2-bob. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ’ibotning innovatsion usullarini joriy qilish
1. Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portalini yaratish:
qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi;
barcha milliy huquqiy saytlar;
yuridik lug’at va huquqiy elektron kutubxona;
maqsadli auditoriyalar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun majburiy kurslar (mandatory courses).
2. Turli hayotiy holatlar bo’yicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari ko’rsatish elektron tizimi bilan bog’lanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimini («O’zbekiston huquqiy forumi» saytini) yaratish va ishga tushirish.
3. Fuqarolarning o’z huquqiy bilim darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega bo’lgan «Huquqiy test» loyihasini yaratish.
4. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu kanallarda veb-texnologiyalardan keng foydalangan holda soha faoliyati yo’nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ’ibot materiallarini joylab borish.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda e’lon qilish uchun materiallarni tayyorlash, joylashtirish va qayta aloqani ta’minlash bo’yicha uslubiy qo’llanma ishlab chiqish.
5. Internet tizimida o’zbek, rus va ingliz tillarida «Huquqiy axborot» telegram kanalini tashkil qilish va unda qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarni berib borish.
6. Mamlakatimiz aholisi ko’p foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda so’rovlar o’tkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish.
3-bob. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish
1. Huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko’rsatuvlar ko’lamini kengaytirish.
2. Ommaviy axborot vositalarining (matbuot, televidenie, radio) huquqiy targ’ibot sohasidagi faoliyatini rag’batlantirishning huquqiy mexanizmlarini belgilab berish bo’yicha takliflar tayyorlash.
3. Huquqiy davriy nashrlarni internet tarmog’iga integratsiya qilish va ularning elektron nusxalari joylab borilishini ta’minlashni yo’lga qo’yish.
4. Aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Huquqiy axborot» radio loyihasini tashkil etish va amalga oshirish.
5. Huquqiy sohani yorituvchi jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
6. Qabul qilingan qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shou, bahs-munozara yo’nalishidagi ko’rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.
7. Aholi o’rtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy ma’rifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish.
8. Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlarni tashkil etish.
9. Davlat organlari axborot xizmatlarining huquqiy axborotni tarqatishdagi roli va o’rnini kuchaytirish, shu jumladan, davlat organi nufuziga ta’sir ko’rsatadigan salbiy xabarlar bo’yicha zudlik bilan munosabat bildirib borish mexanizmini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |