vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani
o’qituvchisi tarix ta'lnmini targ’ib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy
davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bo’lishi sabab va mohiyatlarini ham
tarix o’qitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yo’nalishidan kelib chiqib unga
mutlaq rioya etish lozim.
Masalan, o’qituvchi «1941 - 45 - yillarda O’zbekiston» mavzusini o’tar ekap, fanlararo
aloqa metodidan foydalanib, o’quvchilar e'tiborini G’.G’ulomning urush yillarida umumxalq
shioriga aylangan «buyuk Vatanning buyuk farzandi, bilib qo’yki seni Vatan kutadi» degan
chaqirig’iga jalb etadi.Bu shior so’zsiz o’z davrining jangovar chaqirig’i yozuvchining fuqarolik
burchini vijdonan ado etishdagi oliy mezon edi. Boshqacha qilib aytganda, sovet yozuvchisi
ustqurmaning faol elementi sifatida o’z bazisiga sodiq xizmat qilishi kerak edi. Boshqacha
bo’lishi mumkin ham emas edi. Lekin o’sha suronli 40 – yillarda «Buyuk Vatan» tushunchasiga
ega o’zini azaliy orzusi o’z mustaqilligiga erishgan xalq – o’zbeklarga bugungi kunda qanday
munosabatda bo’lishimiz kerak? Shu chaqiriq o’sha davrdagi «Vatan» tushunchasi bugungi
kunda ham o’z mohiyatini saqlab turibdimi? Buning uchun dars jarayonida 4) faqatgina darslik
materiali bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzuga dior qo’shimcha adabiyotlar, turli metodik
vositalardan, jumladan ekran qo’llanmalari, magnitofon yozuvlari, teledarslar, mavzuning
mazmuniga qarab muzey darslari yoki seminar darslaridan maqsadga muvofiq foydalanmog’i
kerak.
Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga o’tishi munosabati bilan o’quvchilarni
o’qishga qiziqishlari borasida turlicha yondashish, qiziqishlarini bir xil emasliklari yaqqol ko’zga
tashlanmoqda. Ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit o’quvchi yoshlarimiz dunyoqarashlarida o’z
tamg’alarini qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o’qituvchisining vazifasi sinfda mavjud
bo’lgan barcha o’quvchilar diqqat – e’tiborlarini ularga nisbatan diferensiatsiya usulini qo’llab,
bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo’lgan tarixiy materilni bayon qilish bilan,
ikkinchi tomondan har bir o’quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga
individual yondashmoqqa harakat qilmog’i kerak.
Dars jaryonida o’quvchilar faoliyatiga differensial yondashuv qanday nazorat
etilsa,
ularning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham shunday amalga oshirib borilmog’i
kerak.
Shuni aloxida takidlab o’tish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil O’zbekiston
Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vaznfalariga mos kelishi,
tarix o’rganishning turmush bilan aloqasini bog’langanligida, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat
bo’lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog’lab olib borishga yo’naltirilgan bo’lmog’i kerak.
Tarix darslar o’quvchi yoshlarda shunday qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmog’i
kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV
sessiyasida alohida qayd etib o’tganidek, «Kelajak o’z — o’zidan kelmaydi. U bugungi
mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan ishlarimiz kelajakka ham o’tadi. Agar
bugun shoshilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar o’sha narsadan mahrum bo’ladilar. Jamiyat
madaniyatsiz, ma'naviy – axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat
pirovardi – oqibatda tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yo’g’rilgan bo’lmog’i kerak.
Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o’qituvchi tarix fanining rivojlanib
borishini doimiy ravishda kuzatib bormog’i lozim. Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarini tarixdan
chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni bilan tanishtirib borishlari o’quvchi yoshlarda tarixni
o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada o’sishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: