlari, ikki tomonlama uzatishni ta’minlash, Operator-Provayderga interaktiv ilovalarning keng spektrida xizmat ko‘rsatish imkonini beradi; standart televideniya, yuqori aniqlikdagi televideniya, interaktiv o‘yinlar, Internetga yuqori tezlikda ulanish.

  • Personalizatsiya. IPTV tizimi ikki tomonlama aloqani ta’minlaydi va foydalanuvchilarga, ularning xohishlariga binoan ko‘rish imkonini beradi (masalan, VoD - talab bo‘yicha video xizmati - abonent buyurtmasi bo‘yicha Operator videoserveridan filmlarning translyatsiyasi).

  • Qoldirib ko‘rish. Videomagnitofon bilan IPTV kombinatsiyasi - keyin ko‘rish uchun IPTV kontentini yozish uchun mexanizmni ta’minlaydi.

  • Turli tipdagi terminallar qo‘llanilgandagi IPTV xizmatiga ulanish - IPTV kontentini ko‘rish faqatgina televizion qabul qilgichlar orqali chegaralanmaydi. IPTV xizmatlariga ulanish uchun foydalanuvchilar o‘zlarining personal kompyuterlari va mobil qurilmalaridan foydalanishlari mumkin.

IPTV arxitekturasi
IPTV tizimi arxitekturasining umumiy ko‘rinishi 3.7-rasmda keltirilgan. Arxitektura o‘zining tarkibiga quyidagi funksional bloklarni kiritadi:
- kontent manbalari. Kontent manbai IPTV ma’lumotlar markazi sifatida aniqlanadi, ishlab chiquvchidan video kontentni qabul qiluvchi (eshittirish dasturlari, filmlar, o‘yinlar va boshqalar). So‘ngra kontent kodlanadi va foydalanuvchilarga uzatiladi yoki VoD xizmati uchun ma’lumotlar bazasida yig‘iladi;
- IPTV xizmati bog‘lamalari. Xizmatlar bog‘lamasi turli formatlardagi video oqimlarni qabul qilish komponentini o‘zida ifodalaydi. So‘ngra bu video oqimlar IP tarmoqda uzatish uchun paketlarga inkapsulyatsiyalanadi;
- keng polosali tarmoqlar. Magistral tarmoqlar va ulanish tarmoqlaridan iborat bo‘lgan keng polosali tarmoqlar, yuqori o‘tkazish qobiliyati, yuqori ko‘rsatkichli xizmat ko‘rsatish sifati va taqsimlovchi imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Bunday tarmoqlarning asosiy xususiyati, xizmatlar bog‘lamasidan foydalanuvchilar qurilmasiga IPTV ma’lumotlar oqimini ishonchli taqsimlash uchun zarur bo‘lgan ko‘p adresli jo‘natish (multikasting) hisoblanadi. IPTV magistral tarmoqlarda tolali optik liniyalar, ulanish tarmoqlarida turli keng polosali - simli va simsiz texnologiyalar qo‘llaniladi;



3.7-rasm. IPTV tizimining soddalashtirilgan arxitekturasi

- foydalanuvchi qurilmasi. IPTV foydalanuvchi qurilmasi tarkibiga, keng polosali tarmoq oxiri bilan shakllanuvchi interfeys vositasi kiradi. Bu yerda uy tarmog‘ini tashkil qiluvchi shlyuzlar qo‘llanilishi mumkin. Foydalanuvchi qurilmasidagi IPTV trafikni terminallashtiruvchi funksional blok IPTV mijozi deyiladi. Odatda bu blok TV – qo‘shimcha ko‘rinishida qo‘llaniladi. TV-qo‘shimchaning asosiy vazifasi o‘zining tarkibiga xizmatlar bog‘lamasi bilan ulanishni o‘rnatish, video oqimlarni dekoderlash, foydalanuvchi tomonidan boshqarishni aks etishi va monitorga ulanishni kiritadi.


IPTV tarmoqlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan standartlarning katta to‘plami qo‘llaniladi: ITU-T, ETSI, IETF, MPEG. TV – signalini siqish standartlari talab etilgan o‘tkazish oralig‘ini o‘n va yuz martaga kamaytirish imkonini beradi. Raqamli eshittirish standartlarini keng tarqalgani yevropa standarti DVB, amerika standarti ATSC va yaponiya standarti ISDB hisoblanadi. IPTV xizmatlarini taqdim etuvchi tarmoq protokollarining katta soni orasida quyidagi ayrimlarini aytamiz: transport protokollari UDP, RTP va RTCP; signalizatsiya protokollari SIP, H.323; mashrutizatsiya protokollari RIP, OSPF, ko‘p adresli jo‘natish protokoli IGMP.
Download 45,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish