Ma’ruza matnlari.
62
1.
Metall so‘ziga -
lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, nega uchta l talaffuz qilinmaydi?
2.
Ba’zi mutaxassislar o‘zbek tilidagi [
f] tovushini o‘zlashma deyishadi. Uning o‘zlashma
emasligini kechasi o‘chgan elektr chirog‘i yonishi vaqtidagi holat bilan qanday asoslash mumkin?
3.
Unlilar og‘iz bo‘shlig‘ida uchramaydi. Bu hukmda qanday ilmiy va mantiqiy xatolik mavjud?
1. Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi. Lisoniy sathlar sirasida
fonetika nutqning eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun
moddiy asos bo‘luvchi birliklarini beradigan sath sifatida ajralib turadi.
Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq
birliklari ― tovush yoki tovushlar sistemasi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq
tovushi o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida
namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar:
a) talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi
mahsuli (fiziologik jihat);
b) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (akustik jihat);
d) kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funksional,
sotsial, lisoniy jihat).
Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati – uning funksional aspekti.
Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda
tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zi mutaxassislar nutq tovushining
fiziologik tomoni biologiya, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti
bo‘lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan
fikrni ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-biridan ajralmas, ularni
yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan qarash tarafdori. Ana shu ikki xil qarash
kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi.
Natijada fonetika nutqiy variant (
nutq tovushi)ni, fonologiya esa lisoniy
invariant (
fonema)ni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘ldi. Biz
“Hozirgi o‘zbek tili” kursida tilning lisoniy strukturasini o‘rganishimiz
zarurligi tufayli tahsil obyektimiz fonema bo‘ladi.
Fonetika termini grek tilidan tarqalgan bo‘lib, “fonetikos” – “tovushga oid”
degan ma’noni bildiradi. Fonetika inson nutqi tovushlari va tovushlar
talaffuziga bog‘liq har xil masalalar bilan shug‘ullanadi.
Har bir tilning tovushlar tizimi o‘ziga xos. Ammo xalqlar til nazariyalarini
bir-birlaridan o‘zlashtiradilar. Ana shunda katta muammo va chalkashliklar
paydo bo‘ladi. Bu muammo bir til qurilishi asosida yaratilgan nazariyalar
asosida boshqa til hodisalari ham baholana boshlashida namoyon bo‘ladi.
Natijada keyingi tilning xususiyatlari oldingi tilga xos ilmiy stereotiplar
asosida tahlil qilinadi va tilning haqiqiy xususiyatlari e’tibordan chetda qoladi.
Bu holat tillar tadqiqida alohida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan “lingvistik
kasallik” dir. Fonetika ham bu “kasallik”dan xoli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: