Suvga sakrash katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, baland qirg'oqda yoki ko'prik ustida turgan kishi suvga cho'kayotgan odamni qutqarib qolish uchun o'sha joydan suvga sakrab sho'ng'ish kerak. Suvga sho'ng'ish usullari bor. Oddiy sho'ng'ish usulini o'rganish qulay. Bunda suvga kalla tashlash yoki tikka turib sakrash usullari qo'llaniladi. Tikka turib sakraganda ko'prikcha chetida qo'llarni qo'llarni yonboshga siqib turiladi va go'yo zinaning pastki bosqichidan sakragandagidek suvga sakraladi. Havoda oyoqlar cho'zilgan, gavda tik, bosh ko'tarilgan, qo'llar yonboshga siqilgan bo'lishi kerak. Kalla tashlaganda ko'prikcha chetida turib, qo'llarni elka kengligida oldinga cho'zish, so'ngra pastga siltab orqaga uzatish va gavdani oldinga tashlash kerak. Qo'llarni orqada to'xtatib turmay tezgina oldinga siltab, bosh ustida juftlashtirish va ayni bir vaqtda suvga sakrash kerak. Havoda gavda yarim doira shaklida chiziq chizib o'tishi va suv sathiga nisbatan 8090 gradus burchak hosil qilib sho'ng'ish lozim. Suvga sakraganda gavda cho'zilib turishi, oyoq-qo'llar to'g'ri chiziq hosil qilishi lozim. Borgan sari balandroqdan sakrash kerak. Sport musobaqalarida 5-10 metrli so'rilar 1 va 3 metr baland tramplinlardan sho'ng'iladi. Nazorat savollari: Suzishning maqsadi va vazifasi.
Suzishga o'rgatishni yosh ko'rsatkichlari.
Tabiiy va sun'iy suv havzalari, ularga qoyiladigan talablar.
Suv xavzalarga qoyiladigan gigienik va texnik talablar.
Suv muolajalarining qabul qilish uslublari.
Organizm sistemalariga suv muolajalarining ta'sirlari.