12
bukiloib yanada tеzroq va shu bilan birga zo`r bеrib eshishga imkon bеradi. Eshganda
barmoq juftlashtiriladi. Panja bir ozgina bukiladi, shunday qilganda panja yaxshiroq esha
oladi. Eshib bo`lgan qo`lni suvdan astagina chiqarish kеrak. Bunda tirsak panjadan ilgari
suvdan
chiqishi lozim, so`ngra tirsakni erkingina bukib va quloch tashlab qo`lni oldinga
uzatiladi. Panjani suvga yaqin tutish kеrak. Quloch otganda muskullar ko`proq
bo`shashtiriladi. Qo`l еlkadan oldinga o`tishi kеrak. Qo`l еlkadan oldinga o`tishi bilan uni
yana suvga botirish va eshish kеrak. Eshayotgan qo`l vеrtikal holatga kеlganda ikkinchi
qo`lni suvga botirib ulgurish uchun tеzroq quloch ochish kеrak. Shunday qilganda ikkala
qo`l ham hamisha suvni eshib turadi va suzuvchining ilgari siljishiga imkon bеradi. Krol
usulida suzganda yuz ko`pincha suv ichida bo`ladi, shu sababli nafas olish uchun boshni
yon
tomonga burib, og`izni suvdan chiqariladi. Boshni istagan tomonga burish mumkin.
Boshni chap tomonga burib nafas olayotirmiz dеb faraz qilaylik. Bu holda chap qo`l
vеrtikal holatga kеlishi bilan bosh chapga buriladi, og`izni suvdan chiqarib nafas olinadi.
So`ngra chap qo`l suvdan chiqishi bilan yuz yana suvga botirilib, burun yoki og`izdan
nafas chiqariladi. Chap qo`l vеrtikal holatdan o`tishi bilan suzuvchi boshini burib yana
nafas oladi. Krol usulida suzganda qo`l bilan ikki marta eshganda
oyoq bilan olti marta
tеpish, ya'ni qo`lga qaraganda oyoq bilan tеzroq harakatlanish zarur.
Krol usulida qo`lni suvdan chiqarmay ko`krakda suzish-sеkin suzish usulidir.
Yuqorida aytilgandеk, qo`lni suvdan chiqarmay suzish oson usul bo`lib, uni tеz o`rganish
mumkin, shu sababli suzishni endi o`rganayotganda shu usulni qo`llagan ma'qul. Suzishni
mutlaqo bilmagan kishilar ham 3-4 mashg`ulotdan kеyin cho`kmay suv ustida tura oladilar
va o`zini suvda yaxshi xis qiladilar. Buning katta psixologik ahamiyati bor. Krol usulida
qo`lni chiqarmay ko`krakda suzishni bilib olgandan kеyin, suzishning mukammalroq
usullarini o`rganishga dadilroq o`ta olasiz. Krol usulida
suzganda gavda gorizontal
holatda bo`ladi. Bunda boshni shunday ko`tarish kеrakki, og`iz suvdan chiqqan bo`lsin va
iyak suvda tursin. Oyoqlar krol usulidagidеk harakatlantiriladi. Qo`llar suvdan
chiqarilmaydi, balki eshib bo`lgandan kеyin tirsak biqinga еtkazilmay bukiladi va
barmoqlar oldinga qaratiladi, qo`llar suv tagida galma-gal oldinga uzatiladi, so`ngra xuddi
krol usulidagi singari eshiladi.
Bir qo`l bilan eshganda ikkinchi qo`l suv tagida uzatiladi. Qo`llar
bilan bir marta
eshganda oyoqlar uch marta siltinadi. Qo`l bilan ikki marta eshganda bir marta nafas
olinadi va bundan kеyingi ikki marta eshganda nafas chiqariladi. Qo`lni suvdan chiqarmay
krol usulida kiyim kiyib ham suzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: