“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot. Me’yor – lisoniy birlikning
nutqda voqelanishi uchun tanlanish omil va usullari majmui. Masalan, o‘lmoq fe’li o‘rnida asfalasofilinga ravon bo‘lmoq iborasini qo‘llab bo‘lmaydigan
vaziyat va holatlar mavjud. Ana shu vaziyat va holat – me’yorning bir
ko‘rinishi. Me’yorni lisonning nutqqa aylanish muhiti, sharoiti deyish ham
mumkin. Insonning nutqiy qobiliyati qaysi birlikdan qay vaziyatda qaysisini
qo‘llash malakasidir. Bu qobiliyat nutqiy muhitni his etib, lisonga murojaat
qilishni ta’minlaydi.
Ma’ruza matnlari.
19
Bir-birini taqozo etuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan lison – me’yor – nutq zanjirida faqat nutq tashqi (moddiy) shaklda (og‘zaki, yozma) namoyon
bo‘ladi va sezgi a’zolarimizga ta’sir qiladi.