Glossariy
undosh fonema – tarkibida shovqin ishtirok etadigan fonema
lab undoshi – artikulyatsiya o‘rni lab bo‘lgan undosh
til undoshi − artikulyatsiya o‘rni til bo‘lgan undosh
bo‘g‘iz undoshi − artikulyatsiya o‘rni bo‘g‘iz bo‘lgan undosh
jarangli undosh – tarkibi ovoz va shoqindan iborat undosh
jarangsiz undosh − tarkibi shoqindan iborat undosh
portlovchi undosh – kuchli to‘siqqa uchraydigan undosh
sirg‘aluvchi undosh – kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh
portlovchi-sirg‘aluvchi undosh – bir tomondan kuchli, ikiknchi tomondan kuchsiz to‘siqqa
uchraydigan undosh
korrelyativ belgi − ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan
belgi
korrelyativ bo‘lmagan belgi − ziddiyatda turgan fonemaning har birida mavjud belgi
Do'stlaringiz bilan baham: |